Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi
Download 341 Kb.
|
CHQBT dars ishlanma
Granatalarni o‘qlash «Granatalar tayyorlansin» komandasi orqali amalga oshiriladi. Jang vaqtida esa mustaqil harakat qilinadi. Granatani o‘qlash uchun granatalar saqlanadigan sumkadan granatani chap qo‘l bilan olib, o‘ng qo‘lda korpus trubkasini burab, qopqoq chiqarib olinadi. So‘ngra granatani chap qo‘lda ushlab, o‘ng qo‘l bilan sumkadan zapal olinadi. Zapal markazdagi trubkaga aylantirilib, oxirigacha qotirib buralgandan keyin granata otishga tayyor bo‘ladi. Parchalanuvchi qo‘l granatalarini uloqtirish har xil sharoitda bajariladi. Ya’ni tik turgan holda, tizzada o‘tirgan yoki yotgan holatda, shuningdek, BMP (BTR)larda harakat chog‘ida va piyoda hujumga o‘tilganda bajariladi. Granatani uloqtirish uchun qulay joy tanlashni hisobga olish kerak. Chunki uloqtiriladigan granataning mo‘ljalga tushishi uchun daraxt shoxlari, baland o‘sgan o‘simliklar, simlar va boshqa holatlar granatani otishga xalaqit berishi mumkin. Granatani uloqtirish uchun uni qo‘lga olib, barmoqlar bilan boshlovchi dastakni va korpusni qisgan holda boshlovchi qattiq qisishni davom ettirib, boshqa qo‘l bilan qo‘riqlash oldi chekini to‘g‘rilab halqani uzib, nishonga uloqtiriladi (mudofaa uchun qo‘llaniladigan granatalar uloqtirilgandan keyin pana joyga o‘tib, yashirinish lozim bo‘ladi). Granatani uloqtirish jarayonida qadam tashlab yoki yugurib harakatlanish zarur. Granatani o‘ng qo‘lda yarim bukilgan holda ushlab va qurolni chap qo‘lga olib, qo‘riqlash oldi cheki olib tashlanadi. Chap oyoqda qadam tashlanganda, qo‘l granata bilan oldinga, pastga harakat qilinib, o‘ng oyoqda ikkinchi qadamni tashlab harakat qilgan holatda, qo‘lni pastdan yoysimon tutib, granata korpusini o‘ng tomonga qaratib, uchinchi qadam tashlashda chap oyoqni mo‘ljallangan to-monga qo‘ygancha, o‘ng oyoqning tizza qismini egib, korpus burilish holatini yakunlab, qo‘l aylantiriladi. Qadam tezligini oshirib, harakatni jamlagan holda granata korpusi uloqtiriladi. Okop va transheyalarda granatani uloq-tirishda, qurolni okop tepasidagi tuproq uyumi ustiga qo‘yib, granata o‘ng qo‘lga olinadi. Belni eggan holda har ikki oyoqni erkin egib, o‘ng qo‘lni granata bilan oxirigacha qaytarib, chap qo‘lga tayangancha, granatani nishonga to‘g‘rilab uloqtiriladi. So‘ng o‘zi tezlik bilan panaga yoki okopga yashirinadi. Okop va transheyalarda joylashgan dushman kuchlarini yakson etish maqsadida granatani ufqning uchburchak tomoniga o‘rtacha 35°—45° da to‘g‘ri harakatlanishiga keltirib uloqtirish lozim. Chunki granata mo‘ljal-langan joyga aniq tushishi va trayektoriya (harakatlanish yo‘li)ga kamroq zarar yetkazib, atrofga kamroq sochilishi kerak.
Download 341 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling