Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi


Foydalanilgan qo’shimcha adabiyotlar


Download 341 Kb.
bet42/94
Sana12.12.2021
Hajmi341 Kb.
#180449
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
Bog'liq
CHQBT dars ishlanma

Foydalanilgan qo’shimcha adabiyotlar: Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik”darsligi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent 2009 yil.

Dars turi: O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish, umumlashtirish, o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma va malakalarni tahlil qilish va nazorat qilish.

Dars usuli: Ananaviy

I.Darsni tashkil etish: a) salomlashish

b) davomatni aniqlash.

s) o’quvchilarni darsga jalb qilish

Nazorat ishi savollari

1-guruh uchun

1-savol: Avtomat tarkibiga qanday asosiy qism va mexanizmlar kiradi?

Javob: 1.Stvol, stvol qutisi, zarbdor-tepki mexanizm, mo‘ljalga olish moslamasi, qo‘ndoq va pistolet dastasi bilan birga. 2. Olov so‘ndiruvchi kompensator. 3. Stvol qutisining qopqog‘i. 4. Zatvor ramasi gaz porshenibilan birgalikda. 5. Zatvor. 6. Qaytaruvchi mexanizm. 7. Gaz trubkasi stvol qoplamasi bilan birgalikda. 8. Stvol osti dastasi. 9. Magazin. 10. Nayza-pichoq. 11. Shompol. 12. Tozalash anjomlari uchun penal.
2-savol: Avtomat qanday qismlarga ajraladi va ular qaysilar?

Javob: 1. Magazinni ajratish. Chap qo‘l bilan avtomat qo‘ndog‘ining bo‘ynidan yoki stvol osti dastasidan tutib, o‘ng qo‘l bilan magazinni ushlash va bosh barmoq yordamida tortqini bosib turib, magazinning ostki qismini oldinga turtib, uni ajratib olinadi. Shundan so‘ng, patrondonda patron yo‘q ekanligini tekshirib ko‘rish lozim. Buning uchun o‘tkazgichni pastga «AB» yoki «OD» holatiga keltirish, zatvor ramasining dastasini ortga tortish, patron qutisini ko‘rikdan o‘tkazish, zatvor ramasining dastasini qo‘yib yuborish va tepkini bosib, uni jangovar holatdan xalos etish darkor.

2. Anjomlar penalini qo‘ndoq uyasidan chiqarish. 3. Shompolni ajratish.

Nil asosidagi tayanch ostidan shompol boshchasini tortib turib, shompol sug‘urib olinadi. Shompolning ajralishi qiyin kechganda, anjomlar penali ichidagi chiqargichdan foydalanishga ruxsat beriladi, ya’ni chiqargich shompol boshchasidagi mavjud teshikchaga suqilib, shompol uchi stvoldan ajratilib, sug‘urib olinadi

4. Stvol qutisi qopqog‘ini ajratish. 5. Qaytaruvchi mexanizmni ajratish.

6.Chap qo‘l bilan avtomat qo‘ndog‘ining bo‘ynidan tutgan holda o‘ng qo‘l bilan qaytaruvchi mexanizmning yo‘naltiruvchi ustunini, uning tovoni stvol qutisidagi kesmalardan chiqquniga qadar oldinga turtish, yo‘naltiruvchi ustunning ortki uchini biroz ko‘tarib, qaytaruvchi mexanizmni zatvor ramasining kanali ichidan sug‘urib olish. Zatvor ramasini zatvor bilan birgalikda ajratib olish.

7. Zatvorni zatvor ramasidan ajratish. Zatvor ramasini chap qo‘lga, zatvorni yuqoriga qaratib olish, o‘ng qo‘l bilan zatvorni ortga tortib, uning yetakchi bo‘rtmasini zatvor ramasining egri kesmalaridan chiqarish va zatvorni oldinga turtib, ajratish.

8. Stvol qoplamasi bilan birgalikdagi gaz trubkasini ajratish
3-savol: Granata korpusi qanday vazifalarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi?


Download 341 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling