Elektr signali generatorlari
Download 1.05 Mb.
|
OTABEK 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB Elektr signali generatorlari
- II BOB Implusli qurilmalar……………….............................................
- KIRISH Mavzuni dolzarbligi
- Tadqiqot maqsadi
- Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati
- Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi
KIRISH Mavzuni dolzarbligi: Multivibrator bu birorta ham qat’iy muvozanat holatiga ega bo‘lmagan regenerativ kurilmadir. Multivibratorlar avtotebranishlar va kutub turish rejimida ishlovchi impulsli generatorlar turiga kiradi va u to‘g‘ri burchakli yoki unga yaqin bo‘lgan impulslarni generatsiyalaydi. Mavzuning dolzarbligi Simmetrik multivibrator amalga oshirganda kuchaytirgichni o‘rganish labaratoriya qurilmasini yaratishdan iborat. Tadqiqot maqsadi: Simmetrik multivibrator labaratoriya qurilmasini va uning uslubiy qo‘llanmasini yaratishdan iboratdir. Tadqiqot vazifalari: Mazkur bitiruv ishini bajarish uchun quyidagi masalalarni hal qilish lozim. Simmetrik multivibrator oid nazariy bilimlar bilan tanishish Labaratoriya qurilmasini hisoblash va yig‘ish Dastlabki natijalarni olish Olingan natijalarni tahlil qilish Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati: Bitiruv malakaviy ishini amaliy ahamiyati shundaki talaba nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar bilan bilimlarni mustahkamlaydi. Tatqiqot obyekti: Bipolyar tranzistorlar asosidagi kuchaytirgichlarda teskari bog‘lanish ta’sirini o‘rganish Tatqiqot ilmiy yangiligi: Labaratoriya qurulmasini yaratish Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi: Bitiruv ishi kirish, 3 ta bob, labaratoriya ishining bajarish yo‘riqnomasi va qilingan ishlardan xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, 70 sahifada bayon qilingan. Ishda 24 ta rasm I-BOB .ELEKTR SIGNALI GENERATORLARI 1.1. Teskari bog‘lanish turlari Kuchaytirgich chiqish zanjiridagi kuchaytirilgan tebranishlar energiyasining bir qismini qaytarib kirishga berilishiga teskari bog‘lanish deyiladi. Teskari bog‘lanishli kuchaytirgichning tuzulish sxemasi 1.1.1-rasmda tasvirlangan bo‘lib strelka bilan energiyaning yo‘nalisshi ko‘rsatilgan.Energiyani uzatish zanjiriga teskari bog‘lanish zanjiri deyiladi. Teskari bog‘lanish zanjiri chiziqli passiv to‘rt qutbli shaklida tuzuladiva β uzatish koeffitsenti bilan tavsiflanadi. Signal manbaidan berilayotgan yebranishlar bilan teskari bog‘lanish zanjiri uzatayotgan signal qo‘shilishi natijasida kuchaytirgich kirishiga berilayotgan va mos ravishda chiqish signali amplitudasi ortsa bunday teskari bog‘lanish musbat deyiladi.Musbat teskari bog‘lanish turli funksional hususiyatlarga ega bo‘lgan yangi electron sxemalar sinfini hosil qiladi. Agar kirish signali manbaidan berilayotgan tebranishlar teskari bog‘lanish zanjiri uzatayotgan tebranishlar o‘zaro qarama-qarshi fazada bo‘lsa, qo‘shilishi natijasida kuchaytirgich kirishiga berilayotgan signal amplitudasi va mos ravishda kuchaytirgich chiqishida tebranishlar amplitudasi kamayadi. Bunday teskari bog‘lanishga manfiy teskari bog‘lanish deyiladi. Manfiy teskari bog‘lanish kuchaytirgichning barcha ko‘rsatgichlarini o‘zgartiradi va unga lozim bo‘lgan xossalarni beradi. Kuchaytirgichning kirishiga teskari bog‘lanish signalini berish usuliga ko‘ra parallel va ketma-ket teskari bog‘lanishlarga bo‘linadi. Agar signal manbai kkuchaytirgichning kirishiga teskari bog‘lanish zanjirining chiqishi bilan ketma-ket ulangan bo‘lsa, bunday teskari bog‘lanish ketma-ket bo‘ladi. Bu holda kuchaytirgich kirishiga Utbsignali Ukr signali bilan ketma-ket beriladi (1.1.2 a-rasm). Agar teskari bog‘lanish zanjirining chiqishi signal manbai bilan parallel ulangan holda kuchaytirgich kirishiga ulansa, teskari bog‘lanish parallel bo‘ladi (1.1.2 b-rasm). 1.1.2 a) rasm 1.1.2 b) rasm ketma-ket b) parallel Parallel teskari bog‘lanishda ketma-ket teskari bog‘lanishdagi kabi kuchaytirgich kirishida toklarning algebraic yig‘indisi yuzaga keladi. Buning uchun Rg≠0 va R≠0 bo‘lishi lozim. Teskari bog‘lanish zanjirini kuchaytirgich chiqishiga ulash usuliga ko‘ra kuchlanish va tok bo‘yicha teskari bog‘lanish turlariga bo‘linadi. Kuchlanish bo‘yich teskari bog‘lanish amalga oshirilganda kuchaytirgich chiqishiga teskari boglanish zanjiri va yuklanish parallel ulanadi. (1.1.3 a-rasm).Bu holda teskari bog‘lanish signali kuchaytirgich chiqish kuchlanishiga proporsional bo‘ladi. Agar kuchaytirgichning chiqishi, yuklanish va teskari bog‘lanish zanjiri uzaro ketma-ket ulangan bo‘lsa, (1.1.3 b-rasm) tok bo‘yicha teskari bog‘lanish amalga oshirilgan bo‘ladi. Bunda teskari bog‘lanish signali yuklanish orqali o‘tayotgan tokka proporsional bo‘ladi. 1.1.3 a) rasm 1.1.3 b) rasm Sxemadan ko‘rinadiki yuklanishda qisqa tutashuv yuz berganda kuchlanish bo‘yicha teskari bog‘lanish yo‘qoladi, tok bo‘yicha teskari bog‘lanish saqlanib qoladi. Sxemadan (1.1.3-rasm) ko‘rinadiki yuklanishda qisqa tutashuv yuz berganda kuchlanish bo‘yicha teskari bog‘lanish yo‘qoladi, tok bo‘yicha teskari bog‘lanish saqlanib qoladi.Aksincha kuchaytirgich chiqishiga yuklanish ulanganda kuchlanish bo‘yicha teskari bog‘lanish saqlanib qoladi, tok bo‘yicha esa yo‘qoladi.Bu holatlarni kuchaytirgich kaskadidagi teskari bog‘lanish turini aniqlashda hisobga olinadi. Shunday qilib kuchaytirgich sxemalarida to‘rt turdagi manfiy va musbat teskari bog‘lanish bo‘ladi: 1. Kuchlanish bo‘yicha ketma-ket; 2. Tok bo‘yicha ketma-ket; 3. Kuchlanish bo‘yicha parallel; 4. Tok bo‘yicha parallel. Ko‘rib o‘tilgan teskari bog‘lanishlar bir kuchaytirgich kaskadini qamrab oluvchi joriy yoki bir necha kaskadni o‘z ichiga oluvchi umumiy bo‘lishi mumkin. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling