Qo‘l granatalarini qo‘llashda xavfsizlik choralari
Granatalar alohida maxsus sumkalarda olib yuriladi. Zapallar grana-talardan alohida bo‘lib, qog‘oz yoki qiyqindi lattalar bilan o‘ralgan holatda saqlanadi. Granatalarni sumkaga joylashtirish yoki otishga tayyorlash oldidan, albatta, zapallarni tekshirish lozim. Granata korpuslari chuqur egilgan yoki egilib qiyshayib qolgan, o‘tkir kesiklar bo‘lmasligi, zapal trubkasi va zapal toza bo‘lishi, egilgan, kesilgan bo‘lmasligi kerak. Qo‘riqlagich o‘rtasidagi cheki oxirigacha bo‘shatilgan bo‘lishi bilan birga yoriq va egik bo‘lmasligi shart. Yoriq yoki ko‘chgan, uchgan zapallarni ishlatish qat’iyan man etiladi. Granatalarni bir-biriga hamda qattiq jismlarga urilishidan, olovdan, ifloslanishdan, zaxdan saqlash lozim. Ho‘l bo‘lgan, kirlangan granatalarni, zapallarni komandirlar kuzatuvida zudlik bilan artib quritish shart. Uni olov oldida quritish taqiqlanadi. Granatalar va zapallar doimiy ravishda ko‘zdan kechirilib turiladi. Granatalarni otishga shaylashda (zapalni qo‘yishda) faqat uloqtirish oldidan ruxsat etiladi. Jangovar granatalarni ajratib, uning nosozliklarini bartaraf etishda, granatalar sumkasidan olinib (qo‘riqlash oldi) chekiga halqa (uzuk) taqib qo‘yiladi. Shuningdek, uloqtirganda, portlamagan granatalarga tegish qat’iyan man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |