Avtomatlashtirish sistemalarining trubali o’tkazishlar chizmalarini loyihalash
Turli xil maqsadlarda qo’llaniladigan trubali o’tishlarni qulay joylashtirish shartlari
Download 123.1 Kb.
|
MI ASLUS1
5 Turli xil maqsadlarda qo’llaniladigan trubali o’tishlarni qulay joylashtirish shartlari.
Tashqi elektrik va trubali o’tishlar sxemalarini ishlab chiqarishda, pultlarni, shitlarni joylashtirish rejalarini tuzishda kamdan-kam trubali o’tishlarni joylashtirish masalalari ko’rib chiqiladi. Lekin bu yechimlar har doim ham asoslangan bo’lishi lozim. Asoslanganlik texnologik jarayonni avariyali holatda normal ishini ta’minlaydi. Trubali o’tishlarni loyihalashda eng samarali yechimlardan biri bu har bir toifaga tegishli trubali o’tishlarni bir oqimga yig’ish hisoblanadi. Agarda bu ularning montaji va ko’chirilishini qimmatlashtirmasa. Xavfli moddalarni ko’chiruvchi trubali o’tishlar, xavfsiz moddalarni ko’chiruvhi trubali o’tishlardan alohida-alohida oqimlarda joylashtirilishi kerak. 1 va 2 toifadagi trubali o’tishlar bilan, 3 , 4 va 5 toifadagi trubali o’tishlarni birgalikda joylashtirish tavsiya etilmaydi, agarda buning iloji bo’lmasa , unda ularning o’zaro ta’sir etishdan himoyalovchi choralar ko’rilishi lozim. Trubali o’tishlar elektrning trubalaridan alohida joylashtirish kerak. Faqatgin 5 toifadagi trubali o’tishlarni elektr trubalari bilan birgalikda joylashtirish mumkin. Ular plastmassalardan yasalgan bo’lib, inert gzlar (yoki havo) to’ldirilganda elektr trubalar bilan birgalikda joylashtirilganda ta’sirlashmaydi. Elektr o’tuvchi pnevmo kabellar va trubali o’tishlarni joylashtirish quyidagi holatlarni e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi: Portlash va yong’in xavfi mavjud bo’lmagan joylarda bunday kabellar karobkalar, kanallar, qayiq va ko’priklarda joylashtiriladi. Bunda: Plastmassali trubalar va pnevmokabellar 2 va 3 kanalli alohida - alohida karobkalarda joylashtirilishi kerak; Kanallar tubida joylashtirilgan plastmassali trubalar va pnevmokabellar, elektr kabellardan 150 mm uzoqlikda joylashtirilishi kerak; Yig’ma kabel konstruksiyalarida bino inshootlarida plastmassali trubalar va pnevmokabellar alohida-alohida ilgaklarda joylashtirilib, elektr kabellardan 150 mm pastda bo’lishi kerak; Ko’prikli va qayiqli qurilmalarda plastmassali elektr kabellardan kamida 150 mm uzoqlikda oylashtirlishi shart; Portlash va yong’in xavfi mavjud hududlarda plastmassali va pnevmokabellarni elektr kabellar bilan birgalikda joylashtirish ta’qiqlanadi. Hududlarda plastmassali trubalar paketi , provadalar va elektr kabellar paketi, pnevmokabellar birgalikda joylashtirilishi tavsiya e’tilmaydi. Download 123.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling