Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Download 1.23 Mb.
bet27/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Mantiqiy elementlar - raqamli qurilmalarning konkret strukturasi bilan aniqlanadigan mantiqiy vazifalarni amalga oshiradi.
Xotira elementlari - ma’lumot va dasturlarni raqamli kodlar ko‘rinishida saqlaydigan qurilmalarda ishlatiladi.
Kuchaytiruvchi-shakllantiruvchi elementlar – raqamli qurilmalarning turli zanjirlaridagi nostandart signallarni mantiqiy elementlar qayta ishlash mumkin bo‘lgan signallar darajasiga o‘zgartirib beradi.
YOrdamchi elementlar – biron bir aniq vazifani bajarmasdan balki ѐrdamchi, qo‘shimcha vazifalarni bajarishda qo‘llaniladi (masalan raqamli qurilma ishlash qobiliyatini nazorat qilishda).
Raqamli qurilmalar ikkilik o‘zgaruvchilarni kodlash usuliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: impulsli, dinamik potensialli, impulsli- potensialli, va fazali.
Impulsli elementlarda - «1» tok ѐki kuchlanishning elektr impulsi mavjudligini, «0» tegishli signalni mavjud emasligini (yo‘qligini) ko‘rsatadi.
Dinamik elementlarda - «1» impulslar qutisi ѐki ma’lum vaqt oralig‘idan keyin oralig‘idan keyin yangilanadigan potensialni, «0» - esa impulsning yo‘qligini (ѐki teskarisi) ko‘rsatadi.
Potensial elementlarda kiruvchi va chiquvchi ikkilik o‘zgaruvchilar turli kattalikdagi elektr potensiali ko‘rinishida kodlanadi.
Impulsli-potensialli elementlarda signala kirishda potensial darajada ham, elektr impulsi sifatida ham uzatilishi mumkin, chiqish signali esa qoidaga ko‘ra impulsli xarakterga ega bo‘ladi.
Impulsli signal – takt davomiyligidan kichik bo‘lgan davomiylikdagi signaldir.
Fazali elementlarda signallar sinusoidal kuchlanish ko‘rinishida qabul qilinadi, «1» va «0» ikkilik o‘zgaruvchilari tayanch kuchlanishlariga nisbatan sinusoidal kuchlanishlar fazasi bilan kodlanadi.
Mantiqiy vazifani amalga oshirish ko‘rinishiga qarab mantiqiy elementlar shartli ravishda VA, YOKI, YO‘Q, VA-YO‘Q, YOKI-YO‘Q vazifalarini bajaradigan bir pog‘onali mantiqiy elementga hamda VA-YOKI, YOKI-VA, VA-YOKI-YO‘Q, YOKI- VA-YO‘Q, VA-YOKI-VA, va h.k. vazifalarini bajaradigan mantiqiy elementlarga ajratiladi.
Mantiqiy elementlarning ish qobiliyati parametrlarning sonli qiymatiga qo‘yilgan texnik shartlarni bir vaqtda bajarilishi davomida axborot signallarini to‘g‘ri uzatish bilan belgilanadi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling