Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish»


-modda. Metrologiya xizmatlarini metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lish uchun akkreditatsiya qilish


Download 299.8 Kb.
bet13/46
Sana31.01.2024
Hajmi299.8 Kb.
#1820019
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini-fayllar.org

28-modda. Metrologiya xizmatlarini metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lish uchun akkreditatsiya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Metrologiya xizmatlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan sohalarda qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchash vositalarini, sinov vositalarini, o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish, sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish, o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash va sinashni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lishi uchun akkreditatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan sohalarda qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchash vositalarining, o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini, sinov vositalarining attestatsiyasini, o‘lchash vositalarini qiyoslashni, kalibrlashni, sinashni amalga oshiruvchi akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari faoliyatining inspeksiya nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
29-modda. Davlat metrologiya xizmatini davlat tomonidan moliyalashtirish
Davlat metrologiya xizmatining quyidagi ishlari davlat tomonidan moliyalashtiriladi:
metrologiyaga oid faoliyat sohasini rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish;
metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida ishtirok etish va metrologiya bo‘yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni, shuningdek xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasi bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni o‘tkazish;
etalonlar va o‘lchash vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo‘llash, olish hamda asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash;
standart namunalarni ishlab chiqish;
davlat metrologiya nazoratini o‘tkazish.

Download 299.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling