Parametrik o‘zgartkichlarga potensiometrik, tenzometrik, termorezistiv, fotorezistiv, induktiv, sig‘imli va transformatorli o‘zgartkichlar kiradi.
Induktiv o‘zgartkichlar tok zanjiriga ulangan va tashqi elektrik ta’sir ostida o‘z induktivligini o‘zgartiruvchi qurilmalar asosida tuziladi.
Aylanuvchi transformator ko‘rinishidagi induktiv o‘zgartkich burchakli va aylanma harakatni o‘lchash uchun xizmat qiladi.
Elektr sig‘imli o‘zgartkichlar chiziqli va burchakli harakat ko‘rinishidagi birlamchi noelektrik signallarni elektr signaliga aylantirish uchun xizmat qiladi.
Generatorli o‘zgartkichlar kirishdagi noelektrik signallarni to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqishida e.yu.k. shaklidagi signalga aylantirib beradi. Ularning ishi kirish signallarining energiyasidan foydalanishga asoslangan.
Boshqaruvni tashkil qilishda har xil axborot signallari bilan birgalikda standart elektr signallari ham ishlatiladi. Standart signallar davriy va nodavriy bo‘lishi mumkin (1-rasm).
rasm
O‘z navbatida davriy signallar signalning shakliga qarab, o‘zgarish chastotasiga qarab bir necha turlarga bo‘linadi. 1-rasm, a da garmonik signal kursatilgan. Bunday signal infrapast, past, yuqori chastotali garmonik signallarga bulinadi. 1-rasm, b da to‘g‘ri to‘rtburchakli davriy signal ko‘rsatilgan. O‘ning o‘zgarish chastotasi ham turlicha bo‘ldishi mumkin. 1-rasm, v da zina ko‘rinishidagi nodavriy signal ko‘rsatilgan. 1-rasm, gda nodavriy impuls signali ko‘rstilgan. Har bir signal o‘z parametri bilan xarakterlanadi. SHu tufayli generator qurilmasi o‘zidan chiqaѐtgan signalni parametrlarini ma’lum oraliqda o‘zgarishini ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Signal generatorlarining tuzilishi.
Generator qurilmalarini ishlash prinsipi faqat chiqarilaѐtgan signalni shakliga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lum shakldagi generatorni tuzilishi signal tabiatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Keng miqѐsda ishlatiladigan signal generatorlarning ishlash prinsipi bilan tanishamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |