Texnologik jarayonni olib borish sifatini baholashni avtomatlashtirish darajasi ko‘rsatkichi K11 bunday hisoblanadi:
K11= K11i. (21.12)
bu yerda K11i – texnologik jarayonni olib borish sifatini baholash funksiyasini amalga oshirishning aniq usuli koeffitsienti, uning qiymatlari quyida keltirilgan.
I
|
Jarayonni olib borish sifatini baholash usuli
|
K11i
|
1
|
Texnologik jarayonni olib borilishi sifati noavtomatik amalga oshiriladi
|
0.2
|
2
|
Avtomatik hisoblanadigan kompleks ko‘rsatkichlardan foydalanib jarayonni olib borish sifatini baholash
|
0.6
|
3
|
Sifatni baholash hisoblanadigan ko‘rsatkichlarni EHM dan foydalanib, to‘la amalga oshiriladi.
|
1.0
|
Texnologik jarayonni olib borish sifatini kompleks baholash smena rejasini bajarishni, xom ashyoni yo‘qotishini, energoresurslarni tejash, asosiy texnologik parametrlarning «chiqishini», sanitariya–texnik me’yorlarning bajarilishini hisobga oladi.
Boshqarishning qo‘shni va yuqori turuvchi darajalari bilan axborot almashinuvini avtomatlashtirish darajasi ko‘rsatkichi K12 quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(21.13)
bu yerda n12 – i – usul bo‘yicha uzatilayotgan axborot birliklari soni; n120 –boshqarishning qo‘shni va yuqorida turuvchi darajalariga uzatiluvchi axborot birligining umumiy soni; K12 – boshqarishning qo‘shni va yuqori darajalari bilan axborot almashinishi funksiyasini (ishini) amalga oshirishning aniq usuli koeffitsienti.
Do'stlaringiz bilan baham: |