Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси
ROSTLASH OB’EKTLARINING KLASSIFIKATSIYASI
Download 1.23 Mb.
|
avtomatika maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- ROSTLASH OB’EKTINING XARAKTERISTIKALARI
ROSTLASH OB’EKTLARINING KLASSIFIKATSIYASIRostlash ob’ektlari dinamik xossalariga ko‘ra kattaliklari mujassamlangan va tarqalgan turlariga bo‘linadi. Rostlash ob’ektining muvozanat holagida uning hamma nuqtalarida rostlanadigan kattaliklari bir xil qiymatga ega bo‘lsa, bunday ob’ektlar kattaliklari mujassamlangan ob’ektlar deb ataladi. Oziq-ovqat sanoatida bunday ob’ektlarga shnekli kamera misol bo‘ladi. Bu erda rostlanaѐtgan kattalik kameradagi xamirni bosimi bo‘lib hisoblanadi. Kattaliklari mujassamlangan rostlash ob’ekglarining dinamik xossasi o‘zgarmas koeffitsientli oddiy differensial tenglamalar bilan ѐziladi. Muvozanat va o‘tish jaraѐnlarida rostlash ob’ektlarining xar xil nuqtalarida rostlanaѐtgan kattalikni qiymati bir xil bo‘lmasa, bunday ob’ektlar kattaliklari tarqalgan ob’ektlar deyiladi. Bunday ob’ektlarga qar xil suyuqlikli va sochiluvchan moddalar truboprovodlari misol bo‘la oladi. Kattaliklari tarqalgan ob’ektlarning dinamik xossalari xususiy hosilali differensial tenglamalar bilan ѐziladi. ROSTLASH OB’EKTINING XARAKTERISTIKALARIRostlash ob’ekti avtomatik sistemaning asosiy qismi bo‘lganligi sababli, ularniig xarakteristika va xossalarini o‘rganish rostlash sifatini yaxshilash uchun muhimdir. Rostlash ob’ekti statik va dinamik xarakteristikalar bilan xarakterlanadi. Ob’ektlarni avtomatik rostlash sistemaning alohida bir zvenosi deb qaraydigan bulsak , ular chiqish va kirish kattaliklariga ega. 8-rasm
Xch = KXk K - ob’ektning kuchaytirish koeffitsienti o‘zgarmas koeffitsient bo‘lib, uning qiymati chiqish kattaligini kirish kattaligidan necha marta katta ekanligini ko‘rsatadi (8-rasm) va o-burchakning tangensi bilan ifodalaniladi. chiziqli emas. Bunday sistemalarni hisoblashda ularni chiziqli qilish uchun chiziklashtiriladi. Ob’ektlarning statik xarakteristikalari eksperimental ѐki analitik usulda aniklanadi. Rostlash ob’ektining dinamik xarakteristikasi deb, uning o‘gish rejimida chiqish kattaligining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi bilan kirish kattaligi o‘rtasidagi bog‘lanishiga aytiladi. Ob’ektlarning dinamik xarakteristikasi o‘tish va chastotali xarakteristikalarga bo‘linadi. Ob’ektlarining o‘tish xarakteristikasi ulariing kirishiga pog‘onasimon g‘alaѐnlanish berilgandagi reaksiyasini ko‘rsatadi. Ob’ektlarning chastotali xarakteristikasi esa, ularning kirishiga sinusoidal g‘alaѐnlanish bergandagi reaksiyasini ko‘rsatadi. Dnnamik xarakteristikalarni statik xarakteristikalar kabi eksperimental va analitik usulda olish mumkin. O‘tish xarakteristikasini tajriba yo‘li bilan aniqlashda rostlagich rostlash ob’ektidan uzib qo‘yiladi va sistemani kirishiga qo‘l bilan pog‘onasimon g‘alaѐnlanish beriladi. Hosil bo‘lgan o‘tish xarakteristikasidan quyidagi dinamik kattaliklarni aniqlash mumkin: kechikish, o‘zgarmas vaqt koeffitsienti - - T va uzatish koeffitsienti — K (9-rasm). Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling