Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash 1. §. Avtomatlashtirish loyihasining vazifasi va loyihalash masalalari
Download 165.08 Kb.
|
AVTOMATLASHTIRIS маруза-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatlashtirish asboblarining grafik shartli tavsifi.
- O‘lchanayotgan kattaliklar va asboblarning funksional belgilarining harfiy belgilanishi.
- Asboblarning funksional belgilarini aks ettiruvchi qo‘shimcha harfiy belgilashlar.
Quvurlarning shartli belgilari.
21.2 – jadval. Avtomatlashtirish asboblarining grafik shartli tavsifi.
21.3 – jadval. O‘lchanayotgan kattaliklar va asboblarning funksional belgilarining harfiy belgilanishi.
Eslatma: «Plyus» ishorasi bilan belgilangan harfiy belgilash zahira belgi bo‘lib, «minus» ishorasi bilan belgilanganlari foydalanilmaydi. 21.4 – jadval. Asboblarning funksional belgilarini aks ettiruvchi qo‘shimcha harfiy belgilashlar.
Avtomatlashtirish prinsipial chizmasining pastki qismida boshqarish shchiti va pultiga montaj qilinadigan nazorat va avtomatika asboblari ko‘rsatiladi. Avtomatlashtirish asboblari va vositalarini va shartli belgilarini belgilashning ikki usuli tavsiya etiladi: soddalashtirilgan va mufassal kengaytirilgan belgilash uslubida murakkab vazifalarni, masalan, nazorat, rostlash va sinalizasiyani amalga oshiruvchi hamda ayrim blok ko‘rinishida ishlangan avtomatlashtirish asboblari va vositalari bitta shartli belgi bilan ifodalanadi. Erdamchi vazifalarni bjaruvchi qurilmalar (filtrlar, reduktorlar, kuchaytirgichlar, tok manbalalari, montaj elementlar va boshqalar) tasvirlanmaydi. Mufassal kengaytirilgan belgilash uslubida har bir asbob yoki blok alohida shartli belgi bilan tasvirlanadi. Asbobning shartli belgilanishini 21.3-rasm ifodalaydi. Grafik tasvirning yuqori qismida o‘lchanayotgan kattalikning va asbobning funksional belgilarining harfiy belgilari ifodalanadi, pastki qismida esa asbobning yoki avtomatlashtirish vositalari majmuasining pozision belgilari qo‘yiladi. Bitta parametrni o‘lchash, signallash yoki rostlash uchun mo‘ljallangan vositalar to‘plami komplekt deyiladi. Avtomatlashtirish vositalari komplektidagi (barcha asboblar bitta nomer bilan belgilanadi, uning har bir tarkibiy qismiga esa (o‘lchovchi, rostlovchi asbobga va boshqa elementlarga) qo‘shimcha raqamli indeks beriladi. Apparatura komplektida qo‘shimcha raqamli indekslarning berilishi qo‘yidagi ketma–ketlikda amalga oshiriladi: datchik, o‘lchovchi yoki rostlovchi asbob, qayta ulagich va hokazo. Avtomatlashtirish sxemasining (AS) pozitsion belgilanishi loyihaning barcha materiallarida saqlanadi. Asbobning yoki qurilmaning (qo‘lda boshqariluvchi qurilmalardan tashqari) belgilanishdagi birinchi raqam o‘lchanayotgan kattalikning nomi hisoblanadi. Qo‘lda bajariladigan ishlar uchun mo‘ljallangan qurilmalarning (knopka, bopqarish kaliti va boshqalar) harfiy belgilanishi N harfidan boshlanishi kerak. Asbobning funksional belgilarining harfiy belgilanishining joylanish tartibi I, R, C, S, A ketma – ketlik bilan belgilangan. Chizmalarda iloji boricha chiziqlar kam bo‘lishi yoki kesishishi kerak. Agar prinsipial chizmalarda chiziqlar ko‘payib ketsa, adres usulidan foydalaniladi, bunda joyiga o‘rnatilgan asboblarda, ko‘rsatilgan gorizontal chiziqdan 40... 80 mm masofada, bog‘lanish yo‘llari uziladi. Xuddi shu masofada o‘lchash uchun impuls olish joyi va ijro etuvchi mexanizmlar o‘rnatilgan yerdan bog‘lash chiziqlari uziladi. Bog‘lash chiziqlarining raqamli adreslari qo‘yi va yuqori uzunliklarga mos ikkita gorizontallarda joylashadi. Uzilish yerlarida chapdan ungga tartib bilan ortib boradigan qilib nomerlar yoziladi. Nazorat–o‘lchash asboblarining to‘g‘ri tanlangani haqida oldindan fikr yuritish maqsadida bog‘lash chiziqlarining quyi kesmalari yonida o‘lchanayotgan texnologik parametrlarning eng yuqori miqdorlari ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, bu ma’lumotlardan o‘lchash asboblarining shkalasini tanlaganda foydalanish mumkin. Download 165.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling