Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


ABS ning funksional va struktura sxemalari


Download 1.23 Mb.
bet17/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

ABS ning funksional va struktura sxemalari


Ma’lum vazifalarni bajaruvchi sistema qismini funksional element deb ataymiz. Funksional element quyidagilarni bajarishi mumkin:

  • Nazoratlanuvchi kattalikni signalga aylantiradi (datchik, rele);

  • Signalning qiymati bo‘yicha (kuchaytirgich), xarakteri bo‘yicha (analog- raqam, raqam-analog o‘zgartirgichlari), fizik tabiati bo‘yicha, kirish yo‘li va chiqish yo‘li signallari orasidagi funksional bog‘lanish ko‘rinishi bo‘yicha (integrator, differensiallar va hokazo) o‘zgartiradi;

  • Signallarni taqqoslaydi (taqqoslash qurilmalari, nulorgan va hokazo);

  • Signalni saqlash (to‘plagich, registr), signalni ishlab chiqarishi (programmali qurilma, generator va hokazo) mumkin;

  • Signalni boshqariluvchi jaraѐnga ta’sir uchun ishlatish (ijrochi qurilma, servomexanizm) mumkin.

Funksional elementlar orasidagi bog‘lanish ko‘rsatilgan tasvir


funksional sxema deb ataladi.
Xususiy, ammo avtomatik sistemalarni o‘rganishda muhim hisoblangan funksional sxema xili signallarni faqat matematik o‘zgartirishini aks ettiruvchi struktura sxemadir. Struktura sxema quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. signallar ustida chiziqli-differensial amallarni bajaruvchi chiziqli bo‘g‘inlar va chiziqli bo‘lmagan algebraik amallarni bajaruvchi chiziqli bo‘lmagan o‘zgartkichlar;

  2. signallar qo‘shiladigan ѐki ayriladigan jamlagichlar;

  3. signallarning tarmoqlanish nuqtalari (tugunlari);

  4. signallarning uzatilish yo‘nalishlarini ko‘rsatuvchi bog‘lanishlar.

CHiziqli ABS lar faqat chiziqli namunaviy bo‘g‘inlar (jamlagichlar, qismlar va bog‘lanishlar) ѐrdamida berilishi mumkin.


Namunaviy bo‘g‘in deb quyidagi uchta shartni qanoatlantiruvchi kuzatiluvchi ixtiѐriy chiziqli ѐki chiziqlantirilgan ob’ekt hisoblanishi mumkin.

  1. u bir kirish yo‘li va bir chiqish yo‘li ta’siriga ega;

  2. chiqish yo‘li ta’siri kirish yo‘li ta’siriga bog‘liq, teskari ta’sir yo‘q;

  3. u tartibi ko‘pi bilan ikkita chiziqli oddiy differensial tenglama orqali tavsiflanadi.

SHuni aytish lozimki, oxirgi shart parametrlari to‘plangan ob’ekt va sistemalarga taaluqli.


Namunaviy bo‘g‘inlarni sanab o‘tamiz:

  1. nulinchi tartibli differensial tenglama orqali tavsiflanuvchi inersion bo‘lmagan (mutanosib, statik) bo‘g‘in;

  2. birinchi tartibli differensial tenglama orqali tavsiflanuvchi inersion nodavriy (aperiodik) bo‘g‘in;

  3. birinchi tartibli differensial tenglama orqali tavsiflanuvchi integrallovchi bo‘g‘in;

  4. birinchi tartibli differensial tenglama orqali tavsiflanuvchi differensiallovchi bo‘g‘in;

  5. birinchi tartibli differensial tenglama orqali tavsiflanuvchi elastik (qayishqoq, integro-differensiallovchi) bo‘g‘in;

  6. ikkinchi tartibli differensial tenglama orqali tavsiflanuvchi tebranuvchi bo‘g‘in.

Qator hollarda namunaviy bo‘g‘inlarga argumenti kechikuvchi tenglama orqali tavsiflanadigan kechikish bo‘g‘inini tegishli deb hisoblanadi. Bunday bo‘g‘in faqat parametrlari taqsimlangan sistemalarda uchrasa ham, uni namunaviy qatorga kiritilishi amalda uchraydigan boshqarish ob’ekti doirasini kengaytiradi.





Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling