Автоматика, телемеханика ва ало=а =урилмалари


Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi


Download 173 Kb.
bet9/14
Sana14.02.2023
Hajmi173 Kb.
#1197996
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-mavzu (1)

Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi
Ma’ruzaning rejasi:
1. Menejment nazariyasining paydo bo‘lishi va taraqqiyoti.

  1. 2. Ilmiy menejment

  2. 3. Ma’muriy menejment.

4. “Insoniy munosabatlar” ta’limi.

  1. 5. Zamonaviy menejment.

6. Boshqaruv konsepsiyalari.
7. O‘zbekistonda menejment nazariyasining shakllanishi.


1. Menejment nazariyasining paydo bo‘lishi va
taraqqiyoti
Qadimdan ulug‘ arboblar jamiyatdagi boshqaruv masalalariga katta e’tibor bergan. Platon boshqaruvini odamlarning umumiy oaqatlanish fani deb qaragan, chunki u boshqaruvni jamiyatga hayot bog‘ishlovchi muhim shart deb hisoblagan. Aristotel quldorlarning qullarni boshqaruv san’atiga o‘qish zarurligini aytgan.
Boshqarish nazariyasining dastlabki ko‘rinishlari Yuliy Sezer, Aleksandr Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asrda Amir Temur hukmronligi davridan shakllana boshlagan. U paytlarda boshqaruvchilar harbiy intizomni o‘rnatish maqsadida bo‘ysunuvchilarning boshqaruv organlari tomonidan beriladigan har qanday buyruq va formonlariga itoat etish usullarini qo‘llaganlar.
Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo bo‘lganligiga uning qo‘l ostidagilarini “qo‘rquv bilan umid o‘rtasida ushlash” tamoyili bo‘yicha boshqargani sabab bo‘lgan.
Kapitalistik tuzumning boshlang‘ich davrida mulk egasi o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib ishlab chiqarishni boshqargan. Lekin keyingi paytlarda texnika va texnologiyalarning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni murakkablashtirib yubordi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. SHu tufayli boshqaruvdagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashni talab qildi. Bu esa boshqaruv to‘g‘risidagi ta’limotni vujudga keltirdi.
XIX asrning oxiri XX asrning birinchi yarimida to‘rt boshqaruv ta’limi taraqqiy topdi:
1. Ilmiy menejment ta’limi (1885-1920 yillar) F. Teylor, G. Emerson va boshqalar;
2. Ma’muriy menejment ta’limi (1920-1950 yillar) A. Fayol, M. Veber va boshqalar;
3. “Insoniy munosabatlar” ta’limi (1950 yildan to hozirgacha) E. Meyo, R. Laykert va boshqalar;
4.Zamonaviy menejment (1950 yildan to hozirgacha) G. Saymon, P. Duruker, E. Deyl va boshqalar.

Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling