Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlash texnologiyasi


Mutaxassislar axborot tizimlari


Download 37.26 Kb.
bet12/13
Sana25.03.2023
Hajmi37.26 Kb.
#1294455
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
12 qtisod

Mutaxassislar axborot tizimlari ma‘lumotlar bilan ishlovchi mutaxassislar,
loyihachilar, muhandislar mehnat unumdorligini oshirishda yordam beradilar. Ularning
vazifasi qog‗ozli axborotlarni qayta ishlashni osonlashtirish va yangi ma‘lumotlarni tashkilot
bazasida integratsiyalashdan iboratdir.
Jamiyat va ishlab chiqarish taraqqiyoti, iqtisodiyotning o‗sishi kelajakda
mana shunday axborot tizimlarining keng ko‗lamda joriy etilishiga bog‗liq.
Bunday tizimlarda
ikki guruhni alohida ajratib o‗tish o‗rinlidir:
ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari;
bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari.
Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari o‗zining soddaligi va keng
qamrovligi tufayli ixtiyoriy tashkiliy bo‗g‗in xodimlari tomonidan faol
ishlatiladilar. Ko‗pincha ulardan o‗rta maxsus ma‘lumotga ega bo‗lgan kichik
mutaxassislar, buxgalterlar, kotibalar va hattoki yuqori malakaga ega bo‗lgan
mutaxassislar foydalanadilar. Asosiy maqsad – ma‘lumotlarni qayta ishlash, ish
yuritish samaradorligini oshirish va axborotlarni qayd qilish, ularni izlash,
so‗rovlar bo‗yicha muayyan shakllar yoki jadval ko‗rinishidagi hisobotlarni
tayyorlashni tezlashtirishdir.
Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari axborot xizmati ko‗rsatish sohalari
xodimlarini xaridorlar, buyurtmachilar, iste‘molchilar bilan aloqani o‗rnatish
imkonini yaratadi. Ularning faoliyati asosan hujjatlar yuritish, kommunikatsiyani
boshqarish, reja-jadvallar ishlab chiqishni qamrab oladi. Bunday tizimlar
quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
turli matn protsessorlari asosida kompyuterda matnlarni qayta ishlash;
yuqori sifatli bosma mahsulotlarni ishlab chiqish;
hujjatlarni arxivlash;
elektron kalendarlar va ish yuritishga doir ma‘lumotlarni elektron yozuv
daftarchasida saqlash;
elektron va audiopochta;
video- va telekonferensiyalar.
Bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari, shu jumladan, ekspert tizimlar
muhandislar, huquqshunoslar, olimlar uchun yangi mahsulot yaratishda
foydalaniladigan zarur bilimlarni qamrab oladilar. Ularning vazifasi yangi
axborot va yangi bilimlarni yaratishdir. Masalan, muhandislik va ilmiy
loyihalashning ixtisoslashtirilgan ishchi stansiyasi yuqori darajadagi sifat
talablariga javob beradigan texnik ishlanmalarni yaratish uchun imkoniyat
yaratadi.

Download 37.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling