Avtomatik boshqarish tizimlarini


Texnologik operatsiyalarni me’yorlash usullari


Download 1.23 Mb.
bet10/37
Sana16.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1518604
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
Avtomatik boshqarish tizimlarini 90-bet

Texnologik operatsiyalarni me’yorlash usullari.

Texnologik operatsiyalarning bajarilish unumdorligi, texnologik jarayonning tejamkorlik me’zoni bo'lib, texnik jihatdan asoslangan vaqt normasi bilan aniqlanadi (GOST 3.1109-82). Vaqt normasi — ma’lum ishlab chiqarish sharoitida bitta yoki bir nechta tegishli malakaga ega bo'lgan bajaruvchilar tomonidan muayyan hajmdagi ishga sarflangan (reglamentlashtirilgan) vaqtga aytiladi. Ishlab chiqarish normasi deb m a’lum tashkiUy-texnik sharoitda bitta yoki bir nechta tegishli malakali bajaruvchilar tomonidan vaqt birligida bajariluvchi reglamentlashtirilgan hajmdagi ishga aytiladi. Vaqt normasini aniqlashning uchta usuli mavjud: 1) sarflangan ishchi vaqtni kuzatish asosida; 2) normativlar asosida; 3) tipiklashtirilgan yirik normativlar bo'yicha solishtirish va hisoblash asosida. Birinchi usulda, vaqt normasini bevosita ishlab chiqarish sharoitida har bir ishchi joyda sarflangan vaqt kuzatuv asosida o'rganish yo'li bilan aniqlanadi. Bu usul ilg'or tajribalami va normativlar ishlab chiqishlami umumiylashtirish uchun qo'llaniladi. Ikkinchi usulda ish (operatsiya)ning alohida elementlarini bajarilish vaqti uzunligi normativini qo'llab, operatsiyalaming davom etish vaqti hisoblanadi. Uchinchi usulda operatsiyalami normalash tipiklashtirilgan normativlar bo'yicha taxminiy hisoblashlar asosida olib boriladi. Birinchi, ikkinchi normalash usuilari seriyalab ommaviy ishlab chiqarishda qo'llaniladi, uchinchi usul esa donalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishda ishlatiladi.



Tekshirish uchun savollar
1. Ishlab chiqarish jarayoni o‘z ichiga nimalarni oladi?
2. Texnologik jarayon deganda nimani tushunamiz?
3. Texnologik jarayon strukturasiga qaysi elementlar kiradi?
4. Operatsiya tushunchasini ta’riflab bering.
5. O'rnatuv, o'tish, ishchi yurish tushunchalarini izohlang?
6. Holat, harakat tushunchalarini izohlang.
7. Yakka ishlab chiqarish deb nimaga tushuniladi.?
8. Seriyalab ishlab chiqarish deb nimaga tushuniladi?


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling