Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси
Download 1.23 Mb.
|
avtomatika maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- MPT da axborotni uzatishni tashkil etilishi. Interfeys.
- Mikroprotsessorli tizim interfeyslari.
Mikroprotsessor qurilmalarining kiritish va chiqarish
interfeyslariR ej a : Mikroprotsessorli qurilmalarning kiritish va chiqarish interfeyslari Unifitsirlangan BIS interfeys qurilmasi. SHina shakllantiruvchisi, ko‘p rejimli oraliq registri. Kattaliklarni dasturlash yo‘li bilan kiritish va chiqarish. Tayanch so‘zlar: kiritish-chiqarish (KCH), interfeys, operatsiya, KIS, unifikatsiya, protsessor, registr, dasturiy, boshqarish, ma’lumot, axborot uzatish, port, protokol, tashqi qurilma, shina, magistal, bufer. MPT da axborotni uzatishni tashkil etilishi. Interfeys.MPT ѐki mikro EHM, bundan tashqari mikroprotsessor tarkibiga qo‘llanilishiga qarab bir qancha doimiy va tezkor xotira qurilmalari, periferiya qurilmalari, ya’ni, magnit disklari va lentalaridan iborat tashqi xotira qurilmalari; kiritish–chiqarishning turli xil qurilmalari kiradi. Bu holatda ushbu qurilmalar orasida aloqa va o‘zaro axborot almashish imkoniyati ta’minlanishi kerak. Axborotning protsessordan va xotiradan periferiya qurilmasiga uzatilishi chiqarish operatsiyasi, periferiya qurilmasidan protsessor ѐki xotiraga uzatilishi kiritish operatsiyasi deb ataladi. MPT qurilmalari bir-biri bilan interfeys deb ataluvchi qarshiliklar ѐrdamida bog‘lanadi. Mikroprotsessorli tizim interfeyslari.Interfeyslar – hisoblash tizimini qurishda funksional modullarni (qurilmalarni) tashkil etuvchi mikrosxemalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. SHunga ko‘ra hisoblash komplekslarini tashkil etishda hisoblash mashinalari orasida o‘zaro bog‘lanishni tashkil etish uchun ham qo‘llaniladi. Interfeyslar – MPT larning barcha funksional modullari orasidagi o‘zaro harakat qoidalarini reglamentlaydi, axborot almashuvi tartibi va protokollarini aniqlaydi va o‘zaroharakatni o‘rnatadi. Interfeyslar konfiguratsiyasi quyidagi talablardan kelib chiqib ishlab chiqilgan: Hisoblash tizimi bloklari orasida standart axborot almashinuvini ularning tezkorligiga bog‘liq bo‘lmagan holda tashkil etish va kerakli tezkor harakatning olinishi; Mikroprotsessorli kompleks tuzilishining oddiyligi va diagnozlash uchun imkoniyat mavjudligi; Qo‘llanishning keng sohasi. Mikrosxemalar chiqishlarining orasidagi elektrik bog‘lanishlar elektrik aloqalar ѐki liniyalar bilan amalga oshiriladi. Bu liniyalar tegishli funksional qo‘llanilishiga qarab guruhlanadi va ma’lumotlar shinasi MSH, adreslar shinasi ASH va boshqarish shinasi BSH ni tashkil etadi. SHinalar to‘plami - magistralni tashkil etadi. Interfeyslar funksional qo‘llanilishiga ko‘ra quyidagi prinsiplar bo‘yicha klassifikatsiyalanadi: funksional modullarni yaratish usuliga ko‘ra; ma’lumotlarni uzatish usuliga ko‘ra - parallel, ketma-ket va ketma ket- parallel; ma’lumotlarni uzatish rejimiga ko‘ra - bir ѐqlama, ikki ѐqlama, bir vaqtda ѐki navbatma – navbat uzatish; axborot almashuv prinsipiga ko‘ra – sinxron, asinxron. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling