Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi


Mo‘ljalni tanlash va mo‘ljallangan nuqtaga, qo‘zg‘almas nishonga o‘t ochish


Download 341 Kb.
bet39/94
Sana12.12.2021
Hajmi341 Kb.
#180449
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94
Bog'liq
CHQBT dars ishlanma

Mo‘ljalni tanlash va mo‘ljallangan nuqtaga, qo‘zg‘almas nishonga o‘t ochish
Mo‘ljal va mo‘ljallangan nuqta shunday hisobga olingan holda tanlanishi zarurki, o‘t ochishda ro‘y beradigan o‘rtacha trayektoriya nishonning o‘rtasidan o‘tishi lozim. 300 metrgacha bo‘lgan masofaga avtomatdan o‘t ochishda, mo‘ljallagichni otish qoidasiga asosan, 3 raqamli yoki «P» harfiga o‘rnatish shart. Mo‘ljallanayotgan nishonning pastki qismiga yoki bo‘lmasa o‘rtasiga mo‘ljallash kerak bo‘ladi. Masalan, avtomatdan 100 metr masofadagiko‘krak shaklidagi nishonlarga o‘q otishda, mo‘ljallanadigan nuqtasini, nishonni past qismiga qaratib, mo‘ljallagichni «P» harfiga qo‘yib, o‘t ochish lozim bo‘ladi. Bu holatda trayektoriyaning ortib borishi mo‘ljallash chizig‘idan uzoqligi 25 sm.ga tengdir. Bu esa, nishon markazidan o‘tadigan trayektoriyaga mos tushadi.

300 metrdan ortiq uzoqlikka o‘t otishda mo‘ljal nishongacha mos keladigan masofaga o‘rnatiladi va yuz metrlab yaxlitlanadi. Mo‘ljallash nuqtasi sifatida, nishonning o‘rtasi olinadi. Mabodo, sharoit taqozosi mo‘ljallagichni almashtirishga imkon bermasa, unda mo‘ljallagich «P» harfiga o‘rnatilib, o‘t ochish lozim bo‘ladi. 400 metrdan ortiq masofaga otish uchun nishonning joyi, burchagi va dengiz sathidan kuzatish maydonining balandligi hamda nishonning pastki qismini mo‘ljallash bilan tuzatishlar kiritiladi. Ob-havo noqulay kelishi, yondan esayotgan shamol o‘qning uchishiga salbiy ta’sirini ko‘rsatib qolmay, uni chetga og‘dirishi bo‘ladi. Yon tomondan esayotgan shamol vaqtida mo‘ljallash nuqtasini bir necha metr nishonning shakliga yoki surilma bo‘lagiga mo‘ljal oldindan olinishi lozim. Bunday holatda esa, mo‘ljallangan nuqtani boshlangan joyidan, nishonning o‘rtasidan shamol esa-yotgan tomonga ko‘chiriladi




Download 341 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling