Avtomatlashtirilgan


Download 44.92 Kb.
bet1/7
Sana01.03.2023
Hajmi44.92 Kb.
#1238621
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AKB MI1


Mavzu: Avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlarda dinamik,statik iyerarxik ma'lumotnomalar
REJA:

  1. Avtomatlashtirilgan kutubxona haqida tushuncha

  2. Kutubxonalarni avtomatlashtirish holati

  3. Kutubxonalarni avtomatlashtirishning umumiy qoidalari va asosiy vazifalari


Avtomatlashtirilgan kutubxona ― oʻzaro bogʻlangan kom-pyuterlashgan avtomatik tizim. Asosiy vazifalari: kutubxonadagi barcha kito-blar, jurnallar va boshqa hujjatlarni toʻla qayd qilish; klassifikator boʻyicha in-dekslar qoʻyish; bibliografik qidirish; tanlab olingan kmtoblarming referatlarini koʻrib chiqish; kutubxonaga a’zo boʻlganlarni roʻyxatga olish; buyurtmalarni roʻyxatlashtirish; katalog va kar-tochkalarni hamda qayta roʻyxatga olish varaqalarini bosmadan chiqarish, ki-toblarni abonentlarga berish va qabul qilishni qayd qilish, muddatlarni choʻzib berish; moliyaviy hisobotlar; yangi kito-blarni roʻyxatga olish va holatini ku-zatish; markazlashtirilgan buyurtmalar berish; kutubxonaga tushgan hujjatlarni doimo kuzatib borish va boshqa Avtomatlashtirilgan kutubxonada elek-tron kataloglarni tuzish va yaratish dast-labki qadam boʻlishi zarur.
XX asr oxirlaridan yuz bera boshlagan «axborot inqilobi» kutubxonalar faoliyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir natijasida kutubxonalar borgan sari ko‘proq zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlanib, axborot resurslari markazlariga aylanib bormoqda. Kutubxonalarda xizmat ko‘rsatish turlari ham keskin kengaydi: Internet tarmog‘idan foydalanish, axborot-tahliliy materiallarni jamlab berish, kutubxona kataloglarining elektron ko‘rinishi va to‘liq matnli ma’lumotlar bazalarini kitobxonlarga taqdim etish shular jumlasidandir.
Kerakli axborotni olish uchun yangi axborot texnologiyalaridan foydalanilganda manbalarni qidirib topish imkoniyati yuz martalab oshadi. Telekommunikatsiya vositalarini qo‘llash esa axborot manbaining qanday masofada turganidan qat’iy nazar unga tezkorlik bilan ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Bu yerda gap kutubxonalarda avtomatlashtirish va tashkiliy-texnika vositalarini qo‘llash orqali ularni axborot resurslari markazlariga aylantirish haqida bormoqda. Bunday yangi turdagi kutubxonalar «elektron kutubxona», «virtual kutubxona» singari nomlar bilan atalmoqda.
Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK)- bu shunday kutubxonaki, uning funksiyasi, ayniqsa, kutubxona axborot xizmati asosan avtomatlashtirish (kompyuterlar, serverlar, tashkiliy-texnika vositalari, dasturiy komplekslar) va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Zamonaviy AK yaratish murakkab va serxarajat tadbirdir. U yuqori malakali kasb egalari: dastur tuzuvchilar, tizimchi texniklarni jalb qilishni, kutubxonachilarni qayta tayyorlashni taqozo etadi. Kutubxonalarni avtomatlashtirishning ixcham tarixi, avtomatlashtirilgan kutubxona tarkibi va uni tashkil etuvchi omillari, zamonaviy xalqaro formatlar, loyihalar tuzish uchun ishlab chiqilgan yo‘l-yo‘riqlar muhim ahamiyat kashf etadi.
Avtomatlashtirilgan kutubxonada foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar (kompyuterlar tiplari va modellari, kutubxona axborot tizimlari) ARMning tarkibiy qismidir. ARM uchun hisoblash texnikasi, dasturiy va axborot ta’minotini tanlashdek murakkab masalalar mavjuddir. Kutubxona formatlari, maxsus dasturlar va texnika vositalariga bag‘ishlangan maxsus adabiyotlar keng ko‘lamda chop etilgan.

Download 44.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling