Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси
Download 1.23 Mb.
|
avtomatika maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlarning oraliq registr
- Komanda hisoblagichi
- Stek registri
- Multipleksor
- Demultipleksor
Umumiy qo‘llaniladigan registrlar RON, mikoprotsessor hisoblash imkoniyatlarini aniqlab, ularning soni 4 dan 64 gacha o‘zgarishi mumkin. Ularning vazifasi – operatsiyalarni saqlash.
Registr – akkumulyator (to‘plovchi). Operandni vaqtinchali saqlash ѐki ALU da bajarilaѐtgan harakat oraliq natijasini saqlash uchun mo‘ljallangan. Adresning oraliq registri bajarilaѐtgan komandaning adresli qismini qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan. Adreslarning mumkin bo‘lgan soni registr razryadliligi bilan aniqlanadi. Ma’lumotlarning oraliq registri – xotiradan tanlangan so‘zni tashqi ma’lumotlar shinasiga uzatishdan oldin vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladi. Uning razryadliligi axborot so‘zining bayt soni bilan aniqlanadi. 5-rasm. Bir kristalli MP struktura sxemasi.Komanda hisoblagichi – bajarilaѐtgan komanda baytlari joylashtirilgan xotira yacheykasi adresidan iborat bo‘ladi. Komanda registri – komanda hisoblagichida joylashgan navbatdagi komanda kodini qabul qiladi va saqlaydi. Boshqarish qurilmasi signali bilan unga registrdagi saqlanaѐtgan axborot uzatiladi. Stek registri – stek va stek ko‘rsatkichiga bo‘linadi. Mikoprotsessor asosiy qismlarini to‘liqroq ko‘rib chiqamiz. (5-rasm). Ma’lumotlarning ichki shinasi mikoprotsessorning asosiy qismlarini birlashtiradi. SHina deganda umumiy funksional alomatlariga ko‘ra birlashtirilgan axborot uzatish liniyasi guruhi tushuniladi. Multipleksor – bir, ikki (ѐki ko‘proq) axborot kirish kanallaridan ma’lumotlarni tanlab bu ma’lumotlarni o‘zining chiqishiga uzatuvchi qurilmadir. Multipleksor sxemasi ikki kirishli mantiqiy elementlar VA – YOKI dan iborat bo‘lib impulslar taqsimlovchisi bilan boshqariladi. Demultipleksor – multipleksorning teskari vazifani bajaradi. 8 razryadli arifmetik- mantiqiy qurilma barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradi. ALU birinchi kirishiga 8 razryadli akkumulyatordan bayt keladi, 2-kirishga 18 razryadli oraliq registrdan bayt keladi. Ko‘rsatilgan ikki baytning qo‘shilishi natijasi ALU chiqishida ma’lumotlar ichki shinasi orqali akkumulyatorga uzatiladi. Bunday tashkil etish - mikoprotsessor bir adresli tashkil etishini qoniqtiradi. Ushbu holatda qayta ishlashda ishtirok etaѐtgan operandlardan biri har doim adresi noaniq berilgan akkumulyatorda saqlanadi. SHuning uchun ikki operandni qo‘shish operatsiyasini bajarishda faqat bir adres-ikkinchi operendni ko‘rsatish talab qilinadi. ALU ga operatsiya natijalari alomatlarini tahlil qilish va saqlashga mo‘ljallangan alomatlar registri ulangan. Mikroprotsessor tarkibiga yana stek ko‘rsatkichi, komanda hisoblagichi, adresning oraliq registri, OZU kiradi. Mikroprotsessorning registrlar va boshqa bloklari orasida axborot almashuv ichki ma’lumotlar shinasi orqali amalga oshadi. Tashqi ma’lumotlar shinasi bilan aloqa ma’lumotlarning oraliq registri orqali amalga oshadi. Mikroprotsessor – bu dasturiy–boshqariluvchi qurilma. Uning ma’lumotlarni qayta ishlashi dastur ѐki komandalar to‘plami bilan aniqlanadi. Komanda ikkiga bo‘linadi: operatsiya kodi va adres. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling