Mikroprotsessor rivojlanish tarixi – bu shina kengligi va registrlar o‘lchamining oshishi tarixidir. Mikoprotsessor har yangi avlodida registrlar o‘lchami yanada oshayapti va adres shinasi yanada kengroq bo‘lyapti.
Eng birinchi mikoprotsessor 1971 yilda Intel Corporation firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu to‘rt bitli 4004 mikroprotsessor edi. Ushbu 4 bitlar matematik hisoblarlashlarni bajarish uchun barcha raqamlar va simvollarni kodlashga imkon beradi. Mikoprotsessor raqamdan tashqari so‘zlarni ham tushunishi uchun undagi registrlar o‘lchamini oshirish kerak edi. 6 bitdan foydalanish hamma kichik va katta harflarni va raqamlarni farqlash imkoniyatini berdi. Lekin bunda boshqaruvchi signallar va punktuatsiya belgilarini kodlab bo‘lmaydi. Natijada 1972 yilda 8 bitli mikoprotsessor Intel 8008 paydo bo‘ldi. Rivojlanish natijasida hozirgi kunda yuksak texnologiyali mikoprotsessor va ular asosida mikoprotsessor texnikasi ishlab chiqildi.
Mikroprotsessor klassifikatsiyasi Mikroprotsessor to‘plamidagi KIS soniga ko‘ra mikoprotsessorlar:
- birkristalli,
-ko‘pkristalli,
-ko‘pkristalli seksion turlarga bo‘linadi
Mikroprotsessor qo‘llanishiga ko‘ra: Mikroprotsessor ishini vaqtinchalik tashkil etilish xarakteriga ko‘ra:
Asinxron mikoprotsessor – har bir keyingi operatsiya ya’ni oldingi operatsiyaning bajarilib tugashining aniq signali bilan boshlash imkonini beradi.
Mikroprotsessor texnikasi strukturasi tashkil etilishiga ko‘ra mikro EHM Bajariladigan dasturlar soniga ko‘ra:
Ko‘p dasturli ѐki multidasturli mikroprotsessorlarda (bir vaqtning o‘zida bir qancha (odatda bir necha o‘n dasturlar) bajariladi.
Mikroprotsessorli boshqaruv tizimlarida multidasturli ishni tashkil etish katta miqdordagi ma’lumot manbai va qabul qiluvchisini boshqarish va holatini nazorat qilishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |