Avtomatik boshqarish tizimlarining funksional sxemalari abtda quyidagi sxemalardan foydalaniladi
Download 393 Kb.
|
Avtomatik boshqarish tizimlarining funksional sxemalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrik datchiklar turlari
Avtomatik boshqarish tizimlarining funksional sxemalari ABTda quyidagi sxemalardan foydalaniladi: Funksional sxema - bu sxema tizimning qanday elementdantashkil topganini bildiradi. Unda har bir elementga mos ravishda shu elementning nomi yoki u bajaradigan funksiyasining nomi keltiriladi. Oddiy avtomatik boshqarish tizimlarining funksional sxemasiga misol qilib, kirish va chiqish kattaligi bitta bo‘lgan bir oichamli tizimni keltiramiz . Bu yerda x(t) - kirish signali; - chiqish (rostlanuvchi yoki boshqariluvchi) kattalik; xh(t) - boshqariluvchi kattalikning berilgan qiymati; Ax=xb(t)-ytb(t) - boshqariluvchi kattalikning berilgan qiymatdan chetlashishi yoki og‘ishi; F(t) - qo‘zg‘atuvchi signal yoki ta’sir; y*(0 - asosiy teskari bogianish signali; yo(t) - mahalliy teskari bogianish signali; xr - boshqaruvchi, rostlovchi kattalik yoki signal. 1 - topshiriq beruvchi element. Boshqarish maqsadiga muvofiq keladigan boshqarish signallarini tashkil etish uchun moijallangan. 2, 2' - taqqoslovchi yoki solishtiruvchi element. Bunda bir necha signal mutlaq (absolyut) qiymati bo‘yicha solishtiriladi. 3, 4 — kuchaytiruvchi va o‘zgartiruvchi element. Bu boshqarish maqsadiga muvofiq signallami kuchaytirish va o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Elektrik datchiklar turlari Mexanik o‘zgartirgichlar mexanik kirish ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, tezlik, sarf va hokazo) mexanik chiqish ko‘rsatkichlarga ( aylanish chastotasi, bosim va hokazo) o‘zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o‘zgartirgichlarning sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujina, balka kabilar) poplavoklar, krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi. Elektromexanik birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar) kirish mexanik ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilarni) chiqish elektrik ko‘rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik kabilarga) o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o‘zgartirgichlar parametrik va generator o‘zgartirgichlarga bo‘linadi. Parametrik datchiklarda chiqish ko‘rsatkichi elektr zanjir kattaliklaridan (qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik, elektr sig‘imi kabilardan) tashkil topadi. Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanish sifatida chiqish signalini olish uchun ular maxsus elektr sxemalariga (ko‘prikli, differensialli) ulanishi hamda alohida energiya manbasiga ega bo‘lishi kerak . Generator datchiklarida bevosita sezgir elementda kirish signali Х chiqish signali Y o‘zgartiriladi. Ushbu o‘zgartirish kirish signali energiyasi hisobiga bo‘ladi va chiqish signali E.YU.K. ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Generator datchiklari juda oddiy bo‘ladi, chunki ular qo‘shimcha energiya manbaisiz ulanadi. Download 393 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling