Avtomatlashtırıshda energıya tejamkorlıgınıng umumıy asoslari
-jadval Har xil rivojlanish darajasiga ega mamlakatlarda elektr
Download 31.82 Kb.
|
1- mavzu
1.1-jadval
Har xil rivojlanish darajasiga ega mamlakatlarda elektr energiyasi bilan ta’minlanganligi va hayot sifatining ko'rsatkichlari.
Shunday qilib, rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan 4,5-5 va kam rivojlangan mamlakatlarga nisbatan esa 24-25 barobar ko'proq kishi boshiga elektr energiya iste'mol qiladi. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda hayot ko'rsatkichlari sifati rivojlanayotgan mamlakatlarga, ayniqsa rivojlanmagan mamlakatlarga nisbatan ancha yuqori. Misol uchun, kam rivojlangan mamlakatlarda umr davomiyligi 53 yilni, rivojlanayotgan mamlakatlarda 67 yilni, rivojlangan mamlakatlarda esa 74 yilni tashkil yetadi. Rivojlangan mamlakatlarda aholi jon boshiga yalpi milliy mahsulot (YaMM) rivojlanayotgan mamlakatlarda nisbatan 6.5-7 barobar va kam rivojlangan nisbatan 43-45 barobar ko'proq. Har 1 kVt elektr energiyasi, rivojlangan mamlakatlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda nisbatan 1,3 barobar va kam rivojlangan mamlakatlarda nisbatan 1,7 barobar ko'proq yalpi ichki mahsulot keltiradi. Hayotning davomiyligini o‘sish darajasi hamda elektr energiya iste'moli o'rtasidagi munosabatni ifodalaydigan yana bir ma'lumot, yigirmanchi asrda, inson hayotining o'rtacha davomiyligi har yili o'sishi bilan energiya resurslarining 120 kg shartli yoqilg'i iste'moli ortishi bilan ham yaqqol isbot sifatida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu mutanosiblik shu asrda ham eng kami bilan saqlanib qoladi. Yuqoridagi keltirilgan ma'lumotlar hayotning sifat darajasini o‘sishi hamda elektr energiya resurslari iste'moli o‘sishi o'rtasidagi munosabatni isbotini beradi. Ikkinchi muqobil tendentsiya quyidagicha tavsiflanadi. Elektr energiya resurslarini iste'moli o‘sishi, energiya manbalarining kamayishi hamda inson yashashi uchun atrof-muhitni salbiy oqibatlarga olib keladi. Shunday qilib, yer yuzida har yili 125 mlrd. tonna tog‘ jinslari qazib olinadi, 10 mlrd. tonna shatli yoqilg‘i yoqiladi, atmosferaga 270 mln. tonna chang, 140 mln tonna oltingugurt dioksidi va 70 mln tonna zaharli gazlar chiqarib yuboriladi. Bundan tashqari, yer sharining suv xavzalariga katta miqdorda qayta ishlanmagan chiqindilar tashlanadi. Shu bilan birga elektr energiyasining iste‘moli oshishi, aql bovar qilmas darajada yoqilg‘i- energetik resurslarni ya‘ni ko‘mir, neft va gazni katta miqdorda qazib olinishiga sabab bo‘lmoqda. Shunday qilib, bir tomondan, hayot sifatini yaxshilash uchun elektr energiya iste‘molini oshirish kerak, ikkinchi tomondan esa, yoqilg‘i energetik resurslarni kamayib ketishi yashab turgan yer sharining tabiatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Download 31.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling