5-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi. Reja
Download 42.79 Kb.
|
5-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taraqqiyotning o`zbek modeli
Barqarorlik - jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko`rsatish imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg’unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy tizimning tanazzuli alomatidir.
Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o`tish davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o`zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo`qolishida, g’oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo`lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o`z ifodasini topadi. Taraqqiyotning o`zbek modeli - jamiyatning tadrijiy rivojlanish kontseptsiyasi sifatida. Ijtimoiy rivojlanishning o`zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi. Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo`ldan — inqilobiy va tadrijiy yo`ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o`zgarishlar yo`li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evalyutsion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo`li ekanini ko`rsatdi. O`zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir: - iqtisodning siyosatdan ustuvorligi; - davlatning bosh islohotchi ekanligi; - qonun ustuvorligi; - kuchli ijtimoiy himoyalash; - bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo`l bilan o`tish. O`zbek modelining o`ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, o`zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o`z ifodasini topmoqda. Download 42.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling