Elektr signali generatorlari


Ikki kaskadli RC — generator


Download 1.05 Mb.
bet12/18
Sana29.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1400015
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
OTABEK 2

Ikki kaskadli RC — generator . Ikki kaskadli RC — generator musbat teskari bog’- lanishli ikki kaskadli RC — kuchaytirgichdan iborat- dir. Unda teskari bog’lanish zanjiri vazifasini R va S elementlardan tashkil topgan Vin ko’prigi bajaradi.
va (2.0.0)
Bu ikki kaskad­li generatorda gar­monik tebranishlash hosil bo’lishi uchun uning kuchaytirish ko­effisiyenti K≥3 bo’lishi kerakligini ko’rsatadi.

2.0.1-rasm Ikki kaskadli RC—genera­torning tarkibiy sxemasn.
Lekin amalda K = K1·K2 bo’lgani uchun u hamma vaqt uchdan katta miqdordir. Kuchaytirish koeffisiyentini K≥3 tartibiga kel- tirish uchun sistemaga qo’shimcha manfiy teskari bog’la- nish zanjiri kiritiladi. U yana sistemadagi chiziqli bo’lmagan buzilishlarni ham kamaytiradi.
Rasmda manfiy teskari bog’lanishli RC — gene­ratorning prinsipial sxemasi ko’rsatilgan.

2.0.1-rasm Ikki kaskadli RC — gene­rator
Unda man­fiy teskari bog’lanish R3 rezistor yordamida joriy bo’ladi. Uning chuqurligi esa, o’zgaruvchan R rezistor bilan boshqariladi. Manfiy teskari bog’lanish zanjiri faqat β uzatpsh koeffisiyentiga ta’sir etadi va

ko’rinishda aniqlanadi. Tebranish chastotasi esa, o’zgarmaydi va ifoda bilan xarakterlanadi.
Demak sxemaga manfiy teskari bog’lanish zanjiri- ning kiritilishi generatorning amplitudalar sharti- ning bajarilishini yaxshilaydi, chunki K qancha katta bo’lsa, β(-) →β0 bo’lib boradi.
Sxema elementlarini tanlash bilan ikki kaskadli RC — generatorda chastotasi bir necha gersdan, to bir necha yuz kilogersgacha o’zgaradmgan garmonik tebranishlarni hosil qilishi mumkin. Chastotaning kattaligi S1 va S2 yoki R1 va R2 elementlarni bir vaqtda o’zgartish bilan bajariladi. Unda chastota va amplitudaning stabilligi qoniqarli bo’ladi.
Ikki kaskadli RC — generatorning asosiy kamchi- ligi sxemasining murakkabligidir. Undagi kuchaytir- gichning ikkinchi kaskadi faqat faza siljishi hosil qilish uchungina xizmat qiladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling