Avtomatlashtırıshda energıya tejamkorlıgınıng umumıy asoslari
Download 31.82 Kb.
|
1- mavzu
Issiqlik energetikasi — energetikaning issiqlikni dvigatellar va boshqalar yordamida boshqa energiya turlari mexanik energiya, elektr energiyasiga aylantirib beruvchi issiqlik texnikasi boʻlimi. Issiqlik energetikasida asosiy issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona issiqlik elektr stansiyalari (IES) hamda Davlat issiqlik elektr stansiyasi (DIES) hisoblanadi. Yirik Davlat issiqlik elektr stansiyasilariga quyidagilar kiradi:
Sirdaryo DIES (3000 MVt), Toshkent DIES (1850 MVt), va Tolimarjon DIES (loyiha boʻyicha 3200 MVt). Oʻzbekistonda mavjud issiqlik elektr stansiyalari respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 85% ini tashkil qiladi. Fanda energetika muammolari bilan shugʻullanishda izchil ilmiy tekshirish ishlariga asoslangan holda energetika taraqqiyotining qonuniyatlari, tabiiy anʼanalari va optimal yechimlari oʻrganiladi va energetikani optimal boshqarishning asoslari shakllantiriladi hamda energetikaning kompleks muammolari, shu jumladan, uning atrof muhitga taʼsiri, yaʼni ekologiya masalalari, energetikaga doir fan va texnika taraqqiyoti masalalari va boshqalar hal qilinadi. Oʻzbekistonda energetika fanlarining rivojlanishi XX asr 30 - yillari oxiri va 40 - yillariga toʻgʻri keladi. Energetikaga doir ilmiy tekshirish ishlari energetikaning ustuvor kompleks masalalarini va amaliy muammolarini hal qilishga qaratildi. Elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish bilan bogʻliq masala — oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirish nazariyasi, asinxron va sinxron mashinalarning magnit oqimlarining oʻz-oʻzidan uygʻonishini taʼminlashni hisoblash usullari, elektron qurilmalaridagi shikastlanishning murakkab turlari nazariyasini rivojlantirish kabi ustuvor masalalar bilan shugʻullanildi hamda gidroelektr stansiyalari quvvatini samarali taqsimlashni hal qilishga doir ishlar bajarildi. 40- yillar oxiri va 50- yillarda ilmiy tekshirish ishlari elektr stansiyalari, elektr tizimi va jihozlari ishini yaxshilash, puxtaligini oshirish, samaradorligini koʻtarishga qaratildi. Oʻzbekiston energetikasi rivoji uchun tabiiy iqlim sharoitlaridan oqilona foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasi, shamol kuchi, yer osti suvlari harorati va kichik gidroelektr stansiyalardan foydalanish masalalari borasida keng tadqiqot ishlari olib borildi (G. A. Grinevich, R. A. Zohidov). Energetika jarayonlarini avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalash hamda energetika tizimlarida oʻlchash texnikasi, oʻlchash aniqligi, puxtaligi va samaradorligini oshirish kabi ilmiy natijalarga erishishda muhim tadqiqotlar amalga oshirildi (akad. J.Abdullayev). Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi sohasida yoqilgʻidan foydalanishning yangi texnologiyasi va issiqlik energiyasidan samarali foydalanish kabi muhim tadqiqot ishlariga ahamiyat kuchaytirildi (R.A.Zohidov, S.Q.Ismatxoʻjayev). Sanoatning bir qancha sohalarida energotejamkorlik, energiyadan oqilona foydalanish, gidroelektr stansiyalar jihozlarini diagnostika qilish, mashina yordamida sug‘oriladigan nasos stansiyalari uchun yangi elektr yuritmalar yaratish (T.S.Kamalov), Oʻzbekiston elektr korxonalarining normal ishlashini electron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida hisoblash (E.Payziyev), elektrofizikaning fizik-texnik muammolari boʻyicha bir qancha ilmiy natijalarga erishildi. Bu yoʻnalishda olib borilgan ishlarning biri — bu yangi prinsipda ishlaydigan maxsus elektr mashinalari — koʻp rotorli asinxron motorlarining yaratilishi boʻldi. Elektromagnitli val prinsipi taklif etildi va ishlab chiqildi. Bu bir-biriga mexanik ravishda bog‘lanmagan bir necha mexanizmlarning aylanish tezliklarini oʻzaro muvofiqlashtirishni taʼminlovchi elektromagnitli qurilmadir. Sanoat va qurilishda keng qoʻllaniladigan titrama g‘alvirlar uchun elektr yuritmalarining yangi turlari yaratilib, ishlab chiqarishga joriy etildi. Ikki motorli elektr yuritmalar, shuningdek, qutblari keng oʻzgarishga ega boʻlgan asinxron motorlari nazariyalari yaratildi. Elektr zanjirlari va tizimlarining chiziqli boʻlmagan nazariyasi va hisobiy usullariga doir hamda avtomatika va hisoblash texnikasi elementlarini ishlab chiqish boʻyicha maktab yaratildi. Parametrik zanjirlar va tizimlar, boshqarish elementlari va texnika vositalari, avtoparametrik tebranishlar zajirlarida oʻzgaruvchan tok fazalar soni va chastotasini oʻzgartirish nazariyalari yaratildi. Energetika tizimlarining samaradorligini oshirish, quvvatni tejash va ekologik sof energetikaning dolzarb muammolari boʻyicha fundamental tadqiqotlar olib boriladi. Yangi energiya manbalarini topish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari samaradorligini oshirish hamda ularni energiya tizimida qoʻllanish ko‘lamini kengaytirish istiqbolli masalalaridir. Ma‘lumki, neft va gaz zaxiralari boshqa davlatlardagi kabi O’zbekistonda ham kamayib bormoqda, u bir necha o’n yilliklarga, shu bilan birga ko’mir zaxirasi 250 yildan ko’proq muddatga etishi mumkin. Butun dunyo noan‘anaviy energiya turlaridan foydalanishga katta qiziqish bildirmoqda. Noan‘anaviy va qayta tiklanish texnologiyasiga asoslangan energiya manbalari (NQTEM), atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarmagani uchun ekologik toza hisoblanadi. O’zbekiston sharoitida kichik gidrostansiya, quyosh, shamol, biomassa resurslari va geotermal energiya turlaridan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Undan tashqari, qayta tiklanadigan energiya manbalari, chekka, tog’li va mavjud energiya manbalaridan uzoq, borish qiyin bo’lgan tumanlar uchun yagona iqtisodiy, oson erishish mumkin bo’lgan energiya manbasi bo’lishi mumkin. Hozirgi kunda butun jaxon miqyosida dolzarb muammo bo’lib turgan elektr energiyasi olimlarni fikricha 2030 yilga borib 2 barobarga oshishi takidlanmoqda. Bunga sabab kundan kunga mamlakatimizda zamonaviy texnika va texnologiyalarni paydo bo’lishidir, masalan, aholi ehtiyoji uchun muzlatgichlar, sovutgichlar va shunga o’xshash turli xildagi energiya sarf qilinuvchi jixozlarni keltirishimiz mumkin. Shuning uchun mamlakatimizda energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirishda hozirgi zamon elektron qurilmalaridan keng foydalangan holda noan‘anaviy energiya manbalaridan samarali foydalanib tejamkor elektr ta‘minotini tashkil etish aholi turmush darajasini oshirishdan iboratdir. Insoniyat energiya ishlab chiqishda va ishlatishda uzoq yo'l bosdi: yong'inlarning yonib turgan energiyasidan reaktorlar yadroviy energiyasiga qadar. Ushbu yo'l iste'molni kengaytirish va energiya sarfini ko'paytirish bilan tavsiflanadi, bu ikki muqobil yo'nalishga olib keldi. Birinchi yo'nalish quyidagicha tavsiflanadi. Inson o‘z rivojlanishda yonilg'i-energetika resurslaridan foydalanishni doimiy ravishda oshirib boradi. O'tgan asrda dunyoda energetika resurslarini iste'mol qilish 10 martadan oshib, uning iste‘moli 15 milliard tonna shartli yoqilg'idan (ShY) oshdi. Yer sayyorasidagi rivojlanish bevosita energiya iste'mol darajasi oshishi bilan uzviy bog'liq. 1.1-jadvalda elektr energiyasi bilan aholi jon boshiga ta‘minlanganligi hamda energiya iste‘moli rivojlanish darajasiga qarab ko'rsatkichlar va hayot sifatining dinamikasi ko'rsatilgan. 1.1-jadvalda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, energiya iste'moli hayot ko'rsatkichlari sifatiga hamda mamlakatlar rivojlanish darajasiga ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga, energiya iste'moli o'sishi bilan mamlakatlarning iqtisodiy energiya samaradorligi ham ortadi. Download 31.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling