Avtomatik boshqarish tizimlarini


Ommaviy (ko'plab) ishlab chiqarish va uning tavsifi


Download 1.23 Mb.
bet9/37
Sana31.03.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1313254
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
Avtomatik boshqarish tizimlarini

Ommaviy (ko'plab) ishlab chiqarish va uning tavsifi.

Buyumlami katta hajmda chiqarishni tavsiflovchi, uzoq muddatda uzluksiz tayyorlanishini yoki ta’mirlanishini ta’minlovchi ishlab chiqarishga ommaviy (ko'plab) ishlab chiqarish deb aytiladi. Ommaviy ishlab chiqarishning asosiy tavsiflaridan biri bitta ishchiga bitta operatsiyani bajarishni uzoq muddatga bog'lab qo'yilganligidadir. Omaviy ishlab chiqarishda operatsiyalar bog'lanish koeffitsiyenti ga yaqin bo'ladi.


Ommaviy ishlab chiqarish bundan tashqari quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega: asbob-uskunalaming joylashishi, operatsiyalar bajarilishining ketma-ketligiga qarab joylashtiriladi; yuqori unumdorlikga ega bo‘lgan asbob-uskunalar, maxsus stanoklar, keskich asboblar va moslamalar qo'llaniladi; tanavorlami oqimli liniyalar bo'ylab o'tkazish uchun transport vositalaridan va konveyerlardan keng foydalaniladi; texnik nazorat qilishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish va boshqalar. Ommaviy ishlab chiqarishda tanavorlami shakllari ishchi chizmada berilgan detal shakli va o‘lchamlariga juda ham yaqin qilib, yuqori unumdorlikka ega bo'lgan tanavorlar olish usullaridan foydalaniladi.
Tanavorlar ishlanuvchi yuzalariga talabga mos ravishda mexanik ishlov berish uchun qo'yimlar qoldiriladi, ishlov berilmaydigan yuzalari esa ko'pincha tanavor olish usullaridan kelib chiqqanligicha qoldiriladi. Ishchilaming malakasi juda ham past bo'ladi, chunki ular oylab-yillab takrorlanuvchi bitta operatsiyani bajaradi, biroq ommaviy ishlab chiqarishda ko'pincha yuqori malakali sozlovchiishchilar, texnik-injener operatorlar ishlaydilar.

Ishni tashkil qilish shakllari.

Biz yuqorida asosan ikkita ishni tashkil qilish usuli (oqimli va oqimsiz) to'g'risida fikr bildirgan edik. Bu usullar ishlab chiqarish turiga bevosita bog'Uq bo'lib, oqimsiz ishni tashkil qilish — yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda qo'llanilgan edi. OqimU ishni tashkil qilish usuli esa qolgan boshqa turdagi ishlab chiqarishlar uchun qo'llaniladi va yana quyidagi usullarga bo'linadi: oqimli seriyalab, yirik-seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishlar; to'g'ri oqimli ommaviy oqimli ishlab chiqarish; ommaviy oqimli ishlab chiqarishlar.


Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng oliy shakli ommaviy oqimli ishlab chiqarish hisoblanadi, ya’ni bu yerda texnologik jarayonlar asosan avtomatik liniyalarda va avtomatlashtirilgan uchastkalar va tsexlarda bajariladi.
To'g'ri oqimli ommaviy oqimli ishlab chiqarishda dastgoh va asbob-uskunalar texnologik jarayon marshruti bo'yicha operatsiyalami bajarish ketma-ketligida joylashtiriladi. Operatsiyalarni bajarishda, tanavorlami bitta ishchi joydan boshqa ishchi joyga uzatish uchun turii g'altakli rolgang, sirpanchiq va yumalatuvchi lotok, yuk ko'taruvchi kran hamda boshqa moslama va quriimalardan foydalaniladi.
Har bir ishchi joyning ishlab chiqarish takti boshqa ishchi joylarniki bilan teng bo'lmasligi mumkin. Bunday ishchi joylarda “to'planma” deb ataluvchi tanavorlar zaxirasi tashkil etiladi. Ommaviy oqimli ishlab chiqarishda ko'pincha pozitsion avtomatik konveyeriar qo'llaniladi va avtomatik liniyalar tashkil qilinadi. Bunday hollarda bu liniyalarning ishlab chiqarish takti aniqlanadi. Ishlab chiqarish takti deb ma’lum vaqt oralig'ida tanavorlar yoki qismlar ishlab chiqarilishiga aytiladi va uning vaqti minut bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish takti quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:

Bu yerda: — rejalashtirilgan davr ichidagi dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi (smena, sutka, oy, yil), soatda; N — shu davr uchun ishlab chiqarish dasturi, dona; m — smenalar soni. Asbob-uskunalar yoki dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi , nominal dan yoki asbob-uskunarii ta’miflash uchun kalendar o'lchov vaqt yo'qotishdan kichik va h. k.

bunda: n — stanoklar vaqt yo'qotishi koeffitsiyenti. Uskuna — stanoklaming ishlash vaqtining bir yillik nominal fondi: kuniga bir smenalab ishlaganda 2070 soat, ikki smenalab ishlaganda — 4140 soat va uch smenalab ishlaganda 6210 soat bo'ladi. Metall kesuvchi dastgohlar uchun vaqt yo'qotish koeffitsiyenti 0,98-0,96 ni tashkil qiladi. Oqimli ishlab chiqarish ko'proq takomillashgan bo'lib, yuqori unumdorlikka ega. Texnologik jarayonlami loyihalashning boshida ishlab chiqarish turi birinchi bo'lib taxminan bo'lsa ham aniqlanishi zarur. Bu operatsiyalar bog'lanishi va seriyalash koeffitsiyentlarini hisoblash orqali bajariladi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling