5-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi. Reja


Download 42.79 Kb.
bet1/10
Sana25.01.2023
Hajmi42.79 Kb.
#1118937
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-Mavzu


5-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi.
Reja:

  1. Jamiyat tushunchasi va uning strukturasi.

  2. Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi va jamiyat paydo bo‘lishining omillari.

  3. Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar tasnifi.

  4. Hayotning ma`nosi va unda insonning vazifasi.



Tayanch tushunchalar: Tаriх fаlsаfаsi, fоrmаtsiоn vа tsivilizаtsiоn yondоshuv, tаriхiy tаrаqqiyot kоntsеptsiyasi, tаrаqqiyot mеzоnlаri, pоstindustriаl jаmiyat, tехnоlоgik yo’nаlish,аksiоlоgik yo’nаlish, оntоligik yo’nаlish, prоgrеss, rеgrеss, tsivilizаtsiya. N.Gumilevning passionar, subpassionar odamlar hqidagi ta`limoti. K.Yung arxitiplar nazariyasi. Irratsionalizm ong haqida. Gillozoizm ta`limoti. Antrop kosmologik tamoyil. Ong tabiati. Ongning strukturasi va funktsiyalari. Z.Freyd ongsizlikning tabiati haqida. Ijtimoiy jarayonlarda onglilik va ongsizlikning namoyon bo`lishi. Individual ong va ijtimoiy ong borlig`i. Til ong va tafakkur imkoniyatlari. Klipli tafakkur va texnologik taraqq iyot. Insonga oid teotsentrik yondashuvlar. Insonga nisbatan biologizatorlik va sotsiologizatorlik kontseptsiyalari. Falsafaiy antropologiya va elitologiyaning uyg`unligi Evgenika va bioetika. hayotni tark etish bosqichlari. Suitsid, parasuitsid, evtanaziya va uning shakllari, esxatologiyaning mohiyati. Insonning olamdagi o`rni.


Jamiyat tushunchasi va uning strukturasi.
Insoniyat azal-azaldan jamoa bo`lib yashaydi. Er sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma`noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o`tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o`zgarish va jarayonlarni ifoda etadi.
Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, tsivilizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo`llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo`lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a`zosi deb ataladi.
Jamiyattabiatning bir qismi, ya`ni ijtimoiy borliq bo`lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o`rtasida amal qiladigan juda ko`plab munosabatlar yig’indisi, degan turlicha ta`riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo`ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi.

Download 42.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling