Elektr signali generatorlari


LC — generatorning ish rejimlari


Download 1.05 Mb.
bet9/18
Sana29.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1400015
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
OTABEK 2

1.3 . LC — generatorning ish rejimlari
Kvazichiziqli usulga ko’ra tebranishning stasionar ampli­tudasi S(Uz) bog’lanish orkali ifodalanadi. u
(1.9.6 a)
Agar konturdagi tok garmonik qonun bo’yicha o’zgarsa, stok toki 1 garmonikasining amplitudasi ko’rinishda o’zgaradi. Shunga ko’ra ifoda
(1.9.6 b)
ko’rinishda ifodalanadi.
Stok toki I garmonikasining (yoki kontur tokining) zatvor kuchlanishiga bog’liqligi generatorning tebra­nish xarakteristikasi deb ataladi: Ia = f(U3). Uning qanday ko’rinishda bo’lishi ishchi nuqtaning dinamik xarakteristikadagi boshlang’ich o’rniga bog’liq.
Tebranishning stasionar amplitudalarini aniqlash uchun = f(U3) bog’lanish grafigida teskari bog’lanishni ifodalovchi chiziqni tasvirlash kerak. Urtacha qiyalik koeffisiyentning ta’rifiga binoan ular abs­sissa o’qiga parallel joylashgan to’g’ri chiziqlar bo’ladi. Ularni teskari bog’laniig to’g’ri chizig’i deb ataladi va ifoda orqali aniqlanadi. S=f(U3) bog’lanishning teskari bog’lanish chizig’i bilan kesishgan nuqtasiga mos kelgan zatvor kuchlanishining qiymati tebranishning sta­sionar amplitudasi hnsob- lanadi.
Agar ishchi nuqta dina­mik xarakteristikaning to’g’ri chiziqli qismiga joylashgan bo’lsa, teskari bog’lanish chizig’i S = f(U3) bog’lanish grafigiii bir nuqtada kesib o’tadi

1.9.7-rasm Yumshoq ish rejimidagi stasionar ampli­tuda (a) va uning M ga bog’liqlign (b).
Bunda S M o’zaro induksiya koeffisiyentiga teskari bog’langan bo’lgani uchun uning ortishi bilan teskari bog’lanish chizig’i pastga suriladi va stasionar amplituda kattalashadi. Aksincha, M kichraysa, stasionar amplituda ham kichrayadi. U M ning biror Mkr kritik qiymatigacha davom etadi, chunki bun­da chiznqlarning kesishib o’tishi yo’qoladi. Buning ma’- nosi shuki M≤Mkr bo’lganda teskari bog’lanish koeffisiyenti kichik bo’lgani uchun generator uyg’onmaydi.
Stasionar amplitudaning o’zaro induksiya koeffi­siyentiga bog’liqligi rasmda tasvirlangan. Uning turg’unlik shartini aniqlaylik. Biror sababga ko’ra zatvor kuchlanishining amplitudasi ΔUst ga ortsin. Unda keyingi tebranish davrida S o’zining «R» nuqtadagi qiymatidan kichik bo’lib qoladi. Bu nagruzka konturiga kiritiladigan energiyaning kamayishiga olib keladi. Natijada tebranish amplitudasi kichraya boshlaydi va Ust qiymatga erishadi. Aksincha, tebranish amplituda­si ΔUst miqdorga kichraysa, ortadi va konturga ener­giya kiritilishi ortib, tebranish amplitudasi o’sadi; yana Ust qiymatga erishiladi.
Demak, generator muvozanat holat («R» nuqta)dan chiqsa, ichki o’zgarishlar uni yana o’z xolatiga qaytaradi. Shuning uchun «R» nuqtada tebranish amplitudasi turg’un bo’ladi.
Generatorning yuqorida ifodalangan rejimi yumshoq ish rejimi deb ata­ladi. U quyidagilar bilan xarakterlanadi.
1. =f(U3) bog’lanish bilan teskari bog’lanish to’g’ri chizig’i bir nuqtada kesishadi va u tebranish­ning stasionar amplitudasini ifodalaydi.
2. Tebranishning uyg’onishi M = Mkr qiymatga mos keladi va u yagona bo’ladi


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling