Elektr signali generatorlari


Download 1.05 Mb.
bet11/18
Sana29.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1400015
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
OTABEK 2

RC — generator . Ko’p radioelektronika masalalarini hal qilishda chastotasi gersning bo’laklaridan bir necha yuz kilogersgacha yetadigan past chastotali garmonik tebranishlar generatori zarur bo’ladi. Tabiiyki, bunday chastotali tebranishlarni LC — generatorda hosil qilish mumkin emas. Chunki generasiya chastotasini kichraytirish uchun nagruzka konturining L va S elementlarini kattalashtirish kerak. Bu bir tomondan, qurilmani qo’pollashtirib — narxini orttirsa, ikkinchi tomondan, konturning ayelligini pasaytiradi va uning chastota tanlash qobiliyatini yomonlashtiradi. Natijada tebranishlarning stabilligy va garmonikligi kamayadi. Shuning uchun past chastotali generatorlarda tebranish konturi o’rniga R va S elementlardan tashkil topgan sistemalar qo’llaniladi. Bunday generatorlar RC — generator deb ataladi. RC — generator musbat teskari bog’laiishli RC — kuchaytirgichdan iborat.
Ma’lumki, RC — kuchaytirgichning kuchaytirish koeffisiyenti o’tkazish sohasi oralig’ida kam o’zgaradigan kattalikdir. Bu oraliqda kirish va chiqish kuchlanishlari orasidagi faza farqi deyarli o’zgarmas bo’ladi.Shuning uchun generatorda uyg’onadigan tebranishlarning shakli, asoyean, teskari bog’lanish zanjiri bilan xarakterlanadi. Masalan, teskari bog’lanish zanjirining chastotaviy va fazaviy xarakteristikasi shunday bo’lsaki, generasiya shartlari kuchaytirgichning o’tkazish sohasiga to’g’ri keladigan bi­ror chastota uchun bajarilsa, u bir vaqtda ωn va ωv chastotalar sohasi uchun ham so’zsiz bajariladi. Shuning uchun generatorda uyg’ongan tebranishlar garmonik bo’lmaydi, chunki bir vaqtda bir necha garmonik tebranish hosil bo’ladi. Demak, garmonik tebranish hosil qilish uchun generasiya shartlari faqat ω=ωo chastota uchun bajarilishi kerak. Buning uchun teskari bog’lanish zanjirining fazaviy xarakteristikasi shunday bo’lishi kerakki, u teskari bog’lanishni faqat bitta chastotada musbat qilsin. Boshqacha qilib aytganda, generator gar­monik tebranishlar ishlab chiqarishi uchun teskari bog’- lanish zanjiri kuchaytirgichdagi faza siljishlarini juft ya ga to’ldiradigan bo’lishi kerak.
Kuchaytirgichning fazaviy xarakteristikasi faqat reaktiv elementlarda hosil bo’ladigan faza siljishi bilan emas, balki kuchaytiruvchi elementlar ho- sil qiladigan faza siljishlari bilan ham xarakter­lanadi:
φk = mπ + ψ(ω)
Bunda m=1, 2, 3...— kuchaytirish kaskadlarining soni. Faqat kvazirezonans chastotada ψ (ω) = 0 bo’ladi. Shu­ning uchun fazalar sharti kuchaytirish kaskadla­rining soniga va teskari bog’lanish zanjirining faza­viy xarakteristikasiga bog’liq bo’ladi. Shunga ko’ra quyidagi munosabatlarni yozish mumkin.



Demak, kuchaytirish kaskadlari soni toq bo’lsa, tes­kari bog’lanish zanjiri toq sondagi p larga karali faza siljishi hosil silishi kerak. Agar u juft bul- sa, teskari bog’lanish zanjiri hosil qiladigan faza siljishlari juft l larga karrali bo’lishi kerak, ya’ni


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling