Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Kuch, moment va bosimni sezuvchi qurilmalar


Download 1.23 Mb.
bet23/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Kuch, moment va bosimni sezuvchi qurilmalar.


Kuch elastik sterjen, xalqa, balka va prujina ko‘rinishidagi qurilmalar ѐrdamida, momentnival va burilishga ishlovchi prujina asosidagi qurilmalar ѐrdamida, bosimni membrana, sileron va truba shaklidagi elastik qurilmalar ѐrdamida seziladi.

  1. Aylanma harakat tezligini sezuvchi qurilmalar. Bunday qurilmalar induksion tokning ta’siriga va markazdan qochma kuchlarning aylanma tezlik bilan bog‘liqligini hisobga olgan holda tuziladi.

  2. Tebranma harakat tezlanishini sezuvchi qurilma. Bunday qurilmalar asosan qo‘zg‘alma nuqtaga nisbatan o‘lchash imkoni bo‘lmagan hollarda ishlatiladi. Masalan avtomatik agregatlarning tebranishi, katta qurilish inshootlarini (kran, ko‘p qavatli imorat, ko‘prik va boshqa inshootlar) tebranishi bunga misol bo‘la oladi. Bunday sharoitda tebranma harakat tezlanishi seysmik sezgi qurilmasi ѐrdamida o‘lchanadi.

  3. Temperaturaning o‘zgarishini sezuvchi qurilmalar. Bunday qurilmalar temperaturaning o‘zgarishini mexanik harakat shaklidagi signalga aylantiradi.

SHu turdagi temperaturani sezuvchi qurilmalar qattiq, suyuq va gaz ko‘rinishidagi jismlarni issiqlik ostidagi hajmlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda ishlaydilar.
Qattiq jismlarning temperatura ta’sirida cho‘zilishi asosida ikki xil sezuvchi qurilmalar yaratilgan:

  1. Bimetall sezuvchi qurilmalar.

  2. Dilagometrli sezuvchi qurilmalar.

YUqoridagi keltirilgan misollar asosida quyidagi xulosa kelib chiqadi:

  1. Boshqarish jaraѐnini xarakterlovchi har qanday boshqariladigan fizik kattalik har xil sezuvchi qurilmalar ѐrdamida chiziqli ѐki burchak harakatga aylantirish mumkin ekan,

  2. Ba’zi hollarda boshqariladigan fizik kattalik to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni sezuvchi qurilmalarsiz birlamchi signallarga aylantirish mumkin. Bularga temperaturani, tezlikni o‘lchash misol bo‘la oladi.

  3. Birinchi xulosa asosida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ko‘pchilik xabarchi qurilmalarni yaratishda chiziqli ѐki burchak harakat shaklida noelektrik birlamchi signalni elektr signaliga aylantiruvchi o‘zgartkich qurilmalarni ishlatish zaruriyati paydo bo‘lar ekan.

O‘zgartkichlar. O‘zgartkichlar birlamchi noelektrik signallarni elektr signaliga aylantirish uchun xizmat qiladi. Noelektrik signallar chiziqli ѐki burchak harakat shaklida hamda issiqlik va ѐrug‘likning o‘zgarishi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin:
Barcha o‘zgartkichlar ikki turga bo‘linadi:

  1. Parametrik o‘zgartkichlar.

  2. Generatorli o‘zgartkichlar.

Parametrik o‘zgartkichlarning umumiy xususiyati quyidagicha:

  1. Parametrik o‘zgartkich qandaydir tashqi elektr manbasiga ulangan elektr zanjirida o‘zgaruvchan aktiv ѐki reaktiv qarshilik ko‘rinishida ishtirok etadi.

  2. Har qanday parametrik o‘zgartkich tashqi noelektrik signal ta’sirida (har xil harakat ko‘rinishidagi ѐki temperaturada, issiqlikning o‘zgarishi oqibatida) o‘z qarshiligini o‘zgartiradi.

  3. Har qanday parametrik o‘zgartkichni kirishdagi noelektrik signalni qabul qilishi har bir o‘zgartkichning tuzilishi bilan aniqlanadi.


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling