5-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi. Reja


Download 42.79 Kb.
bet4/10
Sana25.01.2023
Hajmi42.79 Kb.
#1118937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-Mavzu

Jamiyat va oila. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog’liq. Oilada jamiyatning tub mohiyati o`z aksini topadi. Shu ma`noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a`zosi oila bag’rida voyaga etadi, ijtimoiy munosabatlarni o`zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o`z himoyasiga oladi.
Mustaqillik yillarida o`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, tilimiz xususiyatlariga mos bo`lgan yangi alifboga o`tish uning mavqeini oshirish va yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa, o`z navbatida, ijtimoiy rivojlanishga ijobiy ta`sir ko`rsatdi.
Davlatning jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyati. Davlat - jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta`minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma`naviy taraqqiyotining muhim yutug’idir.
Jamiyat ma`naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham takomillashib boradi.O`zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an`analarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi.
Fuqarolik jamiyatini barpo etishO`zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Fuqarolik jamiyati kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko`pqirrali aloqasi bo`lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o`zaro kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o`ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O`zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi.
Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlari qo`liga o`ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o`z-o`zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarini kamol toptirish, o`z-o`zini boshqarish, demokratik qadriyatlarni ro`yobga chiqarish maktabidir.
Urf –odat, rasm-rusm, an`ana va marosimlarning ma`naviyat bilan o`zaro ta`siri shundaki, oqilona jamiyatning taraqqiyot darajasiga mos keladigan an`ana va marosimlar ma`naviyatni boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma`naviyat falsafasi uning tarkibi, mazmuni va mohiyatini tahlil qilishdan tashqari, uning ijtimoiy hayotdagi o`rnini tahlil etishni ham taqozo qiladi.Jamiyat taraqqiyotida ma`naviyatning o`rni naqadar muhimligini shundan ham bilib olsa bo`ladiki, bu taraqqiyot o`zaro uzviy bog’liq ikki jarayon, ya`ni moddiy ishlab chiqarish va ma`naviy boyliklar ishlab chiqarishning birligidan iborat.

Download 42.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling