Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlash texnologiyasi


Download 37.26 Kb.
bet6/13
Sana25.03.2023
Hajmi37.26 Kb.
#1294455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
12 qtisod

Boshqarish — bu o‗ta muhim funksiya, usiz hech bir tashkilot maqsadga
yo‗naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida
omon qolish, ko‗proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir.
Boshqarish muayyan bir tashkilotning o‗ziga xos faoliyatiga bog‗liq holda

maqsadlarni

barqarorlashtirish,

sifat

belgilarini,

muhit

bilan

iqtisodiy

muvozanatni saqlash, takomillashtirish va samaradorlikka erishishni ta‘minlashga
yo‗naltirilgan jarayondir.
Boshqarishni amalga oshirish alohida vazifa sanaladi. Uni bajarish uchun
tashkilotning ayrim elementlari ixtisoslashadi. Shu bois ham tashkilot doirasida
boshqariladigan jarayon (boshqarish obyekti) va boshqaruvchi qism (boshqaruv
organi)ni ajratib ko‗rsatish mumkin. Ularning yig‗indisi boshdaruv tizimi
sifatida belgilanadi.
Boshqariladigan obyekt kirish oqimlarini (masalan, xom-ashyo, materiallar)
chiqish mahsulotlariga (tayyor mahsulot) aylantirish bo‗yicha operatsiyalar
yig‗indisini bajaradi.
Boshqaruvchi qism oldiga qo‗yilgan maqsadga erishish jarayonida
boshqariluvchi obyektni tashkil etish uchun zarur bo‗lgan operatsiyalar
yig‗indisini bajaradi.
Axborot konturi. Boshqaruvchi qism boshqariluvchi jarayonga muayyan
ta‘sir ko‗rsatadi. Boshqaruvchi qism boshqaruvni amalga oshirishi uchun unga
boshqariladigan jarayonni boshqarish maqsadida aniq holatini qiyoslash talab
etiladi, chunki shu bois boshqariladigan jarayon boshqaruvchi qismga ta‘sir
ko‗rsatadi. Ikkala qismning bir-biriga o‗zaro ta‘siri axborotni uzatish shaklida
amalga oshiriladi. Shu tariqa boshqaruv tizimida doimo yopiq axborot konturi
mavjud bo‗ladi.

Download 37.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling