Avtomobil dvigateliga txk va ta'mirlash ishlari texnologiyasi


Porshen halqasi va ariqchasi orasidagi tirqishni tekshirish


Download 90.92 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi90.92 Kb.
#1545436
1   2   3   4   5
Bog'liq
REFERAT - Avtomobil dvigateliga txk va ta\'mirlash ishlari texnologiyasi

Porshen halqasi va ariqchasi orasidagi tirqishni tekshirish



Porshen halqasining tutashish joyidagi tirqish o'lchamini aniqlash: 1-shchup; 2-silindr ichki yuzasi; 3-porshen halqasi
Porshen halqasining uchlari tutashgan joydagi tirqish shchup yordamida aniqlanadi. Agar u me'yoridan kichik bo'lsa, halqaning tutashish joylari egovlanadi. Bu ishlarni bajargandan so'ng halqa porshenga o'rnatiladi. O'rnatilgan halqalarning tutash joylari har tomonga aylana bo'yicha qo'yib chiqiladi. Porshen yig'masini silindrga o'rnatish maxsus moslama yordamida amalga oshiriladi.
Tirsakli val ichquymalari podshipniklar taqillaganda va reduksion klapan hamda moy nasosi soz bo'lib, tirsakli valning 500600 aylmin tezligida magistraldagi moy bosimi 0,05 MPa dan kam bo'lganda, tirsakli valning tayanch va shatun bo'yinlaridagi tirqish me'yoridan ko'payib ketganda almashtiriladi. Avtomobil dvigatellarining turiga qarab, tayanch bo'yin bilan vkladish orasidagi me'yoriy tirqish 0,0260,12 mm, shatun bo'yin bilan vkladish orasidagi me'yoriy tirqish esa 0,0260,11 mm oralig'ida bo'ladi.

P
orshen yig'masini silindrga o'rnatish: 1-silindr blokidagi gilza; 2-moslama; 3-porshenning shatun va halqalar bilan birgalikdagi yig'masi.

O'zak podshipniklarining diametral tirqishini tekshirish: 1-podshipnik qopqog'i, 2-nazorat plastinkasi

Tirsakli val podshipniklaridagi tirqish nazorat qiluvchi jez plastinkalari yordamida aniqlanadi. Moylangan plastinka ichqo'yma va val bo'yni orasiga qo'yiladi hamda dinamometrik buragich yordamida qopqoq boltlari har bir dvigatel uchun belgilangan me'yoriy burovchi moment bilan tortiladi. Agar 0,025 mm li plastinka qo'yilganda tirsakli val juda bo'sh aylansa, bu holat tirqishning katta ekanligini ko'rsatadi. U holda tirsakli val bo'yni orasiga qalinligi 0,025 mm bo'lgan moylangan plastinkalar qo'yib borilib, tirsakli val his qiluvchi kuch bilan aylanadigan bo'lguncha davom ettiriladi va plastinkaning qalinligiga qarab, kerakli o'lchamdagi ichqo'yma tanlanadi.


Tirsakli val bo'yinlarining holati tekshirilgach (yuzada yeyilish va tirnalish izlari bo'lmasligi kerak), tanlangan ichqo'ymalar yuviladi, artiladi va motor moyi bilan moylanib joyiga o'rnatiladi.
Tirsakli valning o'q bo'yicha siljishini sozlash ishlari ko'p dvigatellarda tayanch shaybalarini tanlash yo'li bilan amalga oshiriladi. ZMZ-53 dvigatellarida orqa tayanch shaybasi va tirsakli val orasidagi tirqish 0,0750,175 mm, ZIL-130 dvigatellarida esa 0,0750,245 mm ni tashkil etadi. VAZ dvigatellarida esa, siljish (0,080,23 mm) yarim shaybalar yordamida sozlanadi. Ekspluatatsiya jarayonida o'q bo'yicha siljish kattalashib boradi, shuning uchun JT da shayba va yarim shaybalarning qalinrog'i, ya'ni keyingi ta'mirlash o'lchamdagisi qo'yiladi.
Hozirgi vaqtda ko'pgina ATK va TXKS larda maxsus ustaxonalar bo'lib, u yerda tirsakli va gaz taqsimlovchi vallar ta'mirlanadi. Tirsakli valning yeyilgan tayanch va shatun o'rnatuvchi bo'yinlari hamda gaz taqsimlovchi valning tayanch bo'yinlari silliqlash jihozlari yordamida ta'mirlash o'lchamlariga keltiriladi. Silliqlashdan so'ng tirsakli va gaz taqsimlash valining bo'yinlari abraziv lentasi yoki GOI pastasi yordamida tozalanadi. Gaz taqsimlash valining yeyilgan mushtchalariga maxsus silliqlash jihozlari yordamida ishlov beriladi.



Mavzu: Avtomobil dvigateliga txk va ta'mirlash ishlari texnologiyasi
Download 90.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling