Avtomatika va elektrotexnologiya


Ta`limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta`lim


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana20.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22669
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22

Ta`limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta`lim. 
      O`qitishdagi axborot texnologiyalar bu o`qitish faoliyatida qo`llaniladigan elektron vositalar 
va  ularni  ishlatish  usullari  majmuidir.Elektron  vositalar  tarkibiga  apparatli,dasturli  va  axborotli 
komponentlar kiradi.Ularni qullash  ko`rsatmalari o`qitishdagi  axborot texnologiyalarni metodik 
(uslubiy) tahminotida keltiriladi. 
     Masofaviy  ta`lim  bu  o`qitishning  insonparvar  shakli  bo`lib,  anoanaviy,  yangi  pedagogik  va 
axborot  texnologiyalaridan  foydalanishga  asoslanadi.Bunda  texnik  vositalar  o‘quv  materialini 
mustaqil  o`zlashtirish,  o`qituvchi  va  o‘quvchi  orasidagi  muloqot  uchun  hizmat  qiladi.  SHunga 
ko`ra masofaviy o`qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari 
va sirtqi ta`limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o`z navbatida masofaviy ta`lim tizimini 
tashkil  etish  to`g`risida  gapirishga  imkoniyat  beradi.  Masofaviy  ta`lim  tizimi  apparatli,  dasturli 
va  uslubiy  vositalarning  murakkab  kompleksi  bo`lib,o`z  ichiga  server  va  ishchi  stansiyalar, 
shaxsiy  kompyuterlar,  kommunikatsiya  vositalari,  umum  tizimli  va  tarmoqli  dasturlar 
ta`minotiga, lokal va markazlashgan bilim va axborot banklarini boshqaruv tizimlari,o`rgatuvchi 
dasturlari va shu dasturlarni yaratish uchun instrumental vositalariga ega bo`lgan audio va video 
texnikalarni oladi.  
Masofaviy o`qitish tizimining metodologik asoslari. 
   
O‘quv  jarayonini  tashkil  etishda  ochiqlik  va  individual  yondoshuv.  Etakchi  oliy  o‘quv 
yurtlari  va  uzoq  masofadagi  o‘quv-konsultativ  punkt  bazasidagi  markazdan  tashkil  topgan 
masofaviy  o`qitish  tizimining  markazlashgan    strukturasi.  Kontakt  va  nokontakt  o‘quv  davrlari 
almashadigan masofaviy o`qitish jarayonini tashkil etish. 
      O`qituvchi,  konsultant  va  menenjer  sifatlariga  ega  bo`lgan  o`qituvchi-konsultantni  (tyutar) 
o‘quvchiga bog`lash. 
       O‘quvchilarning  bir-biri  va  o`qituvchi  bilan  o`zaro  zamonaviy  tehnik  vositalar,  axborot 
texnolgoiyalari  va  anoanaviy  pochta  yordamida  masofadan  va  yuzma-yuz  muloqotini  tashkil 
etish. 
       Ta`lim  mazmunini  tanlash  printsipi:  Masafoviy  ta`lim  mazmuni  davlat  ta`lim 
standartlarining normativ talablariga javob berishi kerak.SHuningdek,ta`lim maz munini tanlash 
imkoniyatini yaratadigan alternativ dasturlar yaratish lozim.  
      Axborot  havfsizligini  tanlash  printsipi:  Ta`limning  boshlang`ich  darajasi  printsipi:  Ta`lim 
samaradorligini oshirish uchun maolim bir boshlang`ich bilim va ko`nikmalar zarur. 
      O`qitish tehnalogiyasini moslik printsipi.O`qitish texnologiyasi masovafiy o`qitish modeliga 
adekvat bo`lishilozim. 
       Masofaviy o`qitish  tizimi  anoanaviy ta`lim  tizimiga zid  xususiyatga  ega bo`lmasligi kerak. 
Masofaviy  o`qitishda  ham  anoanaviy  ta`lim  tizmidagi  ta`lim  maz  muni  saqlanadi.  Lekin  uning 
farqi ta`lim oluvchilaruchun qulaylikning yaratilishida. 
Masofaviy o`qitish jarayonining o`ziga xosliklari. 
1.Eguluvchanlik. O‘quvchi dars vaqti, hajmi va boshqalarga nisbatan erkindir. 
2.Modullik. 
3.Parallellik. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda. 
4.O`zaro taosir etish. 
5.Masofaviy  ta`limning didaktik tizimi. 
Hozirgacha  mavjud  didaktik  tizimda  ta`lim  jarayoni  7  ta  elementni  o`z  ichiga  olar  edi:  ta`lim 
maqsadi, ta`lim mazmuni, o`qituvchilar, o‘quvchilar, ta`limning shakli, vositasi va metodlari. 
Masofaviy ta`limning didaktik tizim esa 12 elementni o`z ichiga oladi. 
 
 
 
 
 

                                                                                                    
 
 
maqsad 
 
O‘quv-moddiy 
mazmun 
o`qituvchilar 
Nazorat 
Metodlar 
 
Normativ-huquqiy 
vositalar 
o‘quvchilar 
iqtisodiy 
shakllar 
 
marketing 
 
Qo`shimcha    elementlar,  yaoni    o‘quv  moddiy,    nazorat,  normativiy-huquqiy,  iqtisodiy, 
marketing  kabilar  anoanaviy  didaktik  tizimda  ham  ko`zga  tashlanmay  ishtirok  etadi,lekin 
pedagogik jarayon uchun u masofaviy ta`limdagi kabi printsipial ahamiyat kasb etmaydi. 
Masofadan o`qitishning metod va vositalari. 
       Masofadan  o`qitish  texnologiyasi  (MO`T)  mahsus  metod,  vosita  va  o`qitishning  tashkiliy 
shakllari tizimi bo`lib,ta`lim mazmunini ko`p tarmoqli ravishda amalga oshirishga qaratilgan. 
      Pedagogik  jihatdan  qayta  ishlangan  o‘quv  mazmuni  o`z  ichiga  olgan    masofaviy  o`qitish 
o`qituvchi va o‘quvchi qo`lidagi o‘quv vositalari o‘quv mazmunini taqdim etish, o‘quvchilarning 
o`rganish faoliyatini tekshirish va boshqarish vazifasini bajaradi. Maolum bir o‘quv materiali bir 
qancha  o`rgatish  vositalari  (bosma  materiallar,  audio-video  va  boshqalari)  bilan  berilishi 
mumkin.  Vositalarning  har  biri  o`z    didaktik  imkoniyatlarga  ega.  O`qituvchi  bu  imkoniyatlarni 
bilishi va o‘quv materialini har hil vositalarga ko`ra bo`lib chiqishi, didaktik vazifalarni amalga 
oshirishga  qaratilgan  o‘quv  axborotlarni  tashuvchi  tizim  sifatida  o‘quv  materiallaridan  o‘quv 
vositalari  kompleksini  yarata  olishi  kerak.  Masofaviy  o`qitish  tizimi  vositalari  qo`ydagilardan 
iborat bo`lishi mumkin: 
            1.Darsliklar  (anoanaviy  darsliklar,  elektron  darsliklar,  qo`llanmalar,  spravochniklar  va 
boshqalar). 
         2.(Kompyuter) tarmoqdagi o‘quv-metodik qo`llanmalar; 
         3.Odatdagi va multimediya variantlaridagi kompyuterli o`qituv tizimlari; 
         4.Audio va o‘quv axborot materiallari
         5.Video o‘quv-axborot materiallari; 
         6.Masofaviy labaratoriya praktikumlari; 
         7.Masofaviy trenajyorlar; 
         8.Masofaviy axborot va bilimlar bazasi; 
         9.Masofaviy elektron kutubhonalar; 
        10.O`rgatuvchi ekspert tizimlariga asoslangan o`qitish vositalari
        11.Geoaxborotli tizimlarga asoslangan o`qitish vositalari; 
        12.Virtual reallikka asoslangan o`qitish vositalari. 
        Masofadan  o`qitish  tizimida  o`qitish  vositalari  yangi  axborot  texnologiyalari  vositasida 
amalga oshiriladi. Keltirilgan vositalarning xarakteristikalarini keltiramiz. 
       Darsliklar. Didaktik bosma materiallarni tayyorlashda qo`ydagilarga asoslanishi kerak. 
O‘quv  qo`llanmalar  shunday  tuzilishi  kerakki,o‘quvchi  faqat  zarur  hollardagina  qo`shimcha 
o‘quv axborotga murojaat qilsin. 
O‘quv material strukturasini tashkil etishda modul printsipidan foydalanish kerak. 
Materialni  mustaqil  o`zlashtirish  va  mustaqil  ish  bo`yicha  batafsil  ko`rsatmalar  berilishi  lozim. 
O‘quv  qo`llanmada  nazorat  vazifalari,bilimni  tekshirish  uchun  savol  va  javoblar,  mashqlar 
bo`lishi kerak. Umuman olganda o‘quv materiallar quydagi strukturaga (o‘quv predmetiga ko`ra 
invariant) asoslangan bo`lishi kerak: 

 
Kirish  (dastur  va  mutahassislikni  tarihi  predmet,  aktualligi  boshqa  predmetlar  bilan 
bog`liqligi va o`rni); 

 
Kurs bo`yicha o‘quv dastur; 

 
Kursning maqsadi va vazifalari; 

 
Kursni mustaqil o`zlashtirish bo`yicha metodik ko`rsatmalari; 


 
Mundarija; 

 
Bo`lim (modul)lar bo`yicha asosiy material tartibga solingan

 
Bo`limlar  bo`yicha  o`rganish  uchun  javoblari  mavjud  bo`lgan  testlar,  savollar  va 
masalalar; 

 
Yakuniy test; 

 
Mustaqil ish uchun amaliy topshiriqlar; 

 
Kichik ilmiy tekshirish ishlari uchun tematika; 

 
Atamalar lug`ati; 

 
Qisqartirmalar ro`yhati; 

 
Yakuniy qism; 

 
Adabiyotlar ro`yhati (asosiy, qo`shimcha, fakultativ); 
 
 
15-Mavzu. Bilimlar bazasi va ekspert tizimlar. (2 soat) 
1.
 
Avtomashtirilgan qidirish tizimlari.  
2.
 
Bilimlar bazasi tushunchasi. Bilimlar bazasini boshkarish tizimlari.  
3.
 
Sun‘iy intellekt tushunchasi. Informatika va sun‘iy intellekt. Bilimlarni tasvirlash.  
4.
 
Semantik  tarmoqlar.  Freymli  modellar  (tillar)  xakida  tushuncha.  Bilimlarning  mantikiy 
modellari va mantikiy xulosa qilish tizimlari.  
5.
 
Ekspert  tizimlar.  Ekspert  tizimlarining  asosiy  muammolari.  Sodda  ekspert  tizimlar 
arxitekturasi. Mantikiy xulosa. Bilimlar injeneriyasi xakida ma‘lumot. 
 
 
Bilimlar bazasi 
Bilimlаrgа  аsоslаngаn  sistеmаdа,  birоr  аnik  mаsаlаniyechаyotgаn  kоidаlаr,  (yoki 
evristikа) bilimlаr bаzаsidа saqlаnаdi.     
 
 
 
 
        
 
 
 
 
 
        
 
 
 
 
 
 
Sхеmаdаn  ko‘rinаdki,  kаndаydir  хоlаtni  ifоdаlоvchi  muаmmоlаr  sistеmа  оldigа  fаktlаr 
to‘plаmini kuyadi vа sistеmа bilimlаr аsоsidа shu fаktlаrdаn хulоsаlаr chikаrаdi.  
1-Misоlni ko‟rаylik: Bеmоrgа diоgnоz ko‘yish uchun ko‘yidаgilаr mа‘lum: 
 
Dаrmоni yo‘q, ko‘ngli аyniydi, kоnidа bilirubin miqdori ko‘pаygаn, ko‘zlаri sаrgаygаn. 
Bu fаktlаrgа аsоsаn vrаch bеmоrgа gеpаtit dеb diоgnоz ko‘yadi.  
 
Хuddi shundаy, diоgnоzni kоmppyutеr хаm ko‘yishi mumkin, аgаrki undаyetаrli, evristik 
kоidаlаr mаvjud bo‘lsа. SHuning uchun, bilimlаr bаzаsi kоmppyutеrdа kаnchаlik sifаtli vа ko‘p 
bo‘lsа, ekspеrt sistеmаlаri shunchаlik sifаtli bo‘lаdi.  
 
Bilimlаr bаzаsigа аsоslаngаn ekspеrt sistеmаsi ishlаsh sхеmаsi kuyidаgichа bo‘lаdi. 

 
аnаliz nаtijаlаri yoki kiymаtlаr tаnlаsh; 

 
kuzаtish ; 

 
nаtijа intеrprеtаtsiyasi ; 

 
yangi infоrmаtsiyalаrni o‘zlаshtirish ; 

 
gipоtеzа vа kоidаlаr yordаmidа yangi kiymаtlаr yoki yangi аnаliz nаtijаlаri оlish. 
Bilimlаr  bаzаsigа  аsоslаnib,  kurilgаn  ekspеrt  sistеmаlаrining  eng  аsоsiylаri  diаlоg 
ko‘rinishdа bo‘lishi mumkin. 
Bilimlar bazasi 
Kiritiluvchi 
axborotlar 
Chiqarish 
mexanizmi
 
Tamomlash 
xulosa 

 
Bu tipdаgi prоgrаmmаlаr ishgа tushirilgаndа fоydаlаnuvchi kiskаchа ―ХА‖ yoki ―YO‘K‖ 
jаvоblаrini bеrish mumkin shu jаvоblаrgа аsоsаn fаkt vа kоidаlаr аsоsidа хulоsа chikаrilаdi.  
Umumаn хаr dоim sistеmаdа uch хil tipdаgi bilimlаr bo‘lishi mumkin: 
 
1.  Strukturаviy  bilimlаr  -  prеdmеtlаr  sохаsini  stаtistik  bilimlаri.  Bu  bilimlаr  mа‘lum 
bo‘lgаndаn kеyin ulаr o‘zgаrmаydi. 
 
2. Strukturаviy dinаmik bilimlаr - prеdmеtlаr sохаsidа bilimlаrni o‘zgаrishi. Bo‘lаr yangi 
ахbоrоtlаrni pаydо bo‘lishigа kаrаb o‘zgаrib turаdi. 
  
3.  Ishchi  bilimlаr  -  аnik  bir  mаsаlаniyechish  uchun  ishlаtilаdigаn  bilimlаr.  Bilimlаr 
bаzаsigа аsоslаngаn ekspеrt sistеmаlаri:  

 
mеditsinа diаgnоstikаsidа ; 

 
plаnlаshtirishdа ; 

 
intеrprеtаtsiyadа; 

 
bоshkаrish vа nаzоrаt kilishdа; 

 
mехаnik vа elеktr kurilmаlаrini bаrkаrоrligini аniqlаshdа; 
o‘qitish vа o‘rgаtishdа ishlаtilаdi. 
 
Ekspеrt tizimini qurishning instrumеntаl vоsitаlаri 
 
Dаsturlаshning  аn‘аnаviy  tillаri.  Instrumеntаl  vоsitаlаrning  ushbu  guruщigа  аsоsаn 
rаqаmli  аlgоritmlаrigа  mo‘ljаllаngаn  vа  аlоmаtli  vа  mаntiqiy  mа‘lumоtlаr  bilаn  ishlаsh  uchun 
kuchsizrоq to‘g‘ri kеluvchi dаsturlаshning аn‘аnаviy tillаri (С, С++, Basic, SmallTalk, Fortran 
vа  х.k.)  kirаdilаr.  Shuning  uchun  bu  tillаr  аsоsidа  sun‘iy  intеllеkt  tizimlаrini  yarаtish 
dаsturlоvchilаrdаn ko‘p ishlаshni tаlаb qilаdi. Аmmо ulаrning аn‘аnаviy mаshinа аrхitеkturаsigа 
yaqinligi  bilаn  bо\liq  yuqоri  sаmаrаdоrligi  bu  tillаrning  kаttа  аfzаlligidir.  Bundаn  tаshqаri, 
dаsturlаshning  аn‘аnаviy  tillаridаn  fоydаlаnish  umumiy  mo‘ljаllаnishdаgi  yirik  dаsturiy 
mаjmuаlаrgа intеllеktuаl tizimlаrni (mаsаlаn, intеgrаtsiyalаshgаn ekspеrt tizimlаrini) qo‘shishgа 
imkоn  bеrаdi.  Аn‘nаviy  tillаr  оrаsidа  оb‘еktli  mo‘ljаllаngаnlаri  (SmallTalk,  С++)  eng  qulаy 
щisоblаnаdi.  Bu  shuning  bilаn  bоg‘liqki  оb‘еktli-mo‘ljаllаngаn  dаsturlаshning  pаrаdigmаsi 
bilimlаrni  tаqdim  etishning  frеymli  mоdеli  bilаn  yaqindаn  bо\lаngаn.  Bundаn  tаshqаri, 
dаsturlаshning аn‘аnаviy tillаridаn sun‘iy intеllеktning instrumеntаl vоsitаlаri bоshqа shifrlаrini 
yarаtish uchun fоydаlаnilаdi. 
 
Sun‘iy intеllеktning tillаri. Bu щаmmаdаn аvvаl LISP (Lisp) vа PRОLОG (Prolog) - eng 
kеng  tаrqаlgаn,  sun‘iy  intеllеkt  vаzifаlаriniyechish  uchun  mo‘ljаllаngаn  tillаrdir.  Sun‘iy 
intеllеktning kаmrоq tаrqаlgаn tillаri щаm mаvjud, mаsаlаn, Rоssiyadа ishlаb chiqilgаn RЕFАL. 
Ulаrning  univеrsаlligi  аn‘аnаviy  tillаrgа  nisbаtаn  kаmrоq,  аmmо  bu  yo‘qоtishni  sun‘iy 
intеllеktning  tillаri  аlоmаtli  vа  mаntiqiy  mа‘lumоtlаr  bilаn  ishlаsh  bo‘yichа  bоy  imkоniyatlаr 
bilаn o‘rnini to‘ldirаdi,  bu sun‘iy intеllеkt  vаzifаlаri  uchun  \оyatdа muщimdir. Sun‘iy intеllеkt 
tillаri  аsоsidа  iхtisоslаshtirilgаn  kоmpyutеrlаr  yarаtilаdi,  mаsаlаn,  sun‘iy  intеllеkt 
vаzifаlаriniyechish  uchun  mo‘ljаllаngаn  LISP  -  mаshinаlаr.  Bu  tillаrni  kаmchiligi  -  gibridli 
ekspеrt tizimlаrini yarаtish uchun qo‘llаnilmаsligidir. Sun‘iy intеllеkt dаsturiy vоsitаlаrining bu 
guruщigа umumiy bеlgilаnishdаgi mахsus instrumеntlаr kirаdi. +оidаgа ko‘rа, bu kutubхоnа vа 
LISP  sun‘iy  intеllеkt  tilining  ustidаgi  ustqurmа  KЕЕ  (Knowledge,  Enginееring  Environment), 
FRL (Frame Representation Language), KRL (Knowledge Representation Language), ARTS vа 
fоydаlаnuvchilаrgа  sun‘iy  intеllеktning  оdаtdаgi  tillаridа  eщtimоl  bo‘lgаndаn  fаrqlirоq 
yuqоrirоq  dаrаjаdаgi  ekspеrt  tizimlаrining  tаyyorlаmаlаridа  ishlаshgа  imkоn  bеruvchi  vа 
bоshqаlаr. 
 
―Qоbiqlаr‖  оstidа  mаvjud  ekspеrt  tizimlаrining  ―bo‘sh‖  shаkllаri,  ya‘ni  bilimlаr 
bаzаlаrini,  tаyyor  ekspеrt  tizimlаri  tushunilаdi.  Bundаy  qоbiqkа  EMYCIN  (  Empty  MYCIN  - 
bo‘sh MYCIN) misоl bo‘lib хizmаt qilishi mumkin, u to‘ldirilmаgаn ekspеrt tizimi MYCINdаn 
ibоrаtdir.  Qоbiqlаrning  аfzаlligi  shundаn  ibоrаtki,  ulаr  umumаn  tаyyor  ekspеrt  tizimlаrini 
yarаtish uchun dаsturchilаrning ishlаrini tаlаb qilmаydi. Tаyyor ekspеrt tizimini yarаtish uchun 
prеdmеtli sощаdаgi mutахаssis(lаr) tаlаb qilinаdi.  
 

Nazorat savollari. 
1.
 
Masofaviy ta‘limning qanday turlari mavjud? 
2.
 
Bilimlar bazasi deganda nimani tushunasiz? 
3.
 
Ekspert tizimlarining qanday turlari bor? 
4.
 
Avtomatlashtirilgan ish joylarni tashkil etishning qanday turlari bor? 
 
 
16-Mavzu. Kompyuter tarmoqlari. (2 soat) 
1.
 
Lokal kompyuter tarmog‘i.  
2.
 
Global kompyuter tarmog‘i. 
3.
 
Internet tarmog‘i. Internetning asosiy tushunchalari. Internet sonli manzillari, Internet ga 
ulanish. Mijoz/server texnologiyasi.  
4.
 
Tarmoqda ma‘lumotlarni uzatish tizimlari (ftp, gopher). Fayllar bilan ishlash.  
5.
 
Tarmoqda ma‘lumotlarni kidirish tizimlari (Wais, Finger, Archie, Veronica, Alta-Vista).  
6.
 
Kommunikatsiya  xizmatlari  (E-mail,  Telnet,  Usenet,  IRC)  Knowbot  axborot  xizmati. 
Telnet.  IRC.  WHOIS.  Usenet.  Telekonferentsiyalarni  o‘qish.  Yangiliklarni  o‘qish 
dasturlari.  
7.
 
Internet qaydnomalari. TCP IP qaydnomalari. InterNIC - ma‘lumotlar markazi.  
8.
 
World  Wide  Web  (WWW).  Gipermatn  va  gipermedia.  WWW  asosiy  kontseptsiyalari, 
loyixasi. Hujjatlar bilan ishlashni tezlashtirish.  
9.
 
HTML tili. HTML-hujjat tuzilishi. HTML tili operatorlari.  
10.
 
Web sahifalarni o‘qish vositalari (Browserlar). Microsoft Internet Explorer brauzeri.  
11.
 
DHTML kengaytirish. HTML da dasturlash tillaridan foydalanish. JAVA dasturlash tili. 
Java Script. Java Script dasturlash tili tuzilishi.  
12.
 
Elektron  aloqa  (EA).  EA  imkoniyatlari,  manzillari,  dasturlari.  EA  ni  o‘rnatish,  ishlash. 
EAni ishlashi. Fayllar. Fayllarni siqib jo‘natish.  
13.
 
Internet da Elektron aloqa bilan ishlash. Elektron aloqani uzatish qaydnomasi. Rasmlarni 
tarmoq  orqali  jo‘natish.  Foydalanuvchilar  EA  manzilini  aniklash.  Elektron  aloqa  va 
xukukiy masalalar. Elektron aloqa etiketa.  
14.
 
MS Outlook Express dasturi va undan foydalanish EAda avtomatik tarjima vositalaridan 
foydalanish. Internet dan elektron aloqa orqali foydalanish. 
 
 
Kompyuter tarmog‟i to'g'risida umumiy tushuncha. 
 
Kompyuter  tarmoqlarining  paydo  bo‗lish  sabablaridan  biri  resurslaridan  xamkorlikda 
foydalanish,  alohida  kompyuter  imkoniyatini  kengaytirishdir.  Tarmoq  orqali  foydalanuvchilar 
bir vaqtning o‗zida bir xil ma‘lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. 
Bu xolat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi.  Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer 
disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo‗shimcha mablag‗ni asraydi.  
Xozirda  kompyuterlarni  qo‗llashda  ko‗pgina  foydalanuvchilar  uchun  yagona  axborot 
makonini  ta‘riflovchi  tarmoqlarni  tashkil  etish  muxim  axamiyatga  ega.  Buni  butun  dunyo 
kompyuter tarmog‗i xisoblanmish Internet misolida yaqqol kirish mumkin.  

 
104-rasm. 
  Uzatish  kanallari  orqali  o‗zaro  bog‗langan  kompyuterlar  majmuiga  kompyuterlar 
tarmog‘i  deyiladi.  Bu  tarmoq  undan  foydalanuvchilarni  axborot  almashuv  vositasi  va  apparat, 
dastur hamda axborot tarmog‗i resurslaridan jamoa bo‗lib foydalanishni taminlaydi. 
Kompyuter  tarmoqlarini  ko‗pgina  belgilar,  xususan  xududiy  ta‘minlanishi  jixatidan 
tasniflash mumkin. Bunga ko‗ra global, mintaqaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi. 
Global  tarmoqlar  butun  dunyo  bo‗yicha  tarmoqdan  foydalanuvchilarni  qamrab  oladi  va 
ko‗pincha  bir-biridan  10-15  ming  km  uzoqlikdagi  EXM  va  aloqa  tarmoqlari  uzellarini 
birlashtiruvchi yo‗ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi. Global tarmoq – bu internet.  
Mintaqaviy  tarmoqlar  uncha  katta  bo‗lmagan  mamlakat  shaxarlari,  viloyatlaridagi 
foydalanuvchilarni  birlashtiradi.  Aloqa  kanallari  sifatida  ko‗pincha  telefon  tarmoqlaridan 
foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi. 
  EXMning  lokal  tarmoqlari  bir  korxona,  muassasaning  bir  yoki  bir  qancha  yaqin 
binolaridagi  abonentlarni  bog‗laydi.  Lokal  tarmoqlar  juda  keng  tarqalgan,  chunki  80-90% 
axborot o‗sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo‗lishi 
mumkin.  Lekin  lokal  tarmoqlardagi  kompyuterlar  yuqori  tezlikka  ega  yagona  axborot  uzatish 
kanali  bilan  bog‗langan  bo‗ladi.  Barcha  kompyuterlar  uchun  yagona  tezkor  axborot  uzatish 
kanalining  bo‗lishi  -  lokal  tarmoqning  ajralib  turuvchi  xususiyati.  Optik  kanalda  yorug‗lik 
o‗tkazgich inson soch tolasi kalinligida yasalgan. Bu o‗ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan 
kabel. 
  Lokal tarmoqda EXMlar orasidagi masofa uncha katta emas  - 10 km  gacha, radio kanal 
aloqasidan foydalanilsa – 22,5 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu 
ulardan foydalanishni osonlashtiradi. 
 
Tarmoq topologiyasi 
Tarmoq  topologiyasi  -  bu  kompyuterlar  aloqa  kanallari  birlashuvining  mantiqiy  sxemasi. 
Lokal  tarmoqlarida  ko‗pincha  quyidagi  uch  asosiy  topologiyaning  biridan  foydalaniladi: 
monokanalli,  aylanma  yoki  yulduzsimon.  Boshqa  ko‗pgina  topologiyalar  shu  uchtasidan  kelib 
chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining o‗zi 
zarur.  
Kirish  uslubi  -  bu  moddiy  darajada  uzellarni  birlashtiruvchi  ma‘lumotlarni  uzatish 
kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar to‗plamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng tarqalgan 
kirish uslublari Ethernet, Trken-Ring, Arenet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy qurilma bo‗lib, 
har  bir  kompyuter  tarmog‗iga  o‗rnatiladi  va  tarmoq  kanallari  bo‗yicha  axborot  uzatish  hamda 
qabul qilishni ta‘minlaydi. 
LXT topologiyasi - bu tarmok uzellari birlashuvining o‗rtacha geometrik sxemasi. 
Xisoblash tarmoqlari topologiyasi turlicha bo‗lishi mumkin, lekin lokal xisoblash tarmog‗i 
uchun uchta tur umumiy xisoblanadi. Bular: aylanma, shinali va yulduzsimon turlardir. Ba‘zan 
soddalashtirib aylana, shina, yulduz degan atamalar ishlatiladi. Biroq bu atamalar topologiya turi 
tom ma‘noda aylana, to‗g‗ri chiziqli yoki aynan yulduz shaklida degan fikrni bildirmaydi.  
Har qanday kompyuter tarmog‗ini uzellar majmui sifatida ko‗rishi mumkin. 

Uzel - tarmoqning uzatish vositasiga ulangan har qanday qurilma. 
Topologiya  tarmoq  uzellarini  ulash  sistemasini  o‗rtalashtiradi.  Masalan,  ellips  xam  yopiq 
egri,  xam  yopiq  siniq  chiziq  aylanma  topologiyaga,  yopiq  bo‗lmagan  siniq  chiziq  esa  -  shina 
topologiyaga mansub. 
Aylana  (doira)  topologiya  -  tarmoq  uzellarining  yopiq  egri  (uzatish  o‗rtasidagi)  kabel 
bilan birlashuvini xosil qiladi. Uzatish (peredatchik) va qabul qilish (priyomnik) o‗rtasidagi har 
bir oraliq uzel yuborgan xabarni retranslyasiya qiladi. qabul qiluvchi uzel faqat o‗ziga yuborilgan 
ma‘lumotnigina aniqlaydi va qabul qiladi. 
Aylana  topologiya  nisbatan  kichikroq  kenglikda  shug‗ullanuvchi  tarmoq  uchun  juda  mos 
keladi.  Unda  markaziy  uzel  yo‗qligi  bois  tarmoqning  ishonchliligini  oshiradi.  Axborotni 
retranslyasiya  qilish  uzatish  vositasi  sifatida  har  qanday  turdagi  kabeldan  foydalanish  imkonini 
beradi.  Bunday  tarmoq  uzellari  xizmat  ko‗rsatish  tartibining  ketma-ketligi  uning  tezkorligini 
susaytiradi,  uzellardan  birining  ishdan  chiqishi  aylana  butunligini  buzadi  va  axborotni  uzatish 
traktini saqlash uchun choralar ko‗rishni talab qiladi. 
Shinali topologiya - eng oddiy turlardan biri. U uzatish vositasi sifatida koaksial kabeldan 
foydalanish bilan bog‗liq. Ma‘lumotlar tarmoq uzatish uzelidan shina bo‗yicha har ikki tomonga 
tarqaladi. Oraliq uzellar kelayotgan axborotlarni translyasiya qilmaydi. Axborot barcha uzellarga 
kelib tushadi, lekin kimga jo‗natilgan bo‗lsa, faqat o‗shagina qabul qila oladi. Xizmat ko‗rsatish 
tartibi parallel. 
Bu  xol  shinali  topologiya  bilan  LXTning  tezkor  harakatini  ta‘minlaydi.  Tarmoqni 
kuchaytirish  va  konfigurasiyalash,  shuningdek  turli  tizimlarga  moslashtirish  oson.  SHinali 
topologiya  tarmog‗i  aloxida  uzellarning  buzilish  extimolligiga  chidamli.  Ushbu  turdagi 
topologiya  tarmog‗i  xozirchi  kunda  joriy  etilgan.  SHuni  ta‘kidlash  lozimki,  ularning  ko‗lami 
kichkina va bir tarmoq doirasida turli xildagi kabeldan foydalanish imkonini beradi.  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling