Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси
rasm. Mikroprotsessorning mantiqiy strukturasi
Download 1.23 Mb.
|
avtomatika maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroprotsessor ishlash prinsipi
rasm. Mikroprotsessorning mantiqiy strukturasiBarcha mikroprotsessorlar ushbu rasmda ko‘rsatilganday hamma qism va bloklardan iborat bo‘lmaydi. Ushbu hollarda mos funksiyalar dasturiy bajarilishi mumkin, ba’zi maxsus registrlar sifatida RON ѐki xotira yacheykasidan foydalanish mumkin. Mikoprotsessor texnikasi loyihasida shuni hisobga olish kerakki, ularning samaradorligi va funksional imkoniyatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri mikoprotsessor ichki shinasini tashkil etishiga bog‘liq bo‘ladi. YAkuniy hisobda ularning soni mikroprotsessor texnikasi tuzilishi va tavsifnomasiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Mikroprotsessor texnikasida axborotni qayta ishlash jaraѐni uning markaziy qurilmasi - mikroprotsessor ѐrdamida amalga oshiriladi. mikroprotsessor namunaviy strukturasi eng umumiy holda ALU (3-rasm, a), umumiy qo‘llaniladigan registrlar to‘plami (RON), bufer registri (BR) va siljish registrlar (RSdv)
V ы xo d n a ya sh i n a V xo d n a ya sh i n a a
rasm. Mikroprotsessorning namunaviy strukturasiKo‘rsatilgan struktura juda keng imkoniyatga egaligini ta’kidlash kerak. Istalgan RON BR va Rsdv ga uzatilishi mumkin. Standart to‘rt razryadli ALU (3- rasm, b) har ikkala registrlarni tashkil etuvchilari ustida 16 mantiqiy va 32 arifmetik operatsiyani bajarish mumkin; natijada istalgan RON lardan biriga ѐzilishi mumkin. Mikroprotsessor ishlash prinsipiMikoprotsessorning strukturaviy sxemasini ko‘rib chiqamiz. rasm. Mikroprotsessorning strukturaviy sxemasiMikroprotsessor tarkibiga arifmetik – mantiqiy qurilma, boshqarish qurilmasi va ichki registrlar bloki kiradi. Arifmetik- mantiqiy qurilma- siljuvchi registrlar va opera-- larni vaqtinchalik saqlaydigan registrlar tezlashtirilgan o‘tish sxemalariga ega --- summetrdan tuzilgan. Odatda bu qurilma bir qancha oddiy operatsiyalarni bajaradi: qo‘shish, ayrish, siljish, ko‘chirish, mantiqiy qo‘shish (YOKI) mantiqiy ko‘paytirish (VA). Boshqarish qurilmasi – komandalarning bajarilish jaraѐnida ichki registrlar va ALU ishini boshqaradi. Komandani tashkil etuvchi operatsiya kodiga mos ravishda u MP boshqarish bloklarining ichki signallarini shakllantiradi. Ichki registrlar bloki - ALU imkoniyatlarini kengaytirib, MP ichki xotirasi bo‘lib xizmat qiladi hamda komanda va ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladi. rasmda bir kristalli mikoprotsessor birmuncha to‘liqroq struktura sxemasi ko‘rsatilgan. Bu erda ichki registrlar bloki umumiy qo‘llaniladigan registrlar RON va maxsus registrlardan iborat: registr- akkumulyator, adresning oraliq registri, ma’lumotlarning oraliq registri, komanda hisoblagichi, stek, alomatlar hisoblagichi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling