Avtomatika va telemexanika


Download 1.46 Mb.
bet4/13
Sana15.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1481480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
AVTOMATIKA VA TELEMEXANIKA TIZIMLARINING ISHONCHLILIGI 2

3-AMALIYOT MASHG‘ULOTI


ISHDAN CHIQQAN QISMLAR QAYTA ISHGA TUSHIRILISHI VAQTINING TAQSIMLANISHI QONUNINI ANIQLASH

Markazlashtirish qismlarining ishlash qobiliyatini qayta tiklash buzilishlarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat bo’lib, ehtimollikka ega bo’ladi. Buzilishlarni bartaraf etish vaqti ushbu ehtimollik jarayonining tasodifiy ko’rsatkichi bo’lib, uning tasodifligi quyidagi omillar bilan bog’liq:



  • Paydo bo’lgan buzilishning tabiati;

  • Qismlarning buzilishni aniqlab berishga moslashganligi;

  • Buzilshlarni aniqlab ularni bartaraf etishga mo’ljallangan jihozlarning mavjudligi;

  • Xizmat qiladigan xodimlar malakasi;

  • Ehtiyot qismlarning mavjudligi;

  • Xizmat qiladigan xodimlarda transport vositalarining mavjudligi.

Qismlarni qayta tiklash jarayoni yoki ularning qayta tiklanish qobiliyatlarini baholash uchun qayta tiklanish ehtimolligi , qayta tiklash o’rtacha vaqti , qayta tiklash jadalligi ko’rsatkichlari qo’llanadi.
Qayta tiklanish ehtimolligi qimlar ishdan chiqqanidan keyin ularning ishlash qobiliyati belgilangan vaqt davomida maxsus ta’mirlash sharoitlarida qayta tiklanishi imkoniyati bilan tavsiflanadi. Qism qayta tiklanishi tasodifiy vaqti Tq belgilangan vaqtdan uzoq bo’lmasligi ehtimolligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi;

Ifodaning chap tomoni qayta tiklanish ehtimolligining tarqatilish funksiyasidan iborat.
Qayta tiklanish ehtimolligining tarqatilish qonunini baholash uchun qayta tiklash o’rtacha vaqtini bilish kerak. Bu vaqt qayta tiklash tasodifiy vaqtining matematik kutilishiga teng. Agar markazlashtirish tizimi bir yil ishlashi davomida qayd etilgan buzilishlar soni n ga teng bo’lsa, qayta tiklanishlar soniga tarqatilgan buzilishlarni aniqlash va bartaraf etish vaqtlarning jamidan qayta tiklanish o’rtacha vaqti kelib chiqadi.
(5)
Ushbu (5) ifodasi bo’yicha markazlashtirishning ishlash qismalri uchun Tq miqdorlari aniqlangan. Hisobot natijalari 5 - jadvalda keltirilgan. Ushbu jadvalda, shuningdek, γ=0,9 ga teng ishonchli ehtimollikka mos bo’lgan Tq vaqtining ishonchli chegaralari keltirilgan.
Ishonchli ehtimolligi γ=0,9 va qayta tiklanishlar soni n ga teng bo’lganda, r1 va r2 baholash to’g’riligi koeffitsiyentlari jadvali bo’yicha aniqlanadi [6].
Ishonchli ehtimolligi γ=0,9 tengligida Tq vaqtining eng katta (maksimal) va eng kichkina (minimal) miqdorlari quyidagi ifodalar bo’yicha aniqlanadi;
va . (6)
Natijalari 5-jadvalida keltirilgan.
Markazlashtirish tizimi qismlari qayta tiklanishi o’rtacha Tq vaqtining ko’rsatkichlari 30,9 dan 35,5 daqiqagacha bo’lishi mumkinligini 0,9 ga teng ishonchlilik bilan aytish mumkin.
Tarqatish qonunini baholash uchun bir xil qismlar qayta tiklanish vaqtlarini ular uzunligi bo’yicha k qismlarga bo’lish kerak. Undan so’ng har bir k - qismga to’g’ri keladigan mi qayta tiklanishlar sonini hisoblash kerak. Har bir tegishli qism uchun kerak bo’lgan hisobotlar 6-jadval ko’rinishida bajariladi.
Rels zanjirlariga hos mi qayta tiklanishlar soni buzilishni aniqlab, uni bartaraf etish vaqti bilan bog’liqligi 3-rasmda ko’rsatilgan. Ushbu rasmda mi(τ) chizig’i pasayib borayotgan eksponenta ko’rinishiga egaligi ko’rinib turibdi, demak markazlashtirish tizimi qismlari qayta tiklanish vaqtining tarqatish zichligi funksiyasi eksponensial qonunga bo’ysunadi, ya’ni


(7)
6-jadval

Vaqt davomi

mi

ωi

ω ‘i

m’i

X2i

0 - 10

65

0,241

0,252

68,2

0,15

10 - 20

60

0,222

0,188

50,7

1,70

20 - 30

47

0,174

0,141

38,2

2,07

30 - 40

31

0,115

0,106

28,6

0,20

40 - 50

18

0,067

0,079

21,3

0,51

50 - 60

13

0,048

0,060

16,2

0,63

60 - 70

7

0,026

0,044

11,9

2,01

70 - 80

4

0,015

0,033

8,9

2,70

80 - 90

6

0,022

0,025

6,6

0,05

90 - 100

5

0,018

0,018

4,8

0,01

100 - 700

14

0,052

0,055

14,9

0,05

Jami

270

1,000

1,001

270,2

10,1




min

3-rasm
Ushbu gipotezaning tekshirilishi rozilik kriteriyasi - Pirson to’rtburchagi bo’yicha amalga oshirilgan. Ehtimolliklarning nazariy miqdorlari har bir vaqt uchun quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlangan:
(8)
bunda и - i - vaqt davomining chegaralari.
miqdori (7) ifodadan (8) ifodaga qoyilgandan keyin quyidagi natija kelib chiqqan:
. (9)
m’i ko’rsatkichining nazariy miqdorlari quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi:

va miqdorlari hisobotining natijalari 6-jadvalda keltirilgan. Ushbu jadvalning oxirgi grafasida qayta tiklanish tezligining nazariy va tajribali miqdorlari orasidagi farq miqdorlari keltirilgan. Bu ko’rsatkichlar quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi.
(10)
Bundan song farqlanish miqdorlarining jami quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi:

ko’rsatkichi uchun “ozodlik darajasi” soniga ko’ra 5-jadval bo’yicha qabul etilgan gipoteza haqligi ehtimolligi aniqlanadi:

Aniqlangan , r и miqdorlari 5 - jadvalda keltirilgan. Ushbu jadvaldan ehtimollikning chegarali kelib chiqadi

Demak yuqorida aytib o’tilgan markazlashtirish qismlarining qayta tiklanishi vaqti ehtimolligining tarqatilishi zichligi eksponensial tabiatga egaligi haqidagi fikr to’g’ri bo’lib chiqmoqda.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling