Avtomatik boshqarish tizimlarini
Zamonaviy texnologik obyektlar va ulardagi texnologik jarayonlarni boshqarishni xususiyatlari
Download 1.23 Mb.
|
Avtomatik boshqarish tizimlarini 90-bet
Zamonaviy texnologik obyektlar va ulardagi texnologik jarayonlarni boshqarishni xususiyatlari.
Zamonaviy texnologik jarayonlarni boshqarishda texnologik obyektlar, ulardagi texnologik jarayonlarni boshqarishdagi bir nechta xususiyatlarini ko’rib chiqishimiz kerak. Zamonaviy texnologiyani o’rganish uchun eng avval texnologiya so’ziga ta’rif berishdan boshlaymiz. Texnologiya (grekcha: „techno“ — hunar, usta va „logos“ — fan, taʼlim) - ilmiy-praktika asosida xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullari. Texnologiya (yunoncha techne — sanʼat, mohirlik, uquv) — sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan. Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi boʻladi: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi va boshqalar. Masalan, qurilish ishlari texnologiyasi bir qancha operatsiyalar yigʻindisidan tashkil topgan: yer ishlari (yerni tekislash, kotlovan va transheyalar kazish); poydevor yotqizish; devor tiklash (gʻisht terish, panel oʻrnatish); antiseysmik belbogʻlar va temirbeton ustunlar ishlash; qavatlararo va tom yopmalarini montaj qilish, tom yopish; elektr, gaz va suv tarmoqlarini oʻtkazish; pardoz ishlari va h.k. Har qaysi operatsiyani oʻziga xos bajarish usullari bor. Mas., pardozlashda avval devor tekislanadi (mayaklar oʻrnatiladi), qora suvoq, keyin toza suvoq qilinadi, soʻngra oqlanadi (boʻyoq beriladi) yoki gulqogʻoz (oboy) yopishtiriladi. Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan, tavsiya etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan boʻlsa, tayyorlanadigan mahsulot (avtomobil, bino yoki inshoot va 6.) shunchalik sifatli boʻladi. Texnologiyaning fan sifatidagi roli va vazifasi mahsulot tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini yaratishdan iboratexnologiya Fan va texnika rivojlanib borgan sari texnologiya ham yangilanib va oʻzgartirib turiladi. Har qaysi sohada texnologiyani ishlab chiqish uchun texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, tipaviy texnologik jarayonlar, standartlashtirilgan jihozlar va uskunalardan foydalanishning yagona tartibi boʻlishi lozim. Texnologiya mahsulot ishlab chiqarish uchun sanoat protseslarda foydalanuvchi materialning, xom-ashyonining yoki ayrim mahsulotning bichimini, oʻlchamini, hususiyatini, kuyini oʻzgartirish shartlaridan iborat. Umumiy sano’at protsesning boʻlagi boʻlib hisoblanuvchi ishlab chiqarish, tashish, saqlamoq, nazorat qilish haqidagi ish-harakatlar ham texnologiya deb ataladi. Jamiyatning oʻzgarishiga bogʻliq ishlab chiqarishning, hizmatning, oʻqitishning, turli sohalarga innovatsiya texnologiyasi tushunchasi kiritilmoqda. Hozirgi vaqtda texnologiya: oldingi qatordagi texnologiya; qoldiqsiz texnologiya; ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi; xalqaro standartga mos texnologiya boʻlib boʻlinadi. Neft, gaz, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqa texnologiyalar ishlab chiqarish talablariga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari juda murakkab va ko‘p tarmoqli tashkilot bo‘lib, qaramog‘ida katta maydonlar mavjud. Tabiiyki bunday maydonlarda xom ashyo, tayyor mahsulot va yordamchi matYeriallarni bir Yerdan ikkinchi Yerga tashish uchun xilma-xil transport vositalari ishlatiladi. Masalan, ayrim korxonalarda xom ashyoni poezdlarda yoki avtopoezdlarda, traktor va pritseplarda tashib keltirilsa, ularning omborlardan avtomashina, avtokara, elektrokaralar yordamida tashiladi. Tayyor mahsulot, esa yana shu transport vositalari yordamida tayyor mahsulot omborlariga va u Yerdan konteynYer va vagonlarga ortilib savdo bazalariga yuboriladi. Korxonalarda qo‘llanadigan barcha avtomashina va avtopoezdlar “Avtomobil transporti korxonalari uchun xavfsizlik qoidalari” talablariga to‘liq javob bYerishi kerak. Avtomobillarning yuk ortilgan holda korxonalar hududiga yurish tezligi 10 km/soat dan oshmasligi kerak. Ularning yurish yo‘nalishi piyodalar yo‘li kesishmasligi va bu yo‘llar umumiy yo‘l harakati belgilari bilan boshqarib borilishi kerak. Bu qoidalar bilan barcha transport haydovchilari ogohlantirilishi va tanishtirib chiqilgan bo‘lishi kerak. Avtomobil transporti vositalarining harakati paytida, hatto eng past tezlikda ketayotganda xam zinapoyalariga va kuzovlariga odamlarning chiqib olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ishlab chiqarish korxonalari hududida ichki yonish dvigatelli transport vositalari albatta (iskragasitellar) uchqun o‘chirgichlar bilan ta’minlangan holda yurishlari kerak. Ishlab chiqarish korxonalarida transport vositalari, ma’lum aniq marshrut bo‘ylab yurishlari va bu marshrutlar odamlar gavjum bo‘lgan yo‘laklar ustidan o‘tmasligi kerak. Belanchak, aravacha, ilgak va zanjirlar hamda insonga jarohat etkazishi mumkin bo‘lgan barcha buyumlar tanadan tushib ketmasligini ta’minlovchi moslamalar bilan ta’minlanishi kerak. Undan tashqari, konveyYerlarning xavfli mintaqalari, odamlar yuradigan yo‘laklar bilan kesishgan joylarida himoya to‘siqlari bilan ta’minlanishi shart hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan tartib qoidalarga so‘zsiz rioya qilgan taqdirdagina, ishlab chiqarish korxonalarini transport vositalarining xavfsiz ishlashini ta’minlashga keraklicha zamin yaratish mumkin bo‘ladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling