Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Download 1.23 Mb.
bet42/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Interfeys – tizim qurilmalari orasida axborot almashishni ta’minlovchi jaraѐn (protokol)lar algortmlari, elektron sxemalar, signallar, shinalar va liniyalar to‘plamini o‘zida namoѐn etadi. MPT samaradorligi, ishonchliligi va foydalanish qulayligi nafaqat uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar tavsifnomalari bilan, balki tizim qurilmalarini bog‘lovchi interfeyslarning katta darajasi bilan ham aniqlanadi.
Tizimni tashkil etadigan qurilmalar bajarilaѐtgan ishchi operatsiyalari harakatlarning fizik prinsiplari, foydalanilaѐtgan komanda va buyruqlar, boshqaruvchi signallar (kodlar) va ma’lumotlar formatlari, axborotni uzatish tezligi bilan farqlanganligi uchun qurilmalar orasida axborot almashuv va o‘zaro bog‘liq harakatni sodda va samarali tashkil etish murakkablashadi. Tizim tarkibiga kiruvchi periferiya qurilmalari, shuningdek texnologik jaraѐn MPT bilan bog‘liq jihozlar bir-biriga nisbatan va protsessorga (dasturga) nisbatan asinxron ishlaydi va ular tomonidan axborot almashuv hamda aloqa o‘rnatishga bo‘lgan murojaatlar vaqtning istalgan paytida tug‘ilishi mumkin.
MPT qurilmalari orasida o‘zaro aloqa va axborot almashuvining tashkil etilishi quyidagilarni ta’minlashi kerak:

  • turli konfiguratsiyali (turli tuzilishga ega qurilmalar) MPT ni qo‘llash, tizimga yangi qurilmalarni apparaturada qandaydir o‘zgartirishlar bilan emas bu qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturni qo‘llash bilangina qo‘shish imkoniyati;

  • periferiya qurilmalarida kiritish-chiqarish operatsiyalari va protsessorda dastur bajarilishining bir vaqtning o‘zida parallel bajarilishi imkoniyati;

  • kiritish-chiqarish operatsiyalarini dasturlashni u ѐki bu periferiya qurilmalari xususiyatlarini hisobga olish zarurligini hisobga olmagan holda soddalashtirish va unifikatsiyalash.

YUqorida ko‘rsatilgan talablar MPT qurishda xos bo‘lgan quyidagi arxitektura echimlari asosida amalga oshiriladi:

  • MPT larni magistral-modulli tashkil etish; bunday tashkil etish shundan iboratki, bunda alohida MP qurilmalari unga mos keluvchi korpusga chiqishlari bilan o‘rab olingan KIS ni namoѐn etadigan konstruktiv tugallangan modullar ko‘rinishida bajariladi va bu modullar tizimga axborot uzatish

operatsiyalari vaqtida qurilmalar (modullar) bo‘yicha taqsimlanadigan umumiy shina (magistral) vositasi ѐrdamida birlashadi.




Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling