O‘t oldirish tizimi reja


Download 86.1 Kb.
bet3/4
Sana20.01.2023
Hajmi86.1 Kb.
#1104543
1   2   3   4
Bog'liq
O‘T OLDIRISH TIZIMI

4.2-rasm. Uzgich pishangchasi prujinasining tortish kuchini tekshirish.



kontakt joylashgan nuqtasiga qo‘yiladi. Prujinaning tortish kuchi dinamometrning kontaktlar uzilgan daqiqasidagi ko‘rsatkichi bilan aniqlanadi. Kontaktlarning uzilish daqiqasi kontaktlarga ketma- ket (yoki parallel) ulangan nazorat lampa yordamida aniqlanadi. Prujinaning tortish kuchi belgilangan me’yordan kam bo‘lsa, uzgich kontaktlari titraydi (vibratsiya), ularning tutashib turish burchagi va demak, maksimal ikkilamchi kuchlanish kamayadi, eroziya kuchayadi. Aksincha, prujinaning tortish kuchi belgilangan chegaradan yuqori bo‘lsa, pishangcha turtkichi va kulachok tez yeyila boshlaydi. Ba’zi turdagi uzgich-taqsimlagichlarda pruji­naning tortish kuchini rostlash mexanizmi ko‘zda tutiladi.
Uzgich-taqsimlagichning dvigatelda mahkamlanishi har ik­kinchi texnik qarov vaqtida tekshiriladi. Taqsimlagich qo‘l bilan buralganda o‘z joyidan qo‘zg‘almasligi kerak.
Avtomobil har 25000—35000 km yo‘l bosganda, taqsimla- gichni yechib sinov qurilmasida tekshirish, uni qismlarga ajratish, tozalash, zarurat bo‘yicha yeyilgan qismlarini almashtirish zarur. Keyin taqsimlagichni yig‘ib, yana bir marta qurilmada tekshiriladi, zarurat bo‘yicha tegishli rostlash ishlari amalga oshiriladi va dvi- gatelga o‘rnatiladi.
Har ikkinchi texnik qarovda yuqori kuchlanish o‘tkazgichlar- ning holati tekshiriladi. Izolatsiyasi shikastlangan o‘tkazgichlar almashtiriladi. O‘tkazgichlarga tushgan moy va benzin toza latta bilan yaxshilab tozalanadi. Yuqori kuchlanish o‘tkazgichlarining uchligi taqsimlagich qopqog‘idagi va o‘t oldirish g‘altagidagi uya- chaga zich joylashganligi tekshiriladi. Zarur zichlikni ta’minlash maqsadida uchliklar zarurat darajasiga keltiriladi. Agar uchliklar uyachalarga zich joylashtirilmasa, u yerda qo‘shimcha uchqunli tirqish yuzaga keladi va yuqori kuchlanishning bir qismi isrof bo‘ladi. Bundan tashqari, uyachadagi uchqun plastmassadan tayyorlangan taqsimlagich va o‘t oldirish g‘altagining qopqog‘ining kuyishiga va ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
O‘t oldirish shamlari. Har birinchi texnik qarovda o‘t oldirish shami izolatorining tashqi tomoni benzinda namlangan latta bilan moy va kirdan tozalanadi. Har ikkinchi texnik qarovda shamlar dvigateldan yechib olinadi va diqqat bilan tekshiriladi.
Agar shamning izolatorida darz ketishi yoki boshqa mexanik shikastlar borligi aniqlansa, uni almashtirish zarur. Izolatorning yubkachasiga, ya’ni yondirish kamerasida ishlaydigan qismining rangi va u yerdagi qurumning ko‘rinishiga katta e’tibor berish zarur. Izolator yubkachasining holatiga qarab, o‘t oldirish shamming ishlash sharoitiga baho berish uchun shamlarni yechishdan oldin dvigatel yuklama ostida ishlagan bo‘lishi shart. Chunki dvigatel salt ishlaganda izolator yubkachasidagi qurumning ko‘rinishi o‘zga- radi va bu noto‘g‘ri xulosa chiqarilishiga olib kelishi mumkin.
O‘t oldirish shami me’yorida ishlaganda va u tavsifnomasi bo‘- yicha dvigatelning issiqlik rejimiga mos bo‘lganda, izolatorning yubkachasidagi qurum qizg‘ish-jigarrang tusga ega bo‘ladi. Bu qurumda tok o‘tkazadigan zarrachalar kam bo‘ladi va katta elektr qarshilikka ega bo‘lib, shamning me’yorida ishlashiga xalaqit ber- maydi. Agar dvigatel etillangan benzinda ishlagan bo‘lsa, izo- lator yubkachasida oq kukunsimon qatlam hosil bo‘ladi.
Agar izolator yubkachasi qattiq qora qatlam ko‘rinishidagi qurum bilan qoplangan bo‘lsa, bu shading noto‘g‘ri ishlayotgani alomatidir. Bu qurum, odatda, izolator yubkachasining harorati o‘z-o‘zini tozalash haroratidan past bo‘lganda hosil bo‘ladi. Qora qurum tarkibida ko‘p miqdorda uglerod zarrachalari bo‘lib, uning elektr qarshiligi kichik bo‘ladi va u orqali yuqori kuchlanishning massaga o‘tish yo‘lakchalari yuzaga keladi. Qora qurumning paydo bo‘lishining boshqa sabablari ham mavjud. Chunonchi, dvigatel uzoq vaqt davomida salt yoki tirsakli valning past aylanishlar chas- totasi bilan ishlaganda ham izolatorning yubkachasida qora qu­rum hosil bo‘lishi mumkin. Qora qurum paydo bo‘lishiga ishchi aralashmaning o‘ta boyitilganligi ham sabab bo‘ladi. Ba’zan o‘t oldirish tizimining nosozligi tufayli yonilgan aralashmasining to‘la yonmasligi natijasida izolatorda qora qurum hosil bo‘ladi.
Porshen halqalarining yeyilishi, karterdagi moy sathining me’yordan balandligi va boshqa sabablarga ko‘ra, yonish kamerasiga ortiqcha moy o‘tishi natijasida izolator yubkachasida qora qurum hosil bo‘ladi, lekin bu qurum oldingi hollardagiga nisbatan ancha nam bo‘ladi. Qurumning rangi oq, och kulrang yoki och sariq bo‘lsa, bu shamning qizib ketayotganligi alomatidir. Ba’zi hollarda izolator yubkachasida pufaksimon parda ham hosil bo‘ladi. Sham- ning qizib ketishi, uning issiqlik tavsifnomasining dvigatelga mos emasligidan, shamning yaxshi mahkamlanmaganligidan, zichlash- tiruvchi qistirmaning nosozligidan yuzaga kelishi mumkin. Zichlash- tiruvchi qistirmalar orqali o‘tayotgan gaz shamni qizdirib, qistirma tagidagi issiqlik o‘tkazish sharoitlarini yomonlashtiradi. Bundan tashqari, shamlarning qizib ketishiga dvigatel sovitish tizimidagi nosozliklar va o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi kichikligi (kech o‘t oldirish) ham sabab bo‘lishi mumkin. Odatda, shamlarning qizib ketishi uning elektrodlarining jadal ravishda yemirilishiga sabab bo‘ladi.


4.3-rasm.
Eroziyalangan uzgich kontaktlar orasidagi tirqishni yassi shchup bilan o‘lchash.
Uchqunli tirqishni rostlashdan avval markaziy elektrod uchini kichik egov yordamida yassi shaklga keltirish tavsiya qilinadi. Izo­lator yubkachasidagi qurumni Э-203 yoki 541-2M belgili qum sochuvchi qurilmalarda tozalanadi. Qurumni o‘tkir po‘lat asbob- lar yordamida olib tashlashga urinish izolatorning yuzasi tirna- lishiga va yuqori kuchlanishning massaga o‘tib ketish yo‘lakchalari hosil bo‘lishiga olib keladi. O‘t oldirish shamlarini ochiq olovda (masalan, yonayotgan gazda) qizdirish yo‘li bilan qurumni yo‘- qotish usuli juda zararli hisoblanadi. Chunki bunda sham zichli­gini yo‘qotadi va ishdan chiqadi.
Shamlarni yechish va qayta qotirish uchun avtomobilning as­boblar jamlamasidagi maxsus sham klyuchidan foydalanish ke­rak. Bu maqsadda oddiy gayka klyuchi yoki yassi omburni ishlatish sham korpusidagi qirralarning yeyilishiga, izolatorning sinishiga olib keladi. Shamlarning ishlash muddati ko‘p jihatdan ularning dvigatelda ishlash sharoitiga bog‘liq. Past aylanishlar chastotali, siqish darajasi kichik bo‘lgan dvigatellarga o‘rnatilgan shamlar jadal­lashtirilgan, siqish darajasi yuqori bo‘lgan dvigatellarga o‘rnatilgan shamlarga nisbatan uzoqroq ishlaydi. Ba’zi avtomobil zavodlar barcha o‘t oldirish shamlar jamlamasini ularning holati va ish qobi- liyatidan qat’i nazar, avtomobil ma’lum belgilangan masofani bo- sib o‘tgandan keyin almashtirishni tavsiya qiladi.
Masalan, ВАЗ 30000 km.dan, «O‘zDAEWOOavto» esa 20000 km.dan keyin.



Download 86.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling