Elektr signali generatorlari
Download 1.05 Mb.
|
OTABEK 2
Generasiya shartlari . Fizikaviy tajribalar texnikasida va radioelekt- ronikaning ko’p sohalarida elektr tebranishlarini hosil qiladigan qurilmalar katta ahamiyatga ega.
Uzgarmas tok manbai energiyasini biror shakl va chastotali o’zgaruvchan tok (kuchlanish) energiyasiga aylantirib beruvchi qurilma elektr signali generatori deb ataladi. Ayrim hollarda maxsus rejimda ishlovchi yuqori chastotali katta quvvatli kuchaytirgichlar ham elektr signali generatori deyiladi. Qurilmada hosil qilinayotgan tebranishning chastotasi va shakli chiziqli bo’lmagan element xususiyatlariga va qurilmaning sxemasiga bog’liq bo’ladi. Uyg’otilish tebranish hosil qilish usuliga qarab generatorlar tashqi va ichki turtki ta’sirida ishlovchi generatorlarga ajratiladi. Tashqi turtki ta’sirida uyg’onadigan generatorlar, asosan, rezonans kuchaytirgichdan iborat bo’lib, aslida tebranish manbai bo’lmay, balki kam quvvatli signalni kuchaytirib beradi, xolos. Ular yuqori chastotali generator hisoblanadi. 'Gebranish chastotasi nagruzka konturining rezonans chastotasiga teng bo’lib, ampli- tudasi tashqi kuch bilan belgilanadi. Bunday genera- torlarda tebranish chastotasi kvars kristali orqali berilishi mumkin (kvars generatorlari). Ichki turtki ta’sirida uyg’onadigan generatorlar o’z-o’zidan tebranish hosil qiluvchi generator bo’lib, ular avtogenerator deb ham ataladi. Ularda tebranish chastotasi va amplitudasi qurilmaning xususiy para- metrlari orqali belgilanadi. Tebranish shakliga qarab generatorlar garmonik va garmonik bo’lmagan relaksasion tebranish generatorlariga ajratiladi. Tebranishining shakli sinuslar (kosinuslar) qonuni bo’yicha o’zgaradigan tebranish ishlab chiqaradigan generatorlar garmonik tebranish generatora deb, aks holda esa, garmonik bo’lmagan relaksasion tebranish generatora deb ataladi. Garmonik tebranish generatorlari past va yuqori chastotali generatorlarga bo’linadi. Ularga RC va LC - generatorlar misol bo’ladi. Qurilmada tebranish hosil bo’lish hodisasi generasiya deb ataladi. Uning vujudga kelishi uchun ma’lum shartlar bajarilishi kerak. Ularni generasiya shartlari deb ataladi. Kuchaytirgichlarda musbat teskari bog’lanish (φ = 0) bo’lganda kuchaytirish koeffisiyentining teskari bog’lanish parametri Kr ortishi bilan o’sishini, kuchaytirish jarayoni stabilligi kamayishini aniqlagan edik. Ana shu nostabillik o’z-o’zidan tebranish hosil bo’lishining zarur sharti deb qabul qilinadi. Haqiqatan ham (1.8.0) shartlar bajarilganda sistemaning natijaviy kuchaytirish koeffisiyenti Kt cheksizga aylanadi. Bu siste- maga chekli amplitudali signal ta’sir etganda uning chiqishida cheksiz amplitudali tebranish hosil bo’lishi kerakligini ko’rsatadi. Lekin cheksiz amplitudali tebranish fizikaviy ma’noga ega emas. Shuning uchun (1.8.0) ifoda qurilmaning chiqishida chekli amplitudali tebranish hosil bo’lishi uchun kirish signalining hojati yo’qligini ko’rsatadi. Bu sistem aning o’z-o’zidan uyg’onpshidir. Demak, har bir o’z-o’zidan uyg’onuvchi generator musbat teskari bog’lanishli kuchaytirgichdan iborat bo’lar ekan. Unda kirish signali vazifasini Ut teskari bog’lanish kuchlanishi bajaradi (1.8.1-rasm). Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling