Avtomatlashtırıshda energıya tejamkorlıgınıng umumıy asoslari
Download 31.82 Kb.
|
1- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidroenergetika
Avtomatlashtırıshda energıya tejamkorlıgınıng umumıy asoslari. 1.1. Energiya tejamkorlik tushunchasi. Energetika— energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirishi, muayyan masofaga uzatish va etkazib berish, undan barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq nazariy va amaliy muammolarni hal qilishni oʻz ichiga olgan fan va texnika sohasidir. Insoniyat taraqqiyotida kishilarning turli energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlari, ularni tabiiy manbalar — oʻtin, koʻmir, torf va boshqa yoqilgʻilardan, shamol, suv oqimi energiyasi (shamol va suv tegirmonlari)dan foydalanishga majbur qilgan. Keyinchalik fan va texnika taraqqiyoti, fan-texnika inqilobi tufayli XX-asrning II-yarmidan boshlab elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj juda oshib ketdi. Ana shu omillar energetikani jadal rivojlantirishni taqozo qildi. Fan va texnika taraqqayotida energiya ishlab chiqarish va uni oʻzgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish, yangi samarali asbob uskunalar va texnologiyalarni yaratish, energiyani taqsimlashni markazlashtirish va boshqalar orqali ifodalanadi. Energetika fani tabiiy energiya resurslarining potensial energiyasini xalq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli va foydali energiya turlariga aylantirish hamda shu bilan bogʻliq ilmiy texnik muammolarni hal qilish masalalari bilan shugʻullanadi. Energetika xalq xoʻjaligining muhim tarmogʻi sifatida gidroenergetika va issiqlik energetikasiga ajraladi. Gidroenergetika - energetikaning suv resurslari energiyasidan foydalanishga doir boʻlimi. Suv resurslari energiyasidan foydalanish uchun suv oqimi maxsus qurilgan inshootlar va jihozlar majmui - gidroelektr stansiyalar (GES) yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzbekenergo" davlat aksiyadorlik jamiyati tizimida 26 ta gidroelektr stansiyani birlashtirgan 7 ta kaskadlari hamda “Farhod” gidroelektr stansiyasi bor. Eng yiriklariga quyidagi gidroelektr stansiyalar kiradi: “Chorvoq” GES (quvvati 620,5 MVt), “Xoʻjakent” GES (165 MVt), “Farhod” GES (126 MVt) va “Gʻazalkent” GES (120 MVt). Oʻzbekiston energetika tizimidagi barcha gidroelektr stansiyalarning umumiy belgilangan quvvati 1419 MVt ni tashkil etadi. Mamlakat gidroenergetikasining istiqboldagi taraqqiyoti, asosan kichik suv havzalari gidroresurslaridan foydalanish bilan bogʻliq. Download 31.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling