Elektr signali generatorlari
Download 1.05 Mb.
|
OTABEK 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutub turuvchi multivibrator.
2.3 .Multivibrator . Multivibrator bu birorta ham qat’iy muvozanat holatiga ega bo‘lmagan regenerativ kurilmadir.
Multivibratorlar avtotebranishlar va kutub turish rejimida ishlovchi impulsli generatorlar turiga kiradi va u to‘g‘ri burchakli yoki unga yaqin bo‘lgan impulslarni generatsiyalaydi. Tranzistorlardan tashkil topgan, avtotebranishlar rejimida ishlovchi simmetrik multivibrator sxemasi 11 – rasmda tasvirlangan `2.3.1-rasm Simmetrik multivibrator sxemasi. Sxemadan ko‘rinib turibdiki har bir tranzistorning kollektori ikkinchi tranzistorning bazasi bilan Cb1 va Cb2 kondensatorlar orqali ulangan bo‘lib kuchli musbat teskari bog‘lanish amalga oshirilgan. Kuchli musbat teskari bog‘lanish ta’sirida tranzistorlar kalit rejimida, ya’ni to‘yinish va tok kesimi rejimlarida ishlaydi. Multvtbratorning ishlashini quyidagicha tushuntirish mumkin. Faraz qilaylik VT1 tranzistor to‘yingan holada bo‘lsin. Bu vaqtda VT2 yopiq holatda bo‘ladi va Cb1 kondensator ochiq VT1 tranzistor orqali razyadlanadi, uning Ub1 potensiyali keskin kamayishi natijasida VT1 yopiladi va VT2 tranzistor Cb2 kondensator to’plagan Ub2 kuchlanish ta’sirida ochiladi va kuchli musbat teskari bog‘lanish ta’sirida bu jarayon regenerativ (ko’chkisimon) tarzda yuz beradi. Bu vaqtda multivibrator chiqishlaridan birida musbat ikkinchisida manfiy impuls shakllanadi. Kondensatorlarning novbatma – navbat tranzistorlar orqali zaryadlanish va razryadlanishi natijasida regenerativ jarayon avtomatik tarzda davom etadi chiqishlarda fazasi bir – biriga nisbatan 1800 siljigan davriy takrorlanuvchi to‘g‘riburchakli impulslar shkillanadi. Kutub turuvchi multivibrator. Kutib turish rejimida ishlovchi multivibrator sxemasi 2.3.2– rasmda tasvirlangan. Rb Cb 2.3.2-rasm Kutib turish rejimida ishlovchi multivibrator sxemasi. Bunday multivibrator bitta qat’iy muvozanat holatga ega. Qurilmani ishga tushirish VT1 tranzistorning bazasiga musbat impulsni berish bilan amalga oshiriladi. Dastlabki holatda ya’ni kirishga ishga tushiruvchi impuls berilmaganda VT1 tranzistor yopiq VT2 esa to‘liq ochiq bo‘lganligidan Uch dagi kuchlanish minimal bo‘lib, chiqish signali bo‘lmaydi. Ishga tushiruvchi musbat impuls berilganda VT1 tranzistor ochiladi, uning kollektorida yuzaga kelgan kuchlanishi tushuvi C2 kondensator orqali VT2 tranzistor bazasiga beriladi. Tranzistorlarning emitter zanjirlari orqali amalga oshirilgan musbat teskari bog‘lanish ta’sirida regenerativ jarayon boshlanadi va multivibrator dastlabki qat’iy muvozanat holatdan kvazi muvozanat holatga o‘tib bir dona to‘g‘ri burchakli impulsni generatsiyalaydi. Kirishga berilayotgan impulsning ta’siri tugashi bilan sistema dastlabki qat’iy muvozanat holatga regenerativ tarzda qaytadi. Agar ishga tushiruvchi impuls davriy takrorlanuvchi bo‘lsa, jarayon kirish signalining davriga teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli impulslarni generatsiyalaydi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling