Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlash texnologiyasi


Boshqarish tizimining ishlashi


Download 37.26 Kb.
bet7/13
Sana25.03.2023
Hajmi37.26 Kb.
#1294455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
12 qtisod

Boshqarish tizimining ishlashi. Boshqarish tizimining ishlashi axborot
bazasida, oldiga qo‗yilgan maqsadga muvofiq holda boshqariladigan obyekt,
uning kirish va chiqishlari holati bo‗yicha amalga oshiriladi. Obyektni boshqarish
boshqaruvchi ta‘sirni uzatish yo‗li bilan amalga oshiriladi . Tashqi muhit bilan
aloqa tizimi strelka bilan ko‗rsatilgan . Boshqarishning asosiy tamoyili — teskari
aloqa tamoyilidir (yopiq sikl bo‗yicha boshqarish).
Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo‗naltirilgan. Shundan
kelib chiqib boshqarish jarayonini boshqariladigan obyektdagi jarayonga muvofiq
keluvchi maqsad va hajm o‗rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko‗rib
chiqish mumkin.
Boshqarish tizimining ishlashi tasodifiy yoki muttasil ta‘sirlar manbai
bo‗lgan tashqi muhit bilan o‗zaro ta‘sir sharoitlarida ro‗y beradi, ular boshqarish
obyekti chiqishida ham, boshqaruv jarayoni kechishida ham kamchilik chiqarishi
mumkin. Boshqarish jarayonida to‗g‗ri va teskari aloqa kanallari bo‗yicha
tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o‗rtasida axborot almashinuvi
kechadi. Oldiga qo‗yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning boshqaruvchi
qismi boshqariluvchi obyektga axborot uzatishning to‗g‗ri kanali bo‗yicha
boshqaruvchi ta‘sirlar jo‗natadi. Teskari aloqa kanali bo‗yicha boshqariluvchi
obyektdan boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta‘sir bajarilishi natijalari
haqida axborot kelib tushadi.
Tizimning boshqaruvchi qismi kirishida keladigan axborot ta‘sir
ko‗rsatadi. U boshqarish obyektidan (masalan, xom-ashyo, materiallar
keltirilganligi haqidagi ma‘lumotlar) tashqaridan hamda ichkaridan olingan
ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi.
Ko‗rilganlardan kelib chiqilsa, boshqarish mohiyatini boshqariluvchi
obyektga boshqaruvchi ta‘sir ko‗rinishida yetkaziluvchi qarorlar qabul qilish
uchun barcha kelib tushuvchi axborotni tizimning boshqariluvchi qismida qayta
ishlash, deb izohlash mumkin.

Download 37.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling