O‘t oldirish tizimi reja
Download 86.1 Kb.
|
O‘T OLDIRISH TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekspluatatsiya rejimlari va tavsifnomalari
- 2.O‘t oldirish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish
O‘T OLDIRISH TIZIMI Reja: 1.Ekspluatatsiya rejimlari va tavsifnomalari 2.O‘t oldirish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish Ekspluatatsiya rejimlari va tavsifnomalari Kontaktli o‘t oldirish tizimi. Kontaktli o‘t oldirish tizimining ish qobiliyati o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi chulg‘amida induksiyalangan maksimal kuchlanish U2max ni o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi tirqishni teshib o‘tish uchun zarur bo‘lgan kuchlanish Uo ga nisbati bilan belgilanadi. Bu nisbat o‘t oldirish tizimining yuqori kuchlanish bo‘yicha zaxira koeffitsiyenti deb ataladi va quyidagi belgi bilan ifodalanadi: K =U? /Ut „ z 2 max' to‘} Maksimal ikkilamchi kuchlanish U2max ham, teshib o‘tish kuchlanishi Uo ham o‘zgaruvchan kattaliklar bo‘lib, ular ko‘p hollarda dvigatelning ishlash rejimiga bog‘liq bo‘ladi. O‘t oldirish nazariyasidan ma’lumki, maksimal ikkilamchi kuchlanish o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tayotgan tokning uzgich kontaktlari uzilgan daqiqasidagi qiymatiga, ya’ni uzilish tokiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Uzgich kontaktlari tutash bo‘lgan davr davomida o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tayot- gan tok ortib, o‘zining maksimal barqaror qiymatiga intiladi, ya’ni 11max=U1 /R1> bu yerda, U — birlamchi zanjirdagi kuchlanish, — birlamchi zanjir qarshiligi. Birlamchi chulg‘amdagi tok o‘zining maksimal barqaror qiymatiga erishish uchun birmuncha vaqt kerak bo‘lib, uning davomiyligi chulg‘amning qarshiligi va induktivligiga bog‘liqdir. Dvigatel tirsakli valining faqat past aylanishlar chastotasida uz- gich kontaktlarining tutashib turish vaqti birlamchi tokning mak- simal barqaror qiymatiga erishishi uchun yetarli bo‘ladi. Tirsakli valning aylanishlar chastotasi qanchalik katta bo‘lsa, uzgich kontaktlarining tutashib turish vaqti shunchalik kam bo‘ladi, de- mak, uzilish toki Iu va maksimal ikkilamchi kuchlanish U2maxlarning qiymati ham shunchalik kichik bo‘ladi. Avtomobil dvigatelining tirsakli valining aylanishlar chas- totasidan boshqa ko‘rsatkichlari (drossel to‘siqchasining ochi- lish darajasi, burovchi moment, quvvati va hokazo) ikkilamchi kuchlanish qiymatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikkilamchi kuchlanishning maksimal qiymatiga o‘t oldirish sham izolatorida hosil bo‘ladigan qurum va yuqori kuchlanish zanjirining massaga nisbatan bo‘lgan elektr sig‘imi katta ta’sir ko‘rsatadi. Izolatordagi qurum orqali yuqori kuchlanishning bir qismi massaga o‘tib ketadi. Yuqori kuchlanish zanjirining sig‘imi ham me’yordan ortiq bo‘lsa, ikkilamchi kuchlanishning maksimal qiymati pasayadi. Agar o‘t oldirish shami dvigatelning issiqlik tavsifnomasini hi- sobga olib, to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, izolatorda hosil bo‘ladigan qurumning qarshiligi 3 MOm.dan kam bo‘lmaydi. Ekranlanma- gan yuqori kuchlanish zanjirining massaga nisbatan sig‘imi, odatda, 75 pF.dan ortmaydi. Maksimal ikkilamchi kuchlanishdan farqli o‘laroq, teshib o‘tish kuchlanishi aylanishlar chastotasidan tashqari dvigatelning yana bir qator ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ladi. Teshib o‘tish kuch- lanishiga sham elektrodlari orasidagi uchqunli tirqishning kat- taligi, elektrodlarning shakli, gazlarning harorati va bosimi katta ta’sir ko‘rsatadi. Uchqunli tirqish qanchalik katta bo‘lsa, teshib o‘tish kuchlanishi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Yangi sham elektrodlarining o‘tkir qirralari teshib o‘tish kuchlanishini pa- saytiradi. Lekin ishlatish jarayonida sham elektrodlarining o‘tkir qirralari silliqlashadi, uchqunli tirqish kattalashadi va teshib o‘tish kuchlanish qiymati ortadi. Silindrdagi gazlarning bosimi ortishi teshib o‘tish kuchlanishini oshirsa, harorat ko‘tarilishi bilan ak- sincha, teshib o‘tish kuchlanishi kamayadi. Drossel to‘siqchasi- ning ochilishi darajasi qanchalik katta bo‘lsa, silindrlarning ishchi aralashma bilan to‘lish darajasi ham shunchalik ortadi. Bu esa si- qish taktidagi bosimning ko‘tarilishiga va, demak, teshib o‘tish kuchlanishining ham ortishiga olib keladi. Drossel to‘siqchasi to‘la ochilganda, teshib o‘tish kuchlanishi eng katta qiymatga erishadi. Teshib o‘tish kuchlanish qiymatiga tirsakli valning aylanishlar chastotasi ta’sirini ko‘rib chiqaylik. Drossel to‘siqchasi to‘la ochiq holda ishlayotgan dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi ma’lum belgilangan chegaradan ortganda, silindrlarning to‘lish darajasi kamaya boshlaydi va silindrlardagi bosim pasayadi. Bundan tashqari, aylanishlar chastotasi ortishi bilan markazdan qochma rostlagich o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini oshira boshlaydi va silindrlardagi o‘t oldirish jarayoni ishchi aralashmaning bosimi past bo‘lganda sodir bo‘ladi. Va nihoyat, aylanishlar chastotasining ortishi, siqish kamerasidagi haroratning ko‘tarilishiga olib keladi. Yuqorida keltirilgan barcha omillar aylanishlar chastotasi ortishi bilan teshib o‘tish kuchlanishining qiymati pasayishini ko‘rsatadi. Maksimal ikkilamchi kuchlanishning dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasiga bog‘liqligi kontaktli o‘t oldirish tizimining ishchi tavsifnomasi deb yuritiladi. Ammo, ishchi tavsifnoma o‘t oldirish tizimining ish qobiliyatini to‘la baholash imkoniyatini bermaydi. Dvigatelning turli ishlash sharoitlarida o‘t oldirish tizimiga qo‘yiladigan talablarni ishchi tavsifnomaga mos kelishining tahlili, yuqori kuchlanish bo‘yicha zaxira koeffitsiyentini drossel to‘siqchasi to‘la ochiq holda ishlayotgan dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Zaxira koeffi- tsiyentining minimal qiymati o‘t oldirish tizimining eng og‘ir ekspluatatsion rejimiga to‘g‘ri keladi. Bu rejim dvigatel nisbatan past aylanishlar chastota va drossel to‘siqchasi to‘la ochiq holda ishlaganda yuzaga keladi. O‘t oldirish tizimining dvigatelni ishga tushirish jarayonidagi ekspluatatsion rejimlari alohida e’tiborga loyiq. Dvigatelni ishga tushirishda startyor katta tok iste’mol qiladi va natijada akkumulatorlar batareyasining kuchlanishi keskin pasayadi. Ishga tushirishning og‘ir sharoitlarida 12 V.li akkumulatorning kuchlanishi 7—8 V.gacha pasayishi mumkin. Bundan tashqari, tirsakli valning past aylanishlar chastotasida uzgich kontaktlarining uzilish tezligi kichik bo‘ladi va bu ular orasida uchqunli yoy hosil bo‘lishiga olib keladi. Kontaktlar orasida yoy hosil bo‘lishi elek- tromagnit energiyaning isrof bo‘lishiga va o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tayotgan tokning uzilish tezligini ka- maytirishga olib keladi. Buning hammasi maksimal ikkilamchi kuchlanish qiymatini pasaytiradi. Buning ustiga, yonish kamerasidagi haroratning pastligi sham elektrodlari orasini teshib o‘tish kuchlanishini oshirib yuboradi. Shunday qilib, o‘t oldirish tizimining eng og‘ir ishlash sharoit- lari avtomobilning quyidagi ekspluatatsion rejimlariga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri uzatmada va drossel to‘siqchasi to‘la ochilgan holda avtomobilning tezligini oshirish yoki balandlikka ko‘tarilish; dvigatel tirsakli valining nisbatan past aylanishlar chastotasi; dviga- telni ishga tushirish. 2.O‘t oldirish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish Download 86.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling