Avtomatlashtirish sistemalarining shchit va pultlarini loyihalash


Tablo va ramkalardagi yozuvlar jadvali


Download 0.54 Mb.
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1008995
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Avtomatlashtirish sistemalarining shchit va pultlarini loyihalash

Tablo va ramkalardagi yozuvlar jadvali
Jadval “Tablo va ramkalardagi yozuvlar” deb nomlanadi. Xar bir yozuvga raqam qo‘yilib tablo yoki ramka konturi ichiga qo‘yiladi (chapdan o‘ngga, tepadan pastga) jadvalda avval tablo yoki ramkaning nomi va tipi ko‘rsatiladi. Yozuvlar qisqa va aniq bo‘lishi kerak.

Jadval 1. Tablodagi va ramkadagi yozuvlar





Yozuv raqami

Yozuv

Soni




Tablo TSB




1

Havo bosimi normadan past

1

2

Vakuum normadan past

1

3

Satx normadan yuqori

2

4

Zichlik qiymati kichik

1

5

Satx normadan past

2




Ramka 66/26 mm






1

Apparatdagi eritma satxi

1

2

Apparatdagi vakuum

1

3

Eritma zichligi

1

4

Kollektordagi havo bosimini nazorat qilish 0,14 Mpa

1

5

13 v o‘lchov asbobiga

1

6

14 d signalizatorga

1



Ichki tomondan ko‘rinishi chizmasi.
Bu chizma “ichki tomondan ko‘rinish” deb nomlanib, hamma panellar ochib ko‘rsatiladi va ularda hamma o‘lchov asboblari, avtomatlashtirish vositalari va boshqa elementlar ko‘rsatiladi (rasm...).
Elektr ulash simlari uzluksiz, trubali impulsli ulanishlar shtrix va o‘lchash zanjirlari chiziqlari shtrix punktir chiziqlar bilan ko‘rsatiladi.



Ris. 38. Vid na vnutrenniye ploskosti shita

Xamma o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalari uchun pozitsion belgilanishlari ko‘rsatilib, bunda:


-o‘lchov asboblari pozitsiyalari spetsifikatsiya bo‘yicha,
-elektr va pnevmo-apparatura pozitsiyalari prinsipial chizmalar bo‘yicha
-qisqichlar bloklari belgilanishida XT va tartib raqami ko‘rsatiladi,
-pnevmatik manba belgilanishida P va tartib raqami ko‘rsatiladi.
Simlarning ichki ulanish chizmalari grafik usuli, adresli yoki tablitsa usullaridan biri ko‘rinishida bajarilishi mumkin.
Grafik usuli:
Chizmada avtomatlashtirish elementlarini ulanishi uzluksiz yoki uzlukli chiziqlar ko‘rinishida aloxida va o‘ramlarda ko‘rsatiladi.
Ulanishlar o‘lchov asboblariga ulangan joylari prinsipial sxemalar yoki tashqi ulanish chizmalari asosida markirovkalanadi.
Masalan, prinsipial sxemada KV1 o‘lchov asbobining 2 - kontakti KV3 asbobining 3-kontakti bilan ulangan va u 78-nomer bilan markirovkalangan.
Adres usuli:
Bu usulda ulanish uzlukli yoki uzluksiz chiziqlar ko‘rinishida ko‘rsatiladi. YA’ni simning bir uchi avtomatlashtirish elementlarining chiqish klemmasiga ulansa, ikkinchi uchi markirovkalanadi va qayerga ulanish manzili ko‘rsatiladi.
Misolda ko‘rsatilishicha KV1 asbobning 2-klemmasi KV3 asbobning 9-klemmasiga ulanadi va 78 raqami bilan markirovkalanadi.
Jadval usuli:
Bu usulda ulanish chizmasi o‘rniga ulanish jadvali tuziladi va unda ma’lum bir formada shchit ichidagi ulanishlar manzillari ko‘rsatiladi.

Jadval 2. Shchit ichidagi ulanishlar jadvali.



“Simlarning ulanishi” jadvali ustunlari quyidagicha to‘ldiriladi.


“Ulovchi sim” (provodnik) ustunida prinsipial sxema yoki tashqi ulanishlar chizmasidagi simlarning markirovka raqami ko‘rsatiladi. Ulovchi simlar manzillarini “qayerdan kelyapti” va “qayerga ketayapti” ustunlariga kasr ko‘rinishida yoziladi. Bunda kasr suratiga o‘lchov asbobi yoki qurilmaning pozitsion belgilanishi, maxrajda esa o‘lchov asbobi yoki qurilmaning kontakti nomeri qo‘yiladi. “Ulovchi sim qo‘rsatkichlari” ustunida ulovchi sim markasi, kesim yuzasi ko‘rsatiladi.
Kasr chizig‘i o‘rniga ikki nuqta xam qo‘llanishi mumkin.
Agar o‘lchov asbobining bir nechta kalotkalari bo‘lsa unda kalodka nomeri ko‘rsatiladi. Masalan: 18v-K2:5, 18v pozitsiyadagi 2-kolodkaning 5-klemmasi.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling