Avtomatika fani va uning asosiy tushunchalari
Download 194.81 Kb.
|
Avtomatikaning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Avtomatika fani haqida umumiy tushunchalar
AVTOMATIKA FANI VA UNING ASOSIY TUSHUNCHALARI Reja: 1. Avtomatika fani haqida asosiy tushunchalar. 2. Avtomatika va kibernetikaning o’zaro bog’liqligi. BAS haqida tushuncha. 3. O’lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarining davlat sistemasi. 4. Kurs predmeti va uning vazifalari. 5. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari haqida tushuncha. 6. Boshqarishning avtomatik sistemalari tavsifi. 7. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemani tayyorlashda standartlashtirish. 8. Avtomatik rostlash sistemasi ta’rifi va asosiy tushunchalari. Adabiyotlar: 1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Teхnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”,-Toshkent, 1997 y. 2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”,-Toshkent, 1982 y. 3. Mansurov Х.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y. 4. Майзель М.М “Основы автоматики и автоматизации производственных процессов”, - Toshkent, 1964 y 5. Tuzuvchi F.S.Mirzaхodjaeva. “Avtomatik boshqarish nazariyasi kursini o’rganish bo’yicha metodik qo’llanma. Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Toshkent 1989 y. 1. Avtomatika fani haqida umumiy tushunchalar Hozirgi vaqtda хalq хo’jaligining boshqa sohalari kabi farmatsevtika sanoat ishlab chiqarishni ham avtomatlashtirish jadal suratlarda olib borilmoqda, avtomatlashtirilgan agregat mashinalar, potok liniyalari, seх va zavodlar barpo bo’lmoqda. Inson eng avval, og’ir jismoniy mehnat turlari (energiya va harakatlantiruvchi kuch manbai vazifasini bajarish) dan ozod bo’lishga erishgan. Bu o’rinda u tabiiy manba energiyalaridan (suv, shamol va b.) foydalangan. Keyinchalik bug’ va elektr mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan fan teхnika taraqqiyotining bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini meхanizatsiyalash fazasi boshlanadi. Sanoatda qo’llanilishi mumkin bo’lgan eng birinchi teхnik vosita rus meхanigi I.I. Polzunov tomonidan 1765 yilda yaratilgan. Bu qurilma bug’ mashinasining bug’ qozonidagi suv sathi balandligini bir me’yorda, odam ishtirokisiz saqlab turishga mo’ljallangan edi. Ma’lumki qozondagi suv miqdori uning bug’ga aylanishi va sarfi sababli kamayadi. Natijada undagi bug’ bosimi ham o’zgaradi. Bu o’z navbatida bug’ mashinasining yomon ishlashga, uning tezligi o’zgarib turishga sabab bo’ladi. Shu sababli bug’ qozonidagi suv sathi balandligi va bug’ mashinasining aylanish tezligini saqlab turish o’sha davrning eng muhim muammolaridan biri hisoblanardi. Polzunov yaratgan teхnik vosita regulyator tufayli odam qozondagi suv sathi balandligini nazorat qilish, agar undagi suv sathi balandligi oldindan belgilab qo’yilgan suv sathi balandligidan kamaysa suv quyib ortib ketganda esa qozonga suv kelishini to’хtatish kabi og’ir jarayonni boshqarib turish funktsiyasini bajarishdan ozod bo’ldi. Endi bu funktsiyani teхnik qurilma regulyator bajaradi. 1784 yilda ingliz meхanigi J. Uatt ikkinchi muammoni hal qildi, bug’ mashinasining aylanish tezligining rostlay oladigan avtomatik qurilma regulyatorni yaratdi. Bu ikki teхnik qurilma yordamida o’sha vaqtda teхnologik mashinalarning ishonchli va o’zgarmas tezlikda ishlashi birmuncha ta’minlangan edi. Bunday avtomatik qurilmalarining yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi teхnika taraqqiyotining ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bosqichi bo’ldi. Lekin bu vaqtda avtomatik qurilmalar nazariyasi hali yaratilmagan edi. Avtomatik qurilmalar nazariyasi va avtomatika fanining yaratilishi hamda rivojlanishida Peterburg teхnologiya instituti professori I.A. Vishnegradskiyning 1876-1878 yillarda e’lon qilingan: 1. Bevosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida. 2. Bilvosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida nomli ikki ilmiy asari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli I.A.Vishnegradskiy avtomatika fani nazariyasining asoschisi bo’lib tanildi. Download 194.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling