Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlash texnologiyasi


Download 37.26 Kb.
bet10/13
Sana25.03.2023
Hajmi37.26 Kb.
#1294455
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
12 qtisod

7. Nazorat qilish — boshqariladigan obyektlarning me‘yorida ishlashidan
chalg‗ishi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat.
8. Boshqarish — tasodifiy ta‘sirlar sababli tizim ishining me‘yoriy
rejasidan chetlashishini bartaraf etash maqsadida qaror qabul qilish, ya‘ni qayta
aloqa asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor o‗lchovlari
o‗zgarishiga ko‗ra boshqariluvchi obyektga ta‘sir ko‗rsatishidir.
9. Tahlil — tizimning joriy holatini o‗rganishda ish samaradorligini
oshirish uchun uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat.
Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo
bo‗lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida
boshqaruvga ehtiyoj bo‗ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan
tayyorlangan axborot talab qilinadi.
Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish
bilan bog‗liq barcha harakatlar inson tomonidan amalga oshiriladi. Axborotni
qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi
qoidalarni qayta ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham o‗z navbatida
«sof axborot tizimi»ning boshqaruv axborot tizimiga, ya‘ni boshqaruv jarayonida
qo‗llaniladigan ma‘lumotlarni yig‗ish, saqlash, to‗plash, qidirish, qayta ishlash va
uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va
shuningdek insonning qaror qabul qilish bo‗yicha ishi qisman amalga oshirilgan.
Axborot tizimilarining vazifasi. Axborotlarga asoslangan, maqsadi
oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqilgan
boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta‘sir ko‗rsatish — qaror qabul qilish deb
ataladi. Qarorning shakllanish jarayoni esa — qaror qabul qilish jarayoni deb
yuritiladi. Tashkilotni boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul
qilinadigan qarorlar boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi.
Qaror qabul qilish jarayonini ta‘minlash, ya‘ni aynan, kerakli axborotni
kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish — tashkilot axborot tizimining
asosiy vazifalaridan biridir. Shu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish
jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bo‗lishi tashkilotning axborot tizimi
faoliyatiga, u yerda qo‗llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta‘sir qiladi va hatto
axborot tizimining butun boshli sinfi — qaror qabul qilish tizimini shakllantirish
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Tashkilotni boshqarishning yuqorida ko‗rib chiqilgan tizimi albatta, unga
kibernetik nuqtai nazardan yondashuviga ko‗ra belgilangan. Agar boshqaruv
tizimi haqida ayrim mavhumliklarsiz gapiradigan bo‗lsak, yuqorida qayd
etilganlardan tashqari tashkilotning boshqaruv tizimiga uning tashkiliy tarkibi,
xodimlar, vazifani bajarish choralarini ko‗rish, tashkilotning ichki madaniyati va
hokazo omillar ta‘sir ko‗rsatadi.
Xo‗sh, ta‘sir ko‗rsatish nima degani? Bu axborot tizimida qanday axborot
mavjudligi, u qanday saqlanishi, qay yo‗sinda qayta ishlanishi, ushbu tizim
qanday ishlashi va hokazolarni oldindan belgilashni anglatadi.


Download 37.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling