Avtomobil transporti ish unumdorligini hisoblash


Download 57.5 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1466184
  1   2
Bog'liq
AVTOMOBIL TRANSPORTI ISH UNUMDORLIGINI HISOBLASH



AVTOMOBIL TRANSPORTI ISH UNUMDORLIGINI HISOBLASH
Reja:

1. Transport vositalarining ish unumiga ta’sir etuvchi asosiy ekspluatatsion ko‘rsatkichlar.


2. Transport vositalarining ish unumiga asosiy texnik-ekspluatatsion omillar ta’siri.
3. Aniq sharoitda ishlovchi transport vositasining ish unumini ifodalovchi chizma.



  1. Transport vositalarining ish unumiga ta’sir etuvchi asosiy

ekspluatatsion ko‘rsatkichlar.
Har qanday uskuna yoki jihozning ish unumi deyilganda uning vaqt birligida ishlab chiqargan mahsuloti tushuniladi. Avtomobillar yuk va passajirlarni ma’lum masofaga tashib berishini hisobga olinsa. Ularning ish unumi vaqt birligida tashilgan yuk va passajirlar miqdoridan, ya’ni tonna (passajir)-kilometrlarda o‘lchanuvchi transport ishidan iboratdir. Masalan, avtomobilning yuk bilan bir qatnovidagi yuk miqdorida o‘lchanuvchi ish unumi:
, t (1)
bo‘lsa, tonna-kilometrda bajarilgan transport ishi:
, tkm (2)
dan iborat bo‘ladi.
Aytilganlarga ko‘ra, avtomobilning bir ish kuni davomidagi unumi:
, t (3)
, tkm (4)
bo‘ladi. Bunda Zyuk-bir ish kuni davomida yukli qatnovlar soni.
O‘z navbatida, nolinchi qatnovga sarflangan vaqt ham hisobga olingan bir ish kuni davomidagi yukli qatnovlar soni:
(5)
Bunda Tish-avtomobilning ishda bo‘lish vaqti, soat;
tayl-bir to‘liq qatnov uchun zarur vaqt, soat.
Bir to‘liq qatnov uchun zarur vaqt avtomobilning yuk ortish punktidan uni tushirish punktigacha yukli qatnov vaqti, yuk tushirish punktidan navbatdagi yuk ortish punktigacha bo‘sh qatnov vaqti hamda ortish-tushirish vaqti yigindisidan iborat bo‘ladi:

, soat (6)
bunda: -avtomobilning yukli qatnov vaqti;
-bo‘sh qatnov vaqti;
-transport vositasining yuk ortish-tushirishda turish vaqti.
Harakat vaqtini aniqlash uchun yukli va bo‘sh qatnovlar masofasini harakat tezligiga bo‘lish lozim:
, soat (7)
bunda lyuk-avtomobilning yukli qatnov masofasi;
lb.k-avtomobilning bo‘sh qatnov masofasi;
Vt-avtomobilning texnik harakat tezligi.
Amalda bo‘sh qatnov masofasining aniq miqdoriga ko‘ra, uning yukli qatnovga nisbatan tutuvchi o‘rni aniqlanishini hisobga olib, qatnov masofalaridan unumli foydalanish, ya’ni yukli qatnov koeffitsiyenti ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Bu koeffitsiyent umum qatnovdan qay darajada unumli foydalanilganini xarakterlab, uning miqdori yukli qatnovlar umumiy miqdorining umumiy masofaga nisbati sifatida aniqlanadi va uni texnika adabiyotlarida b (betta) xarfi bilan belgilanadi.
Agar avtomobilning yukli qatnovlar masofasi va yo‘l qatnovidan (yo‘ldan) foydalanish koeffitsiyenti ma’lum bo‘lsa, avtomobilning harakat vaqti quyidagicha aniqlanadi:
, soat (8)
Bir aylanish vaqti esa:
(9)
Aylanish vaqti va avtomobilning marshrutda bo‘lish vaqti (Tm) ma’lum bo‘lsa, ish kuni davomidagi qatnovlar miqdorini quyidagi farmula bo‘yicha hisoblab topish mumkin:
(10)
Nolinchi qatnov ham hisobga olinganda:
(11)
bunda b-kun davomidagi, nolinchi qatnovni ham hisobga oluvchi, yo‘ldan foydalanish koeffitsiyenti.
Demak, kun davomidagi yukli qatnovlar sonini oshirish uchun avtomobilning ish kuni (ish vaqti yoki kasr surati)ni uzaytirish yoki bir aylanish vaqti (kasrning maxraji)ni kamaytirish, yoki bir mahalning o‘zida kasr suratini oshirish va mahrajini kamaytirish zarur.
Tashish masofasi berilgan holda bir aylanish vaqtini kamaytirish uchun avtomobilning texnik harakat tezligini oshirish va avtomobilning orti-tushirish operatsiyalarida bekor turish vaqtini kamaytirish lozim bo‘ladi.
Transport vositasining bir soatlik ish unumi quyidagi formulaga binoan hisoblanadi:
;
Bunda WQ-transport vositasi birligining t/soat da aylanuvchi bir soatlik ish unumi;
Wr-transport vositasi birligining tkm/soat da o‘lchanuvchi bir soatlik ish unumi.
Transport vositalarining 1 kunlik ish unumi qo‘yilsa, yuqoridagi formulaning ko‘rinishi:
t soat (12)

tkm soat (13)
bo‘ladi.
Bu formulalarga ko‘ra avtomobil (avtopoyezd)lar ish unumiga ta’sir etuvchi omillar: transport vositasining yuk ko‘taruvchanligi (qn), yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffitsiyenti (g), yukli qatnov masofasi (lyuk), yo‘ldan foydalanish koeffitsiyenti (b), ortish-tushirish operatsiyalarida bekor turish vaqti (to-t), avtomobilning texnik harakat tezligi (Vt)dan iborat bo‘ladi. Qayd etilgan ushbu olti omil yuk tashish bilan boliq barcha ekspluatatsion sharoitlarni o‘z ichiga qamragan bo‘lib, amalda ulardan birortasining o‘zgarishi ham avtomobilning ish unumiga ta’sir etadi.

2. Transport vositalarining ish unumiga asosiy texnik-ekspluatatsion omillar ta’siri


Avtomobil transporti vositalari samaradorligini oshirish yo‘l-yo‘riqlari va usullari, tashish jarayonini to‘gri tashkil etish, avtomobillar ish unumini oshirish va tashish tannarxini ayrim texnik-ekspluatatsion omillarning ta’sir darajasi va xarakterini bilishning ahamiyati katta.
Avtomobilning yuk ko‘taruvchanligi (qn) va undan foydalanish koeffitsiyenti (g)ning avtomobillar ish unumiga ta’sirini quyidagicha aniqlash mumkin. Yuk ko‘taruvchanlik (qn)ni o‘zgaruvchan miqdor, qolgan omillarni o‘zgarmas deb, (12) formulani quyidagicha ifoda etish mumkin:
(14)
bunda o‘zgarmas aq koeffitsiyenti miqdori ga teng bo‘ladi.
(14) formulaga ko‘ra avtomobil ish unumining o‘zgarishi uning nominal yuk ko‘taruvchanligi o‘zgarishiga to‘gri munosib (proporsional), ya’ni avtomobil ish unumining o‘zgarishi to‘gri chiziq qonuniga bo‘ysunar ekan. Wr-q koordinatalar tizimida (14) formulaga ko‘ra ish unumi chizigi koordinatalar boshidan a burchagi (uning tangensi tgar=Wr) bilan o‘tar ekan.
Yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffitsiyenti (g)ning transport vositasining ish unumiga ta’siri tahlil etilganda ham yuqoridagi xulosa, ya’ni ular o‘rtasidagi bogliqlik ham to‘gri chiziq qonuniga binoan bo‘lishi kelib chiqar ekan. Faqat bunda .
O‘zgarmas koeffitsiyent ga teng bo‘lib, miqdor jihatdan oldingi koeffitsiyent miqdoridan farq qilgani uchun burchak miqdori ham farqlanadi.
3. Aniq sharoitda ishlovchi transport vositasining ish unumini ifodalovchi chizma.
Avtomobillarning ish unumiga ta’sir etuvchi ayrim omillar darajasini aniqlashda S.R.Leyderman tomonidan taklif etilgan aniq sharoitda ishlovchi avtomobilning ish unumini ifodalovchi chizmadan foydalanish mumkin.
Aniq sharoitda ishlovchi avtomobilning ish unumini ifodalovchi chizma deyilganda uning ish unumiga ta’sir etuvchi birlashtirilgan ekspluatatsion ekspluatatsion ko‘rsatkichlar tushiniladi. Bunday chizma avtomobilning aniq ishlash sharoitini hisobga oluvchi va avtotransport saroyi ko‘rsatkichlari miqdoriga binoan chiziladi. Misol tariqasida 2-rasmda keltirilgan qatnovi 4 km bo‘lgan chizmani ko‘rib chiqaylik.
Chizmadagi AA chizig‘i ayni avtrotransport saroyiga xos bo‘lgan ekspluatatsion ko‘rsatgichlardagi ish unumini ifodalaydi. Chizmada har xil ekspluatatsion ko‘rsatkichlarning ish unumiga ta’siri quyidagi ketma-ketlik bilan o‘z aksini topgan: avtomobilning nominal yuk ko‘taruvchanligi (qn), yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffitsiyenti (g), avtomobilning ortish-tushirish operatsiyasida turish vaqti (to-t), yo‘ldan foydalanish koeffitsiyenti (b) va avtomobilning texnik harakat tezligi (Vt). Masalan, agar avtomobilning bir soatlik ish unumini 10 dan 12 tkm/soat gacha oshirish vazifasi qo‘yilsa, unda 2-rasmdagi VV to‘gri chiziqning, bu boshqa chiziqlar bilan kesishgan joyi qo‘yilgan vazifani qanday ekspluatatsion ko‘rsatkich hisobiga yechish mumkinligini ko‘rsatadi. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, buning uchun yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffitsiyenti miqdorini 0,5 dan 0,6 ga ko‘tarish yoki yo‘ldan foydalanish koeffitsiyentini 0,5 dan 0,75 gacha oshirish, yoki avtomobilning texnik harakat tezligini 20 dan 30 km/soat gacha oshirish, yoki avtomobilning har bir yukli yurishidagi ortish-tushirish operatsiyasida bekor turish vaqtini 0,4 dan 0,27 gacha kamaytirish lozim.
Agar avtomobilning ish unumini 20 tkm/soat gacha (SS chizigi) ko‘tarish zarurati bo‘lsa, uni faqat yuk ko‘taruvchanlik qn ni tirkama bilan ishlash hisobiga ko‘tarish (ya’ni qn g ni ko‘tarish) yoki bir necha ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni birgalikda yaxshilash zarur ekan.
Bundan tashqari, ayni chizma yordamida aniq tashish sharoitida ish unumini oshirishning eng oqilona usuli yaqqol berilgan. Buning uchun har bir ekspluatatsion ko‘rsatkichlar egrilariga chizmada ayni ko‘rsatkichni real yaxshilash sharoiti uzluksiz chizma bilan berilgan. Punktirli chiziq qismlari amalda joriy etish imkoniyati yo‘qligidan dalolat beradi. 15-rasmdagi chizmaga ko‘ra g ko‘rsatkichni amalda 0,5 dan 1,0 gacha yetkazib, ish unumini 2 marotaba oshirish mumkinligi ko‘zda yaqqol tashlanadi. Tirkamalarni ulab, avtomobilning yuk ko‘taruvchanligidan foydalanish koeffitsiyentini oshirish ish unumini 3-3,5 barobar ko‘tarish imkonini berar ekan. Bizning misoldagi chizmaga binoan avtomobilning ortish-tushirish operatsiyasida bekor turishini kamaytirish ish unumini 1,5 barobar oshirish imkonini beradi.

Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling