Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Download 1.23 Mb.
bet31/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Mikroprotsessor nima ?


Mikroprotsessor ѐki oddiy protsessor har qanday mikroprotsessor tizimining yadrosi hisoblanadi (inglizcha prosessor so‘zidan). Ushbu so‘zni o‘zbek tiliga tarjima qilganda ko‘proq «qayta ishlovchi» ma’nosini beradi, shunga ko‘ra mikroprotsessor – mikroprotsessor tizimi ichidagi barcha ma’lumotni qayta ishlaydigan qism, blok hisoblanadi. MPT qolgan qismlari esa faqat ѐrdamchi vazifalarni bajaradi, ya’ni: ma’lumotni saqlash (jumladan boshqaruvchi ma’lumotni ѐki dasturni), tashqi qurilmalar va foydalanuvchi bilan aloqa. Protsessor an’anaviy raqamli tizimning holatlarida lozim bo‘ladigan barcha


«murakkab mantiq»ni amalda almashtiradi. U arifmetik fnuksiyalarni (qo‘shish, ko‘paytirish va h.x.), mantiqiy funksiyalarni (siljish, taqqoslash, kodlarni niqoblash va b.), kodlarni vaqtinchalik saqlash (ichki registrlarda), MPT uzellari orasida kodlarni uzatish va boshqa ko‘pgina funksiyalarni amalga oshiradi.
Lekin bunda protsessor o‘zining barcha operatsiyalarini ketma-ket bajarishini hisob olish kerak, ya’ni navbat bilan birining izidan boshqasi. Albatta, ba’zi bir operatsyalarni parallel bajaruvchi protsessorlar ham mavjud. YAna shunday holatlar ham mavjudki, bunda bir necha protsessor bir masala ustida parallel ishlaydi., lekin bu juda kamdan-kam uchraydi.
SHunday qilib, mikroprotsessor ko‘plab operatsiyalarni bajarishga qodir qurilma hisoblanadi. Lekin u ma’lum vaqtda qaysi operatsiyani bajarish kerakligini qaerdan biladi? Xuddi shu vazifani boshqaruvchi ma’lumot, ya’ni dastur bajaradi. Dastur bu komandalar to‘plami (instruksiya) ѐki raqamli kodlar ko‘rinishida bo‘lib, protsessor bu kodlarni deshifrlab (shifrni ochib) nima qilish kerakligini aniqlaydi. Dastur boshidan oxirigacha odam tomonidan, ya’ni dasturchi tomonidan tuzilib, protsessor bu dasturni oddiy bajaruvchisi sifatida namoѐn bo‘ladi. SHuning uchun protsessorni miya bilan taqqoslash va tenglashtirish unchalik ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. U shunchaki inson tomonidan tuzilgan dastur algoritmini bajaruvchisi hisoblanadi. Bu algoritmlardan har qanday chetga chiqish protsessorning ѐki MPT ning qaysidir boshqa qismlari nosozligidan kelib chiqadi.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling