Avtomatik boshqarish tizimlarini
-rasm.Texnologik jarayon strukturasi
Download 1.23 Mb.
|
Avtomatik boshqarish tizimlarini 90-bet
3-rasm.Texnologik jarayon strukturasi.
Texnologik jarayon Texnologik jarayon ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo'lib, biror bir buyumga ishlov berish natijasida uning geometrik o'lchamlari, shakli va sifati o'zgartirilib, chizmada ko'rsatilgan detal holatiga mos keltirilishi tushuniladi. Texnologik operatsiya texnologik jarayonning bir qismi bo'lib, bitta ishchi joyda bir yoki bir nechta bir vaqtda ishlov beriluvchi yoki yig'iluvchi mahsulotlami bir yoki bir qancha ishchilar tomonidan uzluksiz bajarishi tushuniladi. Texnologik operatsiya ishlab chiqarishni rejalashtirish va hisobga olishda asosiy birlik hisoblanadi. Operatsiyalarga asoslanib, mahsulot (buyum) ishlab chiqarishning ish hajmi, vaqt normasi va narxi belgilanib, kerakli sonda ishchilar, asbob-uskunalar, moslamalar, keskich asboblar va mexanik ishlov berishning tannarxi aniqlanadi. O'rnatuv texnologik operatsiyaning bir qismi bo'lib, ishlov beriluvchi tanavorlar yoki yig'iluvchi yig'ilma birliklaming moslamaga o'zgarishsiz mahkamlangan holati tushuniladi. Texnologik operatsiyalar bir yoki bir necha marotaba o'matuvlarda bajarilishi mumkin. Masalan: tokarlik stanogida po'lat valikni uch quloqli patronga o'matib, bir tarafiga ishlov berib bo'lgandan keyin uni bo'shatib, qaytadan birinchi ishlov berilgan tomoni bilan uch quloqli patronga o'matib va mahkamlab bo'sh tomoniga ishlov berilib, operatsiya tugatilsa, operatsiya ikkita o'matuvda bajarilgan hisoblanadi va h.k. Texnologik o'tish ishlov berishdan yoki yig'iluvchi detallami birlashtirishdan tashkil topuvchi, qo'llanilgan asbob va yuzalarning doimiyligini xarakterlovchi texnologik operatsiyaning tugallangan qismi tushuniladi. Yordamchi o'tish texnologik operatsiyaning tugallangan qismi bo'lib, shakl va yuzalar sifati o'zgarishi bilan bog'liq bo'lmagan ishchi va dastgoh harakatlaridan tashkil topgan, ammo texnologik o'tish uchun zarur bo'lgan harakatlar tushuniladi. Masalan: tanavorlami o'matish, keskich asboblami almashtirish va h.k. lar kiradi. Ishchi yurish texnologik o'tishning tugallangan qismi bo'lib, keskich asbobning tanavorga nisbatan bir marta siljishidan tashkil 9 topib, tanavorning o'lchamlari, shakli, yuzalar tozaligi yoki xossalari o'zgarishi tushuniladi. Yordamchi yurish texnologik o'tishning tugallangan qismi bo'lib, keskich asbobning tanavorga nisbatan bir marta siljishidan tashkil topib, tanavorning o'lchamlari, shakli, yuzalar tozaligi yoki xossalari o'zgarishi kuzatilmasdan, lekin ishchi yurishni bajarish uchun zarur bo'lgan harakatlar tushuniladi. Holat (pozitsiya) deb muayyan holatda, moslamada o'zgarishsiz mahkamlangan ishlov beriluvchi tanavor yoki yig'iluvchi yig'ilma biriikning moslama bilan birgalikda keskich asbobga yoki dastgohning biron siljimaydigan qismiga nisbatan o'z holatini o'zgartirishiga aytiladi. Holat asosan: to'xtab-to'xtab aylanuvchi pozitsion stollarda (agregat stanoklarida): chiziqli yoki aylanma harakatlanuvchi konveyerlarda (avtomatik liniyalar, MIS, MAL va MAI) kuzatiladi. Masalan: bironta oddiy vtulka shaklidagi detal ichki teshigiga to'rt holatli agregat dastgohida ishlov berish kerak bo'lsin (4-rasm). Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling